Bob. Giyohvandlikning klinik va psixologik holatlari


Download 51.27 Kb.
bet1/7
Sana26.01.2023
Hajmi51.27 Kb.
#1123638
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
giyohvandlik


MUNDARIJA:
KIRISH

  1. BOB. GIVOHVANDLIKNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA GIYOHVANDLARNING PIXOLOGIK HOLATI.

    1. Giyohvandlikning kelib chiqish tarix va belgilari.

    2. Giyohvandlikda xulq-atvor buzilishi va bеmor psixologiyasi.

  2. BOB. GIYOHVANDLIKNING KLINIK VA PSIXOLOGIK HOLATLARI.

    1. Giyohvandlikning klinik va psixologik belgilari.

    2. Giyohvandlikning davosi va buning usullari.



XULOSA VA TAVSIYALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Kirish
Mavzuning dolzarbligi:Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlaganidek, qanchalik qiyin boʻlmasin, biz yoshlar tarbiyasi boʻyicha oʻzimizga xos va taʼsirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzgʻunchi va zararli gʻoyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, maʼnaviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Sogʻlom turmush tarzini olib borayotgan kishi bilib-bilmay bu koʻchaga kirib qolsa, oʻzining tinch, farovon va baxtli hayotini qora zulmatga aylantirishi ayni haqiqat. Giyohvand kishi nafaqat oʻziga, balki yaqinlariga ham toʻxtovsiz azob beradi.
Undan tugʻilajak farzandlar esa ota-onasining xatosi oqibatida bir umrga majruhlik qismatiga mubtalo boʻladilar. Zero, faqat sogʻlom ota-onadangina sogʻlom zurriyod dunyoga keladi.
BMT Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda dunyoda 210 milliondan ortiq giyohvandlar qayd etilgan bo‘lib, bu yer yuzi aholisining 3 foiziga to‘g‘ri keladi. Hozir dunyoda yoshlar orasida giyohvandlarning muayyan tizimi shakllanmoqda, har yili yoshlar o‘rtasida giyohvandlar soni 15-20 foiz ko‘payib bormoqda.
Tibbiyot qo‘llanmalarida keltirilishicha, qoradori inson organizmiga kirgach, ichaklarga so‘rilib, qorindagi qon aylanish yo‘li bilan jigarga yetib boradi. Natijada jigar hujayralari ta’sirlanib, sirroz kasalligini keltirib chiqaradi. Qoradori qayta-qayta iste’mol qilinishi oqibatida jigar sirrozi kuchayib boradi. Jigar kichrayib, qotib qolgach, faoliyati susayadi. Uning hujayralari atrofida yog‘lar cho‘kib qoladi. Giyohvand moddalarning oqsillari xalaqit bergani uchun yig‘ilib qolgan zaharli moddalar qon aylanishi bilan markaziy asab tizimiga qadar yetib boradi. Asab hujayralari ishdan chiqib, yaroqsiz holatga kelgach, bemorning ko‘rish, eshitish, hid bilish, fikr yuritish, issiq-sovuqni, qattiq-yumshoqni, shirin-achchiqni sezish qobiliyati yo‘qoladi.

Download 51.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling