«Interer-kroup» investitsiya loyihacining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi tahlili
Biz dissertatsiya ishida «Interer-kroup» qo'shma (O'zbek-Xitoy) korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan investitsiya loyihasini tahlil qildik. Korxona Xitoy firmasining uskunasini sotib olish yo'li bilan mebel mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish ko'zda tutilgan. Korxonada ishchilar soni 20 kishini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish uchun (uskunani etkazib berish bo'yicha shartnoma qiymatini 100 foiz to'lash uchun) 4 yil muddatga imtiyozli davrni (12 oy) qo'shgan holda 170000 AQSh dollari hajmidagi kredit olinishi va loyiha bo'yicha 20 ta yangi ish o'rinlari ochish mo'ljallangan.
«Interer-kroup» loyihasi O'zbekiston bozorining turli xil mebel mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirishga yo'naltirilgan. Qarz oluvchi ushbu bozorda 2019 yildan beri faoliyat ko'rsatib keladi va bu vaqt mobaynida o'zining
buyurtmachilar doirasini shakllantirgan. Tayyor mahsulotning 30 foizi eksportga mo'ljallangan, ya'ni bevosita buyurtmachilar vositachiligida sotiladi.
«Interer-kroup» loyihasi bo'yicha kreditni taqdim etish shartlari36
2.5-jadval
Qarz oluvchi
|
«Interer-kroup» qo'shma korxonasi
|
Kreditning maqsadli
ishlatilishi
|
Mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik uskunasini
sotib olish
|
Loyiha qiymati
|
200000 AQSh dollari
|
Kredit so'mmasi
|
170000 AQSh dollari
|
Kreditni taqdim etish davri
|
12 oy imtiyozli davrni qo'shgan holda 4 yil
|
Foiz stavkasi
|
Xitoy taraqqiyot banki foiz stavkasi + Milliy bank marjasi
|
Kredit ta'minoti
|
Sotib olinayotgan uskuna, «Interer-kroup» qo'shma korxonasining asosiy vositalari va «O'zbekinvest» sug'urta agentligining sug'urta polisi. Jami kredit summasining 120 foiz miqdorida
|
Loyihada Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki texnologik uskunani dasturli ta'minoti bilan birga etkazib berish bo'yicha shartnoma qiymatini 100 foiz to'lash uchun O'zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlovchi Xitoy taraqqiyot banki kredit liniyasidan 170000 AQSh doll. hajmidagi kredit taqdim qiluvchi kreditor hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |