Bob. Germaniya-avstriya-vengriya ittifoqi tomonidan urushning kirishi
BOB.Germaniya-Avstriya-Vengriya ittifoqi tomonidan urushning kirishi
Download 90.12 Kb.
|
Avstriya Vengriya Birinchi jahon urushi yillarida
BOB.Germaniya-Avstriya-Vengriya ittifoqi tomonidan urushning kirishi
1.1.Urush davomida aholiga qo‘shimcha soliqlar va majburiyatlar Yevropada boshlangan urush ko‘p kuttirmay global xarakter kasb eta boshladi. 1914 yil avgustda Yaponiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi, oktyabrda Usmoniylar imperiyasi Germaniya-Avstriya-Vengriya ittifoqi tomonidan urushga kirdi. Dastlab betaraflik pozitsiyasiga ega bo‘lgan Italiya 1915 yil may oyida Avstriya-Vengriyaga va 1916 yil 28 avgustda Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. 1914 yil ikkita yirik jang – Sharqiy Prussiya operatsiyasi va Galitsiya jangi bo‘lib o‘tdi. Bu janglar paytida rus armiyasi Avstriya-Vengriya qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi. Galitsiyani egallab oldi va Karpatlar etagiga bordi. Dushman g‘arbga 200-300 kilometr orqaga qaytarildi. Germaniya Rossiya armiyasini mag‘lub etish maqsadida 1915 yilda asosiy kuchlarini Sharqiy frontga yo‘naltirdi. May oyida Gorlitskiy yutug‘i natijasida nemislar yozda Polshani, Galitsiyani va Boltiqbo‘yining bir qismini tark etishga majbur bo‘lgan rus qo‘shinlari qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Yil oxiriga kelib, Germaniya va Avstriya-Vengriya qo‘shinlari ruslarni butun Galitsiya va Polshaning aksariyat hududlaridan quvib chiqardi2. Germaniyaning endigi maqsadi Fransiyani to‘liq mag‘lub etib, uni urushdan chiqarish edi. Shu sababdan ham Germaniya 1916 yil o‘zining asosiy harakatlarini g‘arbga yo‘naltirdi. Biroq, Verdun operatsiyasi paytida Fransiyaga qilingan hujum muvaffaqiyatsiz tugadi. Shu tariqa yil so‘nggiga kelib Germaniya va uning ittifoqchilar tinchlik shartnomasi tuzish haqida o‘ylay boshladi. Urush taqdiri tobora oydilashib qolayotgandi. 1917 yil 6 aprelda betaraf AQSH Germaniyaga qarshi urush e’lon qilishi taxminlarni yana bir karra isbotladi. Gap shundaki, Irlandiyaning janubi-sharqiy qirg‘og‘ida nemis suvosti kemasi Britaniyaning “ Luzitaniya ” laynerini cho‘ktirganda, bortida amerikaliklarning katta guruhi bo‘lgan va ulardan 128 nafari halok bo‘lgan. 1918 yil avgustda “Amen” jangida nemis qo‘shinlarining hujumlarini qaytargan ittifoqchilar Germaniya frontini parchalab tashladilar: butun diviziyalar deyarli jangsiz taslim bo‘ldi – bu jang urushning so‘nggi yirik jangi edi. Download 90.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling