Bob. Investitsiya


Download 497.38 Kb.
bet11/28
Sana06.05.2023
Hajmi497.38 Kb.
#1433297
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
Investitsiya jarayonini moliyalashtirish manbalari 03 02 2023

Birinchi bob bo 'yicha qisqa xulosalar:

  • iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini ta'minlash investitsiya faoliyati yuritilishining zaruriy investitsion muhitini yaratishni va uni tobora qulaylashtirib borishni talab etadi, investitsiya loyihasining amalga oshirilish hajmi, miqdori va dinamikasiga qarab mamlakatning iqtisodiy o'sish darajasi hamda holatini baholash mumkin va o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning bajarilish holati belgilangan maqsadlarni ta'minlanishiga qanchalik mos kelayotganligi to'g'risida xulosa chiqarish mumkin;

  • kelishilgan muddatlarda aniq maqsadlarga erishish hamda rejalashtirilgan natijalarni olish uchun aniq miqdordagi resurslarni (intellektual, moliyaviy, moddiy) qo'yishni, joylashtirishni ko'zda tutuvchi tadbirlardir yig'indisiga investitsiya loyihasi deyiladi. Shu bilan birga investitsiya loyihasi resurslar va muayyan vaqt bilan cheklanadi hamda qo'yilgan maqsadga erishishni ko'zda tutadi. U cheklangan davr davomida, belgilangan byudjet hisobidan qo'yilgan vazifalarni hal qilishga qaratilgan aniq maqsadni nazarda tutadi;

  • investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya'ni neft va ximiya sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chikarishga, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim;

  • investitsiya loyihalari qaysi sohada ishlab chiqilmasin, uning maqsadi resurslarning cheklanganligi yoki taqchilligi sharoitida ham barcha investitsiya imkoniyatlarini qidirib topish va ulardan to'liq va samarali foydalanishning optimal variantlarini aniqlashga qaratilgan bo'ladi;

  • xorijiy davlat hududida ro'yxatga olingan va u joylashgan hamda ro'yxatga olingan joydagi bank nazorati organi tomonidan berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bank xorijiy bank hisoblanadi;

  • milliy iqtisodiyotga xorijiy banklarning kredit liniyalarini faol jalb qilish raqobatbardosh mahsulotlarga, zamonaviy ishlab chiqarishga yuzma-yuz kelish, talabga muvofiq sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatidir;

  • xorijiy bank kredit resurslarini kichik biznes va tadbirkorlikni moliyalashtirishga jalb qilish va ularni samarali o'zlashtirish maqsadida Vatanimizga yuqori sifatli texnika-texnologiyalarni etkazib beruvchi investorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini olib borish, tashqi va ichki iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, bevosita xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishni ta'minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish, ajratilayotgan xorijiy kreditlardan to'liq foydalanish maqsadida kredit olish uchun taqdim etilayotgan texnik-iqtisodiy asoslashlarni puxta-pishiq ishlab chiqish, investorlarning qo'ygan kapitali va ularning huquqlarini himoyalashni kafolatlashni yanada kuchaytirish lozim;

  • xorijiy kreditlarni jalb etishda mamlakatda investitsiya iqlimining qulayliligini ham tashkiliy-huquqiy, ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ta'minlash kerak bo'ladi;

  • xorijiy kreditlarni jalb qilishga qaratilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar mamlakatimizda xorijiy kreditlardan foydalanish tizimini tartibga solish va ularni samarali o'zlashtirish imkonini beradi.




Download 497.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling