Bob. Gerodot ma'lumotlarida berilgan "Baqtriya xalqi" tushunchasi…
Kurtsiy Ruf Iskandar bilan Spitamen qo'shinlari o'rtasidagi jangu-jadallar haqida
Download 107.95 Kb.
|
O\'rta Osiyoning qadimgi aholisi haqida yunon-rim mualliflari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Orta Osiyo hududlariga harbiy yurishi munosabati
2.2.Kurtsiy Ruf Iskandar bilan Spitamen qo'shinlari o'rtasidagi jangu-jadallar haqida
Shunga qaramasdan qoyadagi qal'a xujum bilan olinadi. Makedonlar varvarlarning bir qismini joyida qirib tashlaydilar, ularning ko'plari o'zlarini qoyalardan tashlab halok bo'ladilar, shuning uchun ham 30000 dan 800 kishi tirik qoladi”. “Spitamen o'z jangchilari bilan Marokanda qal'asini qo'riqlayotgan makedonlarga xujum qiladi”. “Iskandar Marokandaga yordamchi qo'shin yubarganidan xabar topib, Spitamen qal'a qamalini to'xtatib, Sug'diyonadagi basileya – podsho shahriga otlanadi (Basileya Poyariqdagi Ko'ktepa bolsa kerak- A.A.). “Spitamen yana 600 ta skif otliqlarini o'z qo'shiniga qo'shib oladi va skif ittifoqdoshlaridan ko'ngli ko'tarilib, xujum qilayotgan makedonlarga qarshi jang qilishga qaror qiladi. Skif dashtlarining tekisligida turib u dushmanning xujumini ham qutmadi, dushmanga xujum ham qilmadi; faqat uning chavandozlari piyoda makedonlarning atrofida ot choptirib yurdilar va ularga o'q otdilar”.“Farnuxning askarlaridan ular osongina qutildilar, chunki ularning otlari chaqqonroq bo'lib, o'sha paytda hali charchamagan edi, Andromax qo'shinlaridagi otlar esa olis yo'llarda charchab, yemish kamligidan zaiflashgandi. Skiflar jang maydonida turgan va chekinayotgan makedonlarga g'ayrat bilan xujum qiladilar”. “Ko'pdan-ko'p makedonlar yaralanadi va halok bo'ladi; xullas askarlar to'rtburchak bir qator saflanib, Politimet daryosi tomonga chekinadilar; bu yerda o'rmon bo'lib, o'rmondagi changalzorlar varvarlarning o'qlariga to'siq bo'ladi va piyoda askarlarning harakatlariga ko'proq foyda keltiradi”. Arrian shu yerda Iskandar qo'shinlarini kechuvdan o'tish vaqidagi tartibsizlik, ular orasida yuz bergan qo'rquv haqida gapirib, so'ng hikoyasini davom ettiradi: “Makedonlarning xatolarini sezib qolgan otlik varvarlar har ikkala qirg'oqdan otlari bilan daryoga tashlanadilar.... Makedonlarning ba'zilari daryodan kechib o'tgan edilar va uzoqlashganlarning ortidan varvar suvoriylari quvadilar, boshqa birlari daryoni kechib o'tayotganlarga ro'baro bo'lib, ularni ortga, suvga uloqtiradilar yoki o'q otadilar yoki daryoga kelayotganlar ortidan xujum qiladilar. Og'ir ahvolga uchragan makedonlar daryo o'rtasidagi kichik orolga tashlanadilar. Spitamen askarlari ularni o'rab olib,hammasini qirib tashlaydilar; boshqa bir kichik qismini asirlikka olib, hammasini o'ldiradilar”. (Arrianni bu hikoyasi Zarafshon daryosining Poyariq tumanida Oqdaryo va Qora daryo kabi irmoqlarga bo'lingan joyida Miankal nomli kichik bir orol hosil bo'lgan, gap shu orol haqida bormoqda-A. A.). «Shu mag'lubiyat haqida Iskandarga xabar yetib kelganda u askarlarning achchiq taqdirlaridan qayg'uga tushadi va Spitamenga qarshi shiddatli xujum qilishga qaror qiladi. U o'zi chavandozlar qo'shinining yarmiga va tez yurar piyoda askarlarga bosh bo'lib, Maroqandaga yo'l oladi, uning bilishicha, Spitamen shaharga qaytib qalьani yana qamal qilgan”. Arrian hikoyasini davom ettirib xabar qiladiki, Iskandar uch kun uzoq yo'l bosib, to'rtinchi kuni tongda Maraqandaga yetib kelsa, undan xabar topgan Spitamen allaqachon shaharni tashlab sahroga chekinadi. Iskandar uni ketidan izma-iz quvib, yo'l-yo'lakay uchragan mahalliy aholini ayovsiz qilichdan o'tkazib, qishloq va shaharlarni vayron qiladi. “U Politimet daryosi suvlaridan foydalanuvchi butun mamlakat yerlaridan o'tdi”, deydi Arrian. Demak, Spitamen Buxoro tomon chekinib, Qizil Qum ichkarisiga qirib ketgan. Samarqand va Buxoro oralig'idagi aholi punktlarining deyarli barchasi Iskandar qo'shinlaridan aziat chekkan. Arrianni yozishicha, Iskandar alamidan o'tkazgan yovuzliklarini yakunlab, Spitamenga yetaolmay Zariaspda (Balx qal'asiga- A.A.) qishni o'tkazadi. Shu paytda Iskandar xuzuriga Xorazmdan kolxlar va Amazonka qabilalariga qo'shni bo'lib yashaganligi haqida hikoya qilib podsho Farasman keladi va unga Xorazmdan shimolda yashovchi qabilalarni istilo qilish niyatida bo'lsa, har qanday yordamga tayyor ekanligini bildiradi. Iskandar Farasmanga minnatdorchilik bildirib, u bilan do'stlik ittifoqi shartnomasiga imzo chekadi hamda Pont dengizi tomon yurishga hozir vaqti yo'qligini bildirib, Farasmanni Baqtriya satrapi fors Artaboz huzuriga yubarib, vataniga jo'natadi. O'zi esa Sug'diyona shaharlarida qoldirgan ishonchli odamlariga - hokimlariga qarshi chiqqanlarga jazo berish va Sug'dda tartib o'rnatishni rejalashtiradi. Nihoyat, Iskandar maxsus qo'shin bilan birnecha yaqinlarini Baqtriyada qoldirib, “ularga shu davlatni nazorat qilib turish bilan birga varvarlarning g'alayonlar ko'tarishiga yo'l qo'ymaslik va boshlangan qo'zg'olonlarni bostirish haqida buyruq berib” o'zi Maroqandaga otlanadi. “Iskandar shu ishlar bilan band bo'lgan paytda, Spitamen skif-massaget yerlarida 600 ta otlik sipohiylarga bosh bo'lib, Baqtriyadagi bir qal'aga yetib keladi. Qal'a qo'riqchilarining boshlig'i Frurax va uning askarlari ham dushman tomonidan xujum havfini kutmaganlar, askarlar qiriladi. Frurax asirlikka olinadi. Shu qal'ani qo'lga kiritishganlaridan ko'ngli ko'tarilib, ular bir necha kundan so'ng Zariaspga yetib keladilar, ammo shaharga xujum qilmadilar va katta o'ljani qo'lga olib ortga qaytishga qaror qiladilar”. “Krater bu haqda xabar olib, massagetlarga qarshi shiddatli yurish boshladi. Ular bundan xabardor bo'lib, cho'lga chekinadilar. Krater Spitamenning izidan quvib, unga saxro chegaralarida yetib oladi; uning (Spitamenning – A.A.) boshchilligida yana mingta otlik massagetlar bor edi. Makedonlar va skiflar o'rtasidagi kuchli jangda makedonlar g'alaba qozanadilar. Skiflarning 150 ta chavandozlari halok bo'ladi. Boshqalari osonlik bilan cho'lga bekinadilar; ularning ketidan quvish makedonlar uchun og'ir bo'ladi”. Jangda katta talofat ko'rgan Spitamen ayg'oqchilari orqali bildiki, makedonlar ularni har tomondan qurshab, siquvga olgan. Kutilishni yagona yo'li makedonlarning Ken boshchilligidagi qo'shinlariga qarshi shiddatli xujum bilan g'alaba qozonib, qurshovdan chiqish. Shu maqsadda Spitamen Gava sug'diylari bilan skif-massagetlar yurti chegaralariga yig'ilib, otryadidagi 3000 ko'chmanchi chavandozlarni Sug'diyona tomonga yurishga ko'ndiradi. “Bu skiflar, - Arrianni yozishicha, - juda ham qashshoq ahvolda yashaganlar; boylik mulklaridan ajrab qolishdan qo'rqmas edilar, shuning uchun ularni har qanday urushlarga rozi qilish oson edi. Ken Spitamen unga yaqinlashib kelishini sezib, unga qarshi chiqadi”. “Shiddatli jang boshlanib, u makedonlar uchun g'alaba bilan yakunlandi; bu jangda dushmanning 800 ta otliq chavandozlari, Ken qo'shinidan esa 25 ta chavandoz va 12 ta piyoda askar halok bo'ladi. Ko'pchillik baqtriyaliklar Spitamenni tashlab, uni yolgiz qoldiradilar va Ken oldiga yetib kelib, asirga tushadilar”. “Mag'lubiyatga uchragan ko'chmanchi chavandozlar o'zlari bilan jangda qatnashgan quroldoshlari-bohtariylar va sug'diylarni ot-aravalaridagi yuklarini talab, Spitamen bilan dasht ichida g'oyib bo'ladilar. Ko'chmanchi massaget chavandozlari Iskandarni o'zi ular izidan quvib kelayotganligini bilgach, o'z sardorlari-Spitamenni boshini kesib Iskandarga yubaradilar9”. Kvint Kurtsiy Ruf qadimgi Yunonistonning antik davri tarixchilari maktabining vakillaridan biri bo'lib, u o'zining “Makedoniyalik Iskandar tarixi” asarida qadimgi Baqtriyaning rang- barang tabiati va Iskandar harbiy yurishlari haqida yaxshi ma'lumotlar qoldirgan. Masalan u Baqtriya mamlakatining tabiati haqida shunday yozadi: “Baqtriyaning tabiati boy va turli-tumandir. Ba'zi joylarda ko'pdan-ko'p daraxtzorlar va tok novdasi serob shirin meva hosil qiladi; unumdor yerlarni ko'p sonli buloq-daryolar sug'oradilar; hosildor tuprog'ida bug'doy ekiladi; boshqa yerlar o'tloqlar uchun qoldiriladi”. “Mamlakatning katta bir qismini hosilsiz dashtlar egallaydi; suvsizlik tufayli tashlab qo'yilgan viloyatlarda na odamlar, na mevalar bor. Pontdan (dengizdan – A.A.) esayotgan shamollar tekisliklarga qumlarni uchirib keltiradi; olis masofadan qum uyumlari katta tepaliklarga o'xshab ketadi; shu yerda yo'llarning izlari yo'qolib qoladi”. Kurtsiy Ruf Iskandarning Osiyoga uyushtirgan harbiy yurishlari haqida, ayniqsa uning O'rta Osiyodagi harbiy harakatlari to'g'risida qimmatli ma'lumotlar qoldirgan. Ulardan parchalar keltiramiz:“Iskandar Baqtriya viloyatini boshqarishni tajribali lashkarboshilaridan biri Artabozga topshirib, uning bilan birga qo'riqchi qo'shin va ot-aravalar qoldiradi. O'zi esa harakatdagi qo'shinlarga bosh bo'lib, Sug'diyona sahrosiga yo'l oladi”. “Xullas, kechki payt u Oks daryosiga yetib keladi. Ammo, uning izidan kelayotgan ko'pdan-ko'p askarlar unga yetaolmaydilar va orqada qoladilar. Shuning uchun ham u baland tog' ustida o't yondirishga buyruq beradi, orqada qolganlar uchun alanga nuri lagerga yaqinlab qolganliklarini bildiradi”. Makedonlar daryodan sollar orqali barcha qo'shin va ularning yuk-toklarini 6 kunda o'tkazib, so'ng uzoq yo'l bosib, “Iskandar Maroqandaga yetib keladi. Uning mudofaa devorlarining uzunlgi 70 stadiy; shahar qo'rg'oni ikkinchi devor bilan o'rab olingan”. “Tanais ortidagi sikf mamlakatining podshosi makedonlar tomonidan daryo bo'yida asos solingan shaharni vayron qilish va makedonlarni daryo qirg'ogidan uzoq masofaga quvib chiqarish uchun katta bir otlik qo'shinga bosh qilib akasi Karatazisni yubaradi. Tanais daryosi bakriylarni yevropalik skiflardan ajratib turadi”. “Iskandar tayyorgarlik ko'rmasdan birinchi bo'lib jang qilishga erishadi, uning ko'z o'ngida dushman chavandozlari otda chopadilar, u esa yaradorlikdan butunlay tuzalmagan. Xullas, u do'stlarini maslaxatga chaqiradi”. “U dushmandan emas, noqulay vaziatdan qo'rqqan edi. Baqtriyalilar isyon ko'taradilar, skiflar bezovta qiladilar; uning o'zi zo'rga oyoqda turib, otga minishga ham, yo'lboshchi bo'lishga va askarlarni ruxlantirishga ham imkon topmadi” Kurtsiy Ruf Iskandar bilan Spitamen qo'shinlari o'rtasidagi jangu-jadallar haqidagi hikoyalarida buyuk g'alabalarga o'rgangan Iskandarni Spitamen harbiy taktikalari cho'chitib qo'yganligi, unga qarshi qo'shinga tajribali sarkardalar va ko'p hollarda shaxsan o'zi bosh bo'lib jangga kirishi, dushmonning “har bir otlarida ikkitadan qurollangan chavandozlar bo'lib, kutilmaganda ular navbat bilan otdan tushib, otliqlar jangida dushmaniga to'sqinliq qilishlari”, askarlarning epchilligi otlarning chaqqonligiga o'xshab ketishi va ularning dushmanlarga qarshi birdaniga ortdan, ro'ppara va yon tomonlardan xujumga o'tib, dushmanni dovdiratib qo'yishlari haqida yozadi. Spitamen bilan makedon qo'shini ko'mandoni Menedem o'rtasidagi jangda tajribali Menedem qanchalar o'z qo'shini jangchilarini mardlikka va jasoratga chaqirib, ularni ruhlantirmasin, yomg'urdek yog'ib turgan Spitamen jangchilari siquviga bardosh bera olmaydi, Menedemning dushmon ustiga daxshat solib tashlanishlari ham foyda bermaydi, nihoyat u “sanoqsiz yaralardan zaiflashib, jonsiz ot ustidan yiqiladi”. Makedonlar “bu janglarda 2000 ta piyoda, 300 ta otlik chavandozlaridan ajraydi. Jang maydonidan chiqib kelgan askarlarni o'lim jazosi bilan qo'rqitib, Iskandar bu mag'lubiyat haqidagi xabarni ehtiyotlik bilan sir saqladi”10 Kurtsiy Ruf o'z asarida Baqtriya kabi Sug'diyona haqida ham ma'lumotlar qoldirgan. Uning yozishicha, “Sug'diyona-keng hududiy masofadagi dashtli mamlakatdan iborat, cho'llarining kengligi 80 stadiyga yaqinlashadi.maxalliy aholi tomonidan Politimet degan daryo mamlakat bo'ylab shiddatli oqadi. Suv yo'li o'zani torayib, daryo qum ichiga oqadi va qumga singib ketadi”. Kurtsiy Ruf Iskandar Spitamen bilan uch yil davom etgan mashoqatli urushda g'olib chiqqach, qo'zg'olonchilarni jazolash uchun ularni tirik qolgan yetakchilarini talab qiladi, deb yozadi. Shunda “sug'diylar asirlardan podshoga 30 ta kuchli erlarni olib keladilar, ular podsho buyrug'iga binoan o'lim jazosiga berilishini eshitib, mag'rur holatda g'oyat xursond bo'lishib kuylaydilar”. “Podsho ularning mardligidan ajablanib, ortga qaytarishga buyruq beradi va o'lim oldidan ularning shodlanish sabablarini surishtiradi. Ular aytadilarki, agar ular o'zlariga boshqa birov o'lim jazosini berganda, qayg'ulanib o'lardilar, ammo o'z ajdodlarining yoniga ularni hamma qabilalar ustidan g'olib chiqqan ulug' podsho yubarganligidan xursond bo'lishib, o'z jonajon qo'shiqlarini aytdilar va butun jasurlar orzusi bo'lgan faxrli o'limni bayram qildilar”deb javob qilgan ekanlar. Strabon mashxur «Geografiya» asarining muallifi. U O'rta Osiyo qadimgi xalqlarining urf-odatlari, shaharlari va daryolari haqida ma'lumotlar beradi: “Oldingi zamonlarda baqtriylar va sug'diylarning turmush tarzi va urf-odatlari ko'chmanchilarning turmush tarzidan ko'p farq qilmagan, ammo baqtriylarning an'anaviy madaniyati ancha yuqori bo'lgan; lekin ular haqidagi Onesikritning fikri maqtovga sazovor emas. Uning so'zlariga ko'ra, qarilik va kasallikdan qattiq toliqqan odamlarni ular maxsus boqqanlar va o'zlarining mahalliy tillarida “go'rkovlar” degan itlarga tirik holda tashlaganlar. Baqtriylar poytaxti devorlaridan tashqari joylar toza bo'lgan, lekin mamlakat ichqarisidagi hududning katta bir qismi odamlar suyaklari bilan to'ldirilgan; Iskandar bu urf-odatni yo'q qildi. Shunga o'xshagan hikoyalarni kaspiylar haqida ham aytib beradilar: ular 70 yoshdan oshgan o'z ota-onalarini qamab qo'yadilar va och qoldiradilar”. Strabon yurtimiz qadimgi shaharlari haqida kuyidagilarni yozadi: “Aytishlaricha, Iskandar Baqtriya va Sug'diyonada 8 ta shaharga asos solgan va ko'plarini vayron qilgan. Vayron qilganlari jumlasidan Baqtriyadagi Kariata (bu yerda Kallisfen qo'lga tushib qamoqqa olingan), Sug'diyonadagi Maroqanda va Kira – Yaksart daryosidagi Kir tomonidan qurilgan ohirgi shahar; bu fors davlatining chekkasi bo'lgan. Iskandar Kirni izzat-xurmat qilgan bo'lsa ham, bu shahar aholisini ko'pdan-ko'p qo'zg'olonlari sababli uni vayron qilishga buyruq bergan...” .“Sug'diyona ichidan oqayotgan daryoni Aristovulning aytishicha, makedonlar Politimet deb atashgan. Oriylar yeridan oqayotgan Ariy daryosiga o'xshab bu daryo ham mamlakat yerlarini sug'orib, dasht va cho'l o'lkalariga intiladi va qumlar ichida yo'qolib ketadi”. 2.3. O'rta Osiyo hududlariga harbiy yurishi munosabati Makedoniyalik Iskandarning O'rta Osiyo hududlariga harbiy yurishi munosabati bilan ko'p mamlakatlar siyosiy va etnomadaniy tarixida tub o'zgarishlar yuz berdi. Miloddan avvalgi 329 yilda Iskandar o'z qo'shinlari bilan Hindiqush tog' tizmalaridan oshib o'tib Baqtriyaning poytaxt shahri Baqtra va boshqa shaharlarni osongina egallaydi. Baqtriya va Sug'diyonaning hokimi Bess esa oxirgi Ahamoniy Doro III ni o'ldirib, o'zini Artakserks nomi bilan “ulug' podsho” deb e'lon qiladi va Iskandarga qarshi chiqa olmay, izdoshlari bilan Sug'diyonaga, uning Nautaka shahriga qochib, qal'aga yashirinadi. Kurtsiy Rufning xabar berishiga qaraganda Iskandar qo'shinlari Baqtradan chiqib, Oks (Amudaryo) tomon yurib, Termizdan g'arbda, Cho'chka Guzar kechuvi orqali Bess ortidan Nautakaga yo'l oladi. Qachoq Bess bilan Spitamen, Arimaz, Datafarn va boshqalar birga bo'lib, Iskandarni mamlakat ichkarisiga kiritmaslik maqsadida Bessni oyoq-qo'llarini qishanlab Nautakada qoldiradilar, o'zlari esa Sug'diyona ichqarisiga kirib, Iskandar xatti-harakatlarini kuzatadilar. Ammo, Iskandar Bessni qo'lga olsada, orqaga qaytmadi, aksincha harbiy yurishni davom ettirdi. Uning asl niyatini tushunib yetgan aslzoda sarkardalar Iskandarni Bessdan podsho Doro III uchun o'ch olish emas, balki mamlakatni istilo qilish niyatida ekanligini payqab qoladilar. Shundan so'ng Spitamenning mamlakatni himoya qilish harakati boshlanib ketdi. Spitamen o'z qo'shinlarini to'plash harakati bilan yurgan kezlarda, Iskandar Nautaka va Maroqanda shaharlarini osongina egallaydi va Maroqandada o'z harbiylarini bir qismini qoldirib, Yaksart (Sirdaryo) tomon yo'l oladi. Ustrushona tog'larida Iskandar qo'shinlariga qarshi mahalliy aholi-mamakenlar xujum qiladilar. Jangda Iskandar yaralanadi, ammo qattiq janglar Iskandar g'alabasi bilan yakunlanadi. Tog'liklardan 22 ming kishi halok bo'ladi. Iskandar harbiy yurishlari Yaksart tomon davom etib, Yaksart yaqinidagi Kiropolis shahri qamal qilinadi. Shu vakt Yaksart ortidagi saklar daryo sohiliga to'planib, makedonlarga xujum qilmoqchi bo'ladilar. Ammo, Iskandar shoshilinch daryodan kechib o'tib, orada qattiq janglar bo'ladi, saklar chekinadilar. So'ng Iskandar orqasiga qaytib, Yaksard sohilida harbiy qal'a quradi va unga Aleksandriya Esxata (chetdagi Iskandariya) deb nom beradi. Shu payt Maroqanda gornizonidan chopar kelib, Sug'diyonada makedonlarga qarshi qo'zg'olon boshlanib ketgani, Maroqanda esa Spitamen otryadlari tomonidan qamal qilingani haqida noxush xabar keltiradi. Qo'zg'olonchilarni tor-mor keltirish uchun Iskandar shoshilinch Farnux bilan Karan boshchilligida piyoda va otliq askarlarni Maroqandaga jo'natadi. Politimet bo'yidagi shiddatli janglarda Spitamen yunonlar ustidan g'alaba qozonadi, ikki mingdan ortiq makedonlar halok bo'ladilar. Iskandar uchun bu jang kutilmagan mag'lubiyat bo'lib, Iskandar endi janglarga qatiyroq tayyorlanish zarurligini tushunib yetadi. (Shu joyda Spitamenni tajribali yunon sarkardasi Menedem bilan bo'lgan jangdagi g'alabasini eslang). Iskandar asosiy kuchlari bilan Maroqandaga yetib keladi. Ammo, Spitamen bu paytda Qashqadaryo kuyi havzasida, Buxoro yaqinida edi. Xanuzgacha yengilish nimaligini bilmagan Iskandar g'azab o'tida, Arrianni yozishicha, Samarqand bilan Buxoro o'rtasidagi qishloq va shahar aholisini qilichdan o'tkazadi. Miloddan avvalgi 328 yilda Kuyi Zarafshonda bo'lgan janglarda Spitamen mag'lubiyatga uchrab, tinimsiz janglar va sarson-sargardonlikdan charchab, umidsizlikka tushgan uning yaqinlari Spitamen kallasini olib Iskandarga topshiradilar. Yunon tarixchilari yozishiga qaraganda, bu urushlar tufayli Sug'diyona xarobaga aylanadi, ko'pgina sug'diylar Hisor tog' tizmalariga joylashgan qal'alarga yashirinadilar. 327 yilda Iskandar Oksiard egallab turgan “Sug'd qal'a”sini qo'lga kiritib, Oksiardning go'zal qizi Ruxshanakka (Raksona) uylanadi. Sug'diyona va Baqtriya oraligidagi tog'larda joylashgan “Xoriyen qal'asi”da mahalliy hokimlardan Xoriyen o'z oilasi va yaqinlari bilan yashar edi. Iskandar qo'shinlari Xoriyen qal'asini ham osongina egallaydi. Ta'qidlash joizki, aslzoda Xoriyen va Oksiardlar o'z tinchligini o'ylab Spitamen kabi ona-yurt himoyasi uchun qayg'urmadilar. Shu munosabat bilan sharqshunos olim V.V.Grigorev vatanparvar sug'diylarga va ularning sardori Spitamenga yuksak baho berib shunday deydi: “ Agar Doro III Iskandardan o'z podsholigini himoya qila olmagan bo'lsa, Bess razil nomard chiqqan bo'lsa hamki, ammo bu yerda, Turonda, shunday dov yuraklar topildiki, ular chet elliklarga bo'ysunish nimaligini obdan tushunib, ularga itoat etmadilar, shunday qo'llar topildiki, ular chaqirilmagan begonalarga qarshi xalq qasosini namoyon etdilar”. Iskandar Baqtriya, Sug'diyona va Ustrushonaning bir qismini istilo etgach, Hindistonga yo'l oladi, O'rta Osiyoning Xorazm, Farg'ona, Choch va saklar yurti mustaqil bo'lib qoladi. Lekin Baqtriya, Sug'diyona, Marg'iyona va Parfiya viloyatlari salavkilar davlatiga qo'shilib, hech vaqt o'tmay miloddan avvalgi III asr o'rtalaridan Baqtriya, Sug'diyona va Margiyona tarkibida Yunon-Baqtriya davlati tashkil topadi11. Xullas, Iskandar Sharq xalqlarini ahamoniylar zulmidan ozod qilib, ularning ustiga yunon zulmini o'rnatdi. Podsholar, hokimu-to'ralar almashib, siyosat o'zgardi, ammo O'rta Osiyoning qadimgi xalqlari mustaqil bo'lmadi. Bu zulmdan qutulish uchun mintaqa xalqlariga juda ko'p vaqtlar va ozodlik uchun kurashlar qilishga, ko'plab qon to'kishga to'g'ri keldi. Yana shuni ta'kidlash joizki, makedoniyalik Iskandar o'z davrining tadbirkor, o'z xalqining uddabiron farzandi edi. O'sha zamonning siyosiy jarayonlari shunday podshoni, shohlar shohini talab etdi. U tashkil etgan urushlar va undan keyin yuz bergan qirg'inliklar ham xalq boshiga ko'plab azob va o'lim keltirdi. Shu bilan birga, Iskandarning harbiy yurishlari G'arb va Sharq o'rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojlanishiga olib keldi. Bu jarayonlarning ta'sirini moddiy madaniyatning rivojlanishida, qurilish va memorchilikda, kulolchilik va tasviriy san'atda, yangi alifbo va yozuvlarning tarqalishida, tangashunoslik va diniy e'tiqodlarda ko'rish mumkin. Yunonlar Qadimgi Sharqning ko'plab madaniy-xo'jalik yutuklarini qabul qiladilar va o'zlarining madaniy ta'sirlarini ham mahalliy aholining madaniyatiga joriy qiladilar. Iskandar Hindistonda o'z maqsadiga erisha olmadi, u o'z orzulari bilan yakkalanib qoldi. Iskandarning g'olibona harbiy yurishlari, uning ulkan yutuqlari qanchalar yuksak bo'lmasin, u uzoq o'lka xalqlari tasavvurida ulug' podsho bo'lib qolmasin, ular, ayniqsa uning harbiylari qalbidagi vatan sevgisi oldida hech narsa bo'lmay qoldi, uning jangavor askarlari oldinga bir qadam ham bosishni xohlamay qo'ydilar. Ular ortga qaytishni istab qoldilar. Iskandarning harbiy sarkardalari “agar podsho askarlari jangga rozi bo'lmasa, ularni xatto qirib tashlab, Gang daryosiga yangi otasi-xudo Amon bilan birgalikda yurishi mumkin», deb o'ylaydilar. Biroq, xushyor va dono Iskandar sharqiy yurishlarni to'xtatilishini e'lon qilib, yana bir yuksak g'alabani qo'lga kiritadi, ya'ni oddiy askarlar mexrini qozanadi. Miloddan avvalgi 325 yilda makedonlar kemalarda Hind daryosi orqali okeanga yetib boradilar. Harbiylar ikkiga bo'linib, Nearx boshchilligidagi qism kemalarda Fors qo'ltig'iga qarab suzadilar. Iskandar va uning qismi esa sahrolar orqali Eronga yo'l oladilar. Miloddan avvalgi 324 yilda ular (har ikki qism) saxro va suv azobini totishib, Eronning Suza shahrida uchrashadilar. Shunday qilib, Makedoniya, Kichik Osiyo, Misr, Sirdaryo va Hindistongacha cho'zilgan kengliklarda yirik davlatga asos solinadi. Bu davlatning poytaxti sifatida Bobil shahri e'lon qilinadi. Ammo uning asoschisi buyuk Iskandar o'limidan so'ng bu davlat qismlarga bo'linib, parchalanadi. Jahon tarixida yangi jarayonlar boshlanadi. O`zbek davlatchiligi tarixi haqida eng qadimgi manbalar “Avesto”,Eron (Behustun qoyatosh bitiklari, Suza saroyi devorlaridagi yozuvlar va hokazo), hind, Xitoy manbalari qatoriga O‘lkamiz tarixini yoritishda Yunon-Rim mualliflari asarlari va manbalarini ham kiritishimiz mumkin. Ulardan Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Polibiy, Diador, Arrian, Strabon, Pliniy, Plutarx, Kursiy Ruf, Pompey Trog va boshqa yunonlik va rimlik mualliflar qoldirgan yozma guvohliklar miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmidan boshlab o`tgan bir necha asrlik davrga oid ko`plab ma’lumotlar uchraydi. Yunon va Rim olimlarining tarix va geografiyaga oid asarlari ma'lum darajada musulmon, shu jumladan yurtimiz olimlari Al-Xorazmiy, Al-Farg`oniy, Beruniy va boshqalarning ijodiga asos bo`lib xizmat qildi. Хоrazm tariхiga оid arхеоlоgik manbalardan kеyin qadimgi yunon-rim yozma manbalari alоhida o`rin egallaydi. Yozma manbalar оrasida o`zining qadimiyligi jihatidan «Avestо» birinchi o`rinda turadi. Zоrоastrizm ,оtashparastlik) dinining muqaddas kitоbi (mil. avv. VI-IV asrlarda yozilgan) bo`lmish «Avestо» O`rta Оsiyo, Erоn, Afg`оnistоn va Хоrazmning qadimgi tariхini o`rganishda qimmatli manbaa hisоblanadi. Qadimgi Yunоn va Rim tariхchilari, shuningdеk kеyingi davrlarda esa Vizantiya, Arman, Arab mualliflarining asarlarida ham Хоrazm haqida qimmatli ma’lumоtlarni uchratish mumkin. Rim tariхchisi Kvint Kurtsiy Ruf (milоdning I asri) o`zining «Buyuk Alеksandrning tariхi» asarida Хоrazm pоdshоhi Fratafern haqida, uni massagеt va sak qabilalarining Alеksandr zulmiga qarshi milliy оzоdlik harakatiga qo`shil-ganligi haqida hikоya qiladi. Gеrоdоt, Ktеsiy va bоshqalarning yozishicha massagеtlarda ayollar yuqоri mavqеni egallaganlar. Massagеt qabilalari haqida ayolga hurmat kuchli bo`lgan. Shu tufayli bo`lsa kеrak, Gеrоdоt asarlarida «Malika To`maris», Ktеsiy hikоyalarida esa «Malika Sparеtra» bоshchiligidagi ayollar qo`shinlari to`g`risida to`lqinlanib yozadilar. “To`maris” qissasining qisqacha mazmuni shundan ibоratki, To`maris milоddan avvalgi V1 asrda Massagеt xalqiga bоsh bo`lgan Хоrazmga tajоvuz qilgan Erоn shоhi Kirga qarshi mardоna kurash оlib bоrgan Malikadir. Bu ayol haqida qadimgi grеk tariхchisi Gеrоdоt o`zining «Tariх» kitоbida «Kirning massagеtlarga qarshi yurishi” dеgan sarlavha оstida hikоya qiladi. Strabonning o`zbek davlatchiligi haqidagi ma’lumotlari qimmatli bo`lib, uning ta’kidlashicha massagеt va sak qabilalari ittifoqiga хоrazmiylar ham kirgan. Ahamоniylar davrida хоrazmiylarning yangi to`lqini Amudaryo etaklariga janubdan kеlgan dеgan fikrlar ham mavjud. Lеkin bu fikr hali arхео-lоgik jihatdan isbоtlangan emas12. Gеkatеy va Gеrоdоtlar хоrazmiylarni O`rta Оsiyo janubiy rayоnlari qabilalari bilan alоqalari to`g`risida ma’lumоtlar beradilar. Gеkatеy ko`rsatishicha, milоddan avvalgi VI asrda хоrazmiylar parfyanlardan sharqda yashaganlar. Strabоn Хоrazmiylarni etnik jihatdan “sak va massagetlar”ga mansubligini ko`rsatadi. O`zbekiston hududi ham Eron, Hindiston, Mesopotamiya, Yunoniston, Rim, Misr va Xitoy singari mamlakatlar kabi ilk madaniyat o`choqlaridan hisoblanadi. Lekin, uning qadimiy madaniyati haqida ma'lumotlar juda kam saqlanib qolgan. Biz yurtimizning faqat miloddan avvalgi VI asrlardan keyingi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida ma'lum darajada yozma ma'lumotlarga egamiz. Eron, Hindiston va ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim manbalarida saqlangan ma'lumotlarga qaraganda qadim zamonlarda hozirgi O`zbekiston hududida istiqomat qilgan sak, massaget va boshqa qabilalar urug`chilik tuzumini boshdan kechirganlar, chorvachilik, qisman dehqonchilik hamda hunarmandchilik bilan shug`ullanganlar. Bu davrning o`ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, miloddan avvalgi VII asrda yurtimiz hududida, masalan Balx va Xorazmda otashparastlik — zardushtiylik dini paydo bo`ldi va keng tarqaldi. Ahamoniylar va ularning mahalliy noiblari baribir aholini to`la itoatda tutib tura olmadilar. Xalqimizning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi kuchaydi. Natijada miloddan avvalgi VI asr o`rtalariga kelib Xorazm mustaqillikni qo`lga kiritib oldi. Sak va massagetlar ham o`z ozodligi uchun tinmay kurash olib bordilar. Eron huktmdorlari bilan yurtimiz xalqlari o`rtasida uzluksiz davom etgan urushlar Ahamoniylar davlatini kuchsizlantirdi va Eronning Iskandar Zulqarnayn (miloddan avvalgi 336-323-yy.) tarafidan bosib olinishini birmuncha osonlashtirdi. Iskandar Zulqarnaynning yurishlari (miloddan avvalgi 334-324-yy.) yurtimiz ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga ta'sir ko`rsatdi: katta yer egalari bo`lmish mahalliy aslzodalarning mavqei yanada mustahkamlandi. Ma'lumki, Iskandar Zulqarnayn vafotidan (miloddan avvalgi 323-yil 13-iyun) ma'lum vaqt (taxminan 75 yil) o`tgach, uning ulkan saltanati mayda-mayda davlatlarga bo`linib ketdi. Miloddan avvalgi taxminan 250-yili Buyuk Makedoniya saltanatining Baqtriyadagi noibi Diodot mustaqillik e'lon qildi va Yunon-Baqtriya davlatiga asos soldi. Bu davlat tarkibiga Sirdaryo bilan Ind daryosi yuqori oqimlarigacha bo`lgan yerlar va xalqlar qarar edi. Taxminan o`sha vaqtlarda Yunon-Baqtriya davlati ham o`z chegaralarini birmuncha kengaytirib oldi. Evtidern, Demetriy va Evkradit zamonida So`g`diyona, Baqtriya, Araxosiya (hozirgi Afg`onistonning g`arbiy qismini o`z ichiga olgan hudud) va Ariya (hozirgi Afg`onistonning markaziy qismi), boshqacha so`z bilan aytganda hozirgi O`zbekiston, Tojikiston, Eronning sharqiy qismi hamda Afg`onistonning katta qismi Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirar edi. Yunon-Baqtriya davlatining ichki ahvoli u qadar mustahkam emas edi. Mahalliy xalq bilan yunon-makedoniyalik hokimlar o`rtasidagi ziddiyat tobora chuqurlashib bordi, chet el bosqinchilariga qarshi qo`zg`olonlar kuchaydi. Xalq harakati, ayniqsa, So`g`diyonada keskin tus oldi. Natijada miloddan avvalgi II asr oxirlari va I asr boshlarida So`g`diyona mustaqillikni qo`lga kiritishga muvaffaq bo`ldi. Yunon-Baqtriya imperiyasining boshqa o`lkalarida ham mustaqillik uchun kurash kuchaydi. Tariximizning keyingi davrlarida, Yunon-Baqtriya davlati o`rnida yuechjilar (toxarlar) davlati tashkil topganligi haqida yunon va rim olimlarining tarix va geografiyaga oid asarlarida ham qimmatli ma’lumotlar keltiriladi. Bu davlat tarixda Kushonlar davlati nomi bilan mashhurdir. Kushonlar davlatiga hozirgi O`zbekistonning katta qismi, Afg`oniston, Shimoliy Hindiston va Pokistonning shimoli-g`arbiy qismi qaragan bo`lib, ayniqsa Kanishka va uning taxt vorisi Xuvishka hukmronlik qilgan yillari kuchaydi. Lekin, milodning II asri o`rtalarida bu davlatning ham inqirozi boshlandi va IV asrga kelib mayda davlatlarga bo`linib ketdi. Miloddan avvalgi II—I asrlarda Farg`onada ham mustaqil davlat bo`lgan. Xitoy manbalarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Farg`onada hunarmandchilik, ayniqsa dehqonchilik rivoj topgan qadimiy mamlakat bo`lib, uning 70 ga yaqin katta-kichik shaharlari Kuba-Quva, Gaushan-O`zgan, Ershi - Marhamat, Go`y-Shan - Koson va boshqalar bo`lgan. Mahalliy xalq dehqonchilik va bog`dorchilik bilan shug`ullangan, arpa, bug`doy, sholi, beda, uzum, anor, poliz ekinlari va boshqalarni yetishtirgan. O`zbekistonning antik davrdagi tarixini o`rganishda qadimgi Yunoniston va Rim tarixchilari hamda geograf olimlarning asarlari muhim manbaa bo`lib xizmat qiladi. Quyida ulardan ayrimlari haqida ma'lumotlami keltiramiz. Geradot (miloddan avvalgi 490-480-yillar o`rtasi-425-y.) - yirik qomusiy olim, tarix fanining "ota"si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas shahridan, 455—447-yillari Yevropa, Osiyo va Misr bo`ylab sayohat qilgan. Geradot Ellada va Sharq mamlakatlari (Liviya, Misr, Ossuriya, Vavilon, Eron va Skifiya)ning qadim zamonlardan to miloddan avvalgi 479-yilgacha bo`lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan hikoya qiluvchi 9 kitobdan iborat "Tarix" nomli asari bilan shuhrat topgan. Bu asar umumiy tarix yo`nalishida yozilgan birinchi kitob hisoblanadi. Shu tufayli ham Gerodot, Sitseronning (miloddan avvalgi 106-43-yy.) so`zlari bilan aytganda, tarix fanining "ota"si hisoblanadi. Geradot, garchi o`zi bayon etayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni to`g`ri bayon etishi, o`zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtayi nazaridan qarashi bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi. Geradotning asarida O`zbekistonning qadimiy xalqlari bo`lmish agrippiylar, issedonlar, massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qo`shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. Gerodotning tarixiy an’analarini davom ettirgan yunon tarixshunosi Ktesiy Kichik Osiyodagi Knid shahridan bo`lgan. U miloddan avvalgi 414 yildan boshlab, ahamoniylar podshosi Artakserks II saroyida tabib vazifasini bajargan. Podsho saroyida u Sharq chegaralarida joylashgan uzoq shaharlar, davlatlar va xalqlar haqida ko`p hikoyalar eshitgan. Erondan yurtiga qaytganidan keyin Ktesiy qadimgi forslar tarixini yoritishni rejalashtirgan. Ammo to`plangan ma’lumotlar aynan forslardan tashqari keng tarix tasavvuriga asos solgan. Ktesiy keltirgan ma’lumotiga ko`ra eron podshosi Kir miloddan avvalgi VI asrda saklar podshosi Amorg`ning xotini Sparetra bilan jang qilgan. Kir shu jangda halok bo`lgan, uning o`limini To`maris bilan jangiga aloqasi yo`q deb aytib o`tgan. Bular Gerodot keltirgan ma’lumotlarga butunlay qarama-qarshi. Bundan tashqari Ktesiy Baqtriya davlati haqida ham yozib qoldirgan. U ossuriyalik podshoh Nin Belidning Baqtriyaga harbiy yurishi haqida so`zlab, Nin baqtriyalik ayol Semiramidaga uylanganini aytadi. Semiramida miloddan avvalgi IX-VIII asr boshlarida Ossuriya malikasi bo`lgan. Ninning Baqtriyaga qarshi yurishida Semiramida ham qatnashgan va ular Baqtriya podshosi Aksiart bilan obdon urushganlar. Xullas, Baqtriya davlatida hukmronlik qilgan sulolalar haqida haqiqatdan ko`ra afsonalar ko`proq uchraydi. Qadimgi yunon tarixchilaridan Gekatey Milet shahridan bo`lib, (miloddan avvalgi VI-V asrlar)olimlarning fikriga ko`ra birinchi bo`lib ahamoniylar o`lkalarining ro`yhatini keltirgan va qadimgi Sharq xalqlari haqida xabar qilgan. Ular orasida O`rta Osiyo xalqlari haqida ma’lumotlar ham bor. Diodor (miloddan avvalgi 90—21-yillar) yirik tarixchi olim, asli Sitsiliyaga qarashli Argiriya shahridan. U "Tarixiy kutubxona" nomli 40 kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo`nalishida yozilgan bu asar, asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlaridan to milodning I asr o`rtalarigacha bo`lgan tarixini o`z ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, shuningdek, O`zbekistonning qadimiy xalqlari skif, sak, massaget, baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo`lgan munosabatlari haqida qimmatli ma'lumotlar bor. Diodorning mazkur asari ko`p jihatlari bilan ko`chirma-kompilyatsiya hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko`p hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy bog`lanmay qolgan. Shunga qaramay, bu asar dalillarga boy va katta ilmiy ahamiyatga egadir. Diodorning asari to`la holda bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. Uning faqat 15 kitobi - qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1-5-kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron urushlari (miloddan avvalgi 500-449)da to miloddan avvalgi 301-yilgacha bo`lgan tarixini o`z ichiga olgan 11-20-kitoblarigina saqlangan, xolos. Polibiyning "Umumiy tarixi" daliliy ma’lumotlarga boyligi, voqealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir. Unda Oks—Amudaryo va Yaksart — Sirdaryo haqida, Antiox 1 ning Baqtriya podshohi Eftidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim ma’lumotlar bor. Uning yozishicha sak podsholari Saksafar (Xorazm hukmdori), Amorg`(saklar podshosi), To`maris (massagetlar malikasi), Doroga (Dorush)qarshi kurash rejasini tuzib turganlarida , ular huzuriga Shiroq ismli otboqar keladi va agar oilasi va tirikchiligidan xabar olib turishga va’da berilsa, yakka o`zi dushman xavfini qaytarishga urinib ko`rajagini aytadi. Podshohlar taklifini qabul qilib, qasam ichadilar. Shiroq afsonasi haqida biz faqat Poliyenning ma’lumoti orqaligina bilishimiz mumkin. Strabon (miloddan avvalgi 63 - milodning 23) qadimgi Yunonistonning atoqli geograf olimlaridan, asli amosiyalik (Pont podshohlarining qarorgohlaridan), nufuzli va badavlat oiladan chiqqan, mashhur yunon faylasufi Aristotelning (miloddan avvalgi 384-322) shogirdi, qariyb 80 yil umr ko`rgan. Strabonni dunyoga tanitgan uning 17 kitobdan iborat "Geografiya" nomli asarida Osiyo mamlakatlariga katta o`rin berilgan. Strabon Polibiyning "Umumiy tarix"ini davom ettirib, unga miloddan avvalgi 146—31-yillar orasida bo`lib o`tgan voqealarni qo`shgan. Afsuski, bu muhim asar bizning zamonimizgacha yetib kelmagan, lekin uning ayrim qismlari, xususan O`zbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim parchalar olimning "Geografiya" nomli asariga kirib qolib saqlangan. Strabonning "Geografiya"sida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg`iyonaning tabiiy holati, shaharlari, qisman ularga borish yo`llari, Oxa (Harrirud), Oks va Yaksart daryolari haqida, O`zbekistonning qadimiy xalqlari - sak, massaget, day, atasiya, toharlar hamda xorazmliklar va ularning kelib chiqishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va e'tiqodi, shuningdek Parfiya va Baqtriyaning miloddan avvalgi III asrning birinchi choragidagi ichki ahvoli va o`zaro munosabatlari haqida muhim va qimmatli ma'lumotlar mavjud. Pompey Trog ( milodgacha 1-milodning I asrlari o`rtasida yashab o`tgan) - "Filipp tarixi" asari bilan mashhur bo`lgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu asar afsonaviy Ossuariya podshohlari zamonidan to Rim imperatori Avgust (miloddin avvalgi 63 — milodning 14-yili) davrigacha dunyoda bo`lib o`tgan voqealarni bayon qiladi, lekin asosiy e'tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp II (miloddan avvalgi 359— 336) va Iskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan. Mazkur asarning qimmati shundaki, u bir talay noma'lum kitoblarga suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo`lishi va tarixini keng yoritib bergan. Muhimi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni harakatga keltiruvchi kuch urf-odat va taqdir deb hisoblagan. "Filipp tarixi"da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va Sog`dda qurilgan shahar va katta imoratlar, Iskandar Zulqarnayn vafotidan keyin yuz bergan voqealar, parfiyaliklarning kelib chiqishi, ularning urf-odatlari, Parfiya podsholigining tashkil topishi, Baqtriya, Parfiya va Midiyaning o`zaro munosabatlariga oid muhim ma'lumotlar mavjud. Bu ma’lumotlar juda qimmatli hisoblanadi13. Arrian Flaviy (taxminan 95—175) — yirik yunon yozuvchisi, tarixchisi va geograf olimi, asli Kichik Osiyoning Nikomadiya shahridan. U "Iskandar haqida", "Parfiyaliklar haqida", "Hindiston" va 7 jildlik "lskandarning yurishlari" nomli kitoblar muallifidir. O`zbekiston va Eronning qadimiy tarixini o`rganishda Arrianning "Iskandarning yurishlari" nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda fotihning O`zbekiston, Eron hududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik yurishlari tarixi batafsil bayon qilingan. Faqat Arriangina Xorazmning hukmdori Farasman va uning mohir diplomatligi sabab, Xorazmning mustaqilligi saqlab qolinganligini yozib qoldirgan. Arrianning guvohlik berishicha miloddan avvalgi 329-yili Aleksandr Samarqandda turganida Farasman (Xorazm hukmdori) tashrif buyuradi. Xorazm hukmdori bu uchrashuv chog`ida Aleksandrga harbiy ittifoq tuzib, Qora dengiz tomon yurishni taklif qiladi. So`g`dlik Spitamen qo`zg`olonini bostirish bilan band bo`lgan Aleksandr Farsmanga tashakkur aytib, u bilan do`stlik ittifoqini tuzadi. Shu bilan birga hozir Qora dengizga hujum qilish vaqti emas, deydi. Aleksandr ishonchini oqlagan Farasman yunonliklarning keyingi harbiy rejasi Hind zaminiga yurish ekanligini ham aniqlab oladi. Asar panegrizm — maddohlik ruhida yozilgan. Muallif Iskandar Zulqarnayn va uning faoliyatini ko`klarga ko`tarib ulug`laydi. U ko`p qo`lyozma manbalar va rasmiy hujjatlar asosida yozilgan bo`lib, mavzu bo`yicha muhim va asosiy manbalardan hisoblanadi.Iskandarning Spitamendan mag`lubiyatga uchragani haqida ham yozgan. Arrian Flaviyning "Iskandarning yurishlari" asari nemis (Myuller Leyptsig, 1886) hamda rus (Korenkov, Toshkent, 1912 va M.E.Seigeenko M.-L., 1962) tillarida nashr etilgan. Ptolomey Klavdiy (taxminan 90—160) - mashhur qomusiy olim, Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika, mexanika) hamda geografiyaga oid asarlar yozib qoldirgan. Jahonga mashhur "Almagest" — "Al-majastiy" (18 kitobdan iborat, astronomiya va trigonometriya ilmlarini o`z ichiga oladi), "Optika" (5 kitobdan iborat), "Germanlar haqida tushuncha" (3 kitobdan iborat) va, nihoyat, "Geografiya" shular jumlasidandir. Lekin, olimga shuhrat keltirgan asarlari "Almagest" va "Geografiya"dir. "Geografiya"ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog`i uning 24-bobi jahon mamlakatlarini tavsiflashga bag`ishlangan va katta ilmiy qiymatga ega. Shunisi muhimki, asarda shahar, mamlakatlar va ularning koordinatalari keltirilgan va unga 27ta xarita ilova qilingan. Ptolomeyning "Geografiya"sida Girkaniya, Marg`iyona, Baqtriya, So`g`diyona hamda skiflar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va So`g`diyonaning mashhur shaharlari, shuningdek o`sha mamlakatlar va ular bilan tutash o`lkalar va ularning aholisi haqida asl va qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Kvint Kurtsiy Ruf (milodning I asri) — mashhur Rim tarixchisi, Iskandar Zulqaynarning Eron, Turon va boshqa mamlakatlarga qilgan harbiy yurishlari haqida 10 kitobdan iborat "Buyuk Iskandar tarixi" nomli asar yozib qoldirgan. Muallif Ptolomey Lag va Iskandar Zulqarnaynning safdoshlari Onesikrit va Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan Kvint Kurtsiy Rufning asarida O`zbekiston hududining Iskandar Zulqarnayn qo`shinlari tomonidan istilo qilinishi, xalqlarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi, xususan, Spitamen boshliq qo`zg`olon keng yoritib berilgan. Kvint Kursiy Rufning guvohlik berishicha, Iskandar miloddan avvalgi 329-yilda Oks daryosidan kechib o`tayotganda askarlarga somon to`ldirilgan meshlarni tarqatishga qaror qiladi. Ular meshlar ustida daryodan suzib o`ta boshlaydilar.daryodan birinchi bo`lib kechib o`tganlar qo`riqchilar xizmatini bajarib, boshqalarni kutib oladilar. Shu tariqa askarlar oltinchi kuni daryoning narigi qirg`og`iga o`tib olishga muvaffaq bo`ladilar14. Kursiy Ruf miloddan avvalgi 327-yilda O`rta Osiyoni to`liq bosib olgach, mahalliy aholi vakillaridan viloyatlarga hokimlar tayinlagani haqida shunday deydi: “Iskandar baqtriylar viloyatini Artaboz idorasiga topshirib, bu joydagi qo`riqchilar qo`shini bilan birga ot-arava yuklarini qoldiradi. O`zi esa harakatdagi qo`shinlarga yo`lboshchi bo`lib, So`g`diyona sahrosiga yo`l oladi”, deya xabar beradi. Bundan tashqari Arrian mahalliy aholining Iskandarning harbiy harakatlariga bildirilgan munosabatlari haqida bunday yozadi: “Tanais (Sirdaryo) ortidagi skiflar (saklar)davlatining podshosi makedonlar tomonidan daryo bo`yida solingan shaharni qullik bo`yinturug`i bo`lishini sezib, uni vayron qilish va makedonlarni daryo qirg`og`idan uzoq masofaga quvib chiqarish uchun katta bir otliq qo`shinga yo`lboshchi tayinlab, o`z akasini yuboradi”. Gay Pliniy Sekund (24—79) - rimlik mashhur yozuvchi, tarixshunos olim va davlat arbobi, 79-yili mashhur Vezuviy vulqonining otilib chiqishi natijasida yuz bergan umumxalq fojiasi vaqtida halok bo`lgan. Gay Pliniy Sekund — sermahsul olim, 20 kitobdan iborat "Germanlarning urushlari", ikki jilddan iborat "Pomponiy Sekundning hayoti" va 37 kitobdan iborat "Oddiy tarix" nomli asarlar yozib qoldirgani ma'lum15. Pliniyning germanlar tarafidan Reyn va Dunay bo`ylari mamlakatlarining bosib olinishi tarixidan bahs yurituvchi "Germanlarning urushlari" nomli asari bizning davrimizgacha yetib kelmagan, lekin u Korneliy Tatsitning (taxminan 56—117) "Solnomalar" (imperator Oktavian Avgust vafotidan (milodning 14-yili) Neronning halok bo`lishigacha (milodning 68-yili) bo`lib o`tgan voqealarni o`z ichiga oladi) hamda "Germaniya" (unda german va boshqa qabilalarning tarixi bayon etilgan) nomli asarlari uchun birinchi manbaa bo`lgan. "Pomponiyning hayoti"da Pliniy sobiq boshlig`i Pomponiy Sekundning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Bu asar ham bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. "Oddiy tarix" Gay Pliniy Sekundning shoh asari hisoblanadi va unda antik dunyo tarixi, iqtisodiy ahvoli hamda madaniyati bayon etilgan. Unda muallifning o`z manbalariga jiddiy va tanqidiy munosabatda bo`lmaganligi, ayrim dalil va voqealarni buzib ko`rsatilganligi sezilib turadi. Bu kitob antik dunyo tarixi bo`yicha keng ma'lumot beruvchi qomusiy asar sifatida e'tiborga sazovordir. "Oddiy tarix"da O`zbekistonning ham qadimiy tarixi, unda yashagan xalqlar, masalan, skiflar, Oks — Amudaryo, Yaksart — Sirdaryo va skifcha joy nomlari, tabiiy boyliklari, Antioxiya shaharlarining barpo etilishi haqida qimmatli ma'lumotlar bor. Shunday qilib, qadimgi dunyo yunon-rim ilk yozma manbalari qadimgi Sharq va dunyo tarixida birinchi bo`lib o`lkamizdagi elatlarning, alohida joylar, tog`lar, daryolar va ko`llarning, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlarini, aholining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to`g`risidagi ma’lumotlarni o`z ichiga oladi16. Download 107.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling