Bob. Investitsiya
-jadval Mamlakat yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qishloq xo'jaligi mahsuloti
Download 497.38 Kb.
|
Investitsiya jarayonini moliyalashtirish manbalari 03 02 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korsatkichlar 2017 yil 2018 yil 2019
1.2-jadval Mamlakat yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotiishlab chiqarish hajmlari13
Ma'lumki, biz mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etish bo'yicha o'z oldimizga katta maqsadlar qo'yganmiz. Ularni amalga oshirishda kerakli imtiyozlarga ega bo'lgan maxsus industrial zonalarni tashkil etish yo'lida oxirgi yillarda biz ko'pgina tajribalarga ega bo'lmoqdamiz. Buning amaliy tasdig'ini «Navoiy» va «Angren» maxsus industrial zonalari faoliyati misolida ko'rish mumkin. «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning hududida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo'lgan 19 ta investitsiya loyihasi bo'yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish qozonlari, mobil va statsionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. «Angren» maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy qiymati qariyb 44 million dollar bo'lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan diodli yorug'lik lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, ko'mir briketlari kabi yuksak texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Shuningdek, shakar ishlab chiqarish bo'yicha yangi zavod va boshqa korxonalar tashkil etildi. Ayni shu yo'nalishda to'plangan tajribani hisobga olib, o'tgan yilning mart oyida Jizzax viloyatida «Jizzax» maxsus industrial zonasi tashkil etildi. Chet ellik investorlar uchun uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, keng huquqiy kafolat va imtiyozlar tizimi, qo'shma korxonalarni rag'batlantirishga qaratilgan butun bir chora-tadbirlar majmuasi milliy iqtisodiyotga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimini tubdan ko'paytirish imkonini berdi. Quyidagi jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, iqtisodiyotga jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning salmog'i o'sish tendentsiyasiga ega bo'lgan (1.3-jadval). Natijada 2022 yil 1 yanvar holatiga xorijiy investitsiyalarning jami kapital qo'yilmalar tarkibidagi ulushi 21,2 foizni, jumladan, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning jami investitsiyalar hajmidagi salmog'i 15 foizni tashkil etdi. Bu esa iqtisodiyotni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan ijobiy holat hisoblanadi. Download 497.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling