Bob. "Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar" faniga kirish


Download 424.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana12.11.2023
Hajmi424.59 Kb.
#1767797
  1   2   3   4   5   6   7   8


1-BOB. “IQTISODIYOTDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION 
TEXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR” FANIGA KIRISH 
1.1 . Fanning ta‟rifi va mohiyati 
 
«Texnologiya» grekcha so‗z bo‗lib (techne) mohirlik, ustalik, biror ishni 
uddalay olishni anglatadi. Bu ma‘lum bir jarayonga nisbatan qo‗llanilgan. Jarayon 
deganda esa maqsadga erishishga yo‗naltirilgan xatti-harakatlar majmui 
tushunilgan. Ushbu jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi 
va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.
Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish 
jarayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot 
shakli, xususiyati, holatining o‗zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining 
majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.
1-bob 
 Fanning ta‘rifi va mohiyati. 
 Axborotlashtirilgan jamiyat haqida umumiy tushunchalar. 
 Jamiyatning rivojlanishida axborotlashtirishning roli. 
 Axborotlashtirish sohasida me‘yoriy-huquqiy hujjatlar.
 Tayanch so‗z va iboralar 
 Nazorat uchun savollar 
 Test savollari 
 Foydalanilgan adabiyotlar 
Axborot texnologiyalari to‗g‗risida gap ketganda, material sifatida ham, 
mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob‘ekt, jarayon yoki xodisa 
to‗g‗risidagi sifat jihatidan yangi ma‘lumot bo‗ladi. Texnologiya xodimning 
axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon 
bo‗ladi.


Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning 
boshidan oxirigacha bo‗lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy 
elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy elementlarining (texnologik 
operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur 
texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli usullar va prinsiplar orqali, ikkinchidan, 
mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish 
uchun jalb etish mumkin bo‗lgan asbob-uskuna vositalari orqali.
Uslublar ayrim mahsulotlarni olishning prinsipial imkoniyatini tavsiflab 
beradi. Ularning asosini inson tomonidan o‗rganilgan (balki to‗liq emas) tabiiy 
(fizik, kimiyoviy, biologik) jarayonlar yoki mazkur soha mutaxassislarining ilmiy 
izlanishlari natijasida to‗plangan tajribani aks ettiruvchi ayrim qonuniyatlar tashkil 
etishi mumkin. Odatda muayyan bir texnologiya, usullar va prinsiplarni belgilovchi 
butun majmuaga tayanadi. Bu majmua elementlarining ahamiyati ham turlicha. 
Ulardan biri ishlab chiqarishning texnik jihatlarini, ikkinchisi ishning iqtisodiy 
tomonini, boshqa biri tashkiliy tuzilmani belgilaydi.
Uslublar va prinsiplarning turlicha roli ularning texnologiya tuzilmasiga 
nisbatan ta‘siri har xil bo‗lishini keltirib chiqaradi. Ba‘zan ayrim uslub yoki 
prinsiplarning ishlab chiqarishga nisbatan ta‘siri hisobga olinmasligi mumkin.
Uslub va prinsiplar ishlab chiqarishning oxirigi jarayonidagi mahsulotni 
olishni belgilab beradi. Ushbu mahsulotni olishga erishish uchun, ishni kim va 
qanday bajarish davomiyligi aniq belgilangan bo‗ladi. Mahsulotni yaratish 
jarayonida turli xil ishni amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin bo‗lgan 
asbob-uskuna vositalari texnologiya tarkibi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. 
Asbob-uskuna vositalarining mavjudligi (yoki bo‗lmasligi) tayyor mahsulot 
ko‗rinishida natijalar olish uchun zarur bo‗lgan texnologik operatsiyalar ro‗yhatini 
belgilaydi. Agar uni yaratish bo‗yicha belgilangan barcha funksiyalar amalga 
oshirilsa (asbob-uskuna vositalari yordamida yoki ularni qo‗llamasdan), amalda 
o‗sha buyumni olish texnologiyasini ishlab chiqish mumkin. Aksincha, ayrim 
funksiyalar bajarilmasa yoki mavjud asbob-uskunalar bilan uni bajarish o‗ta 
murakkab bo‗lsa, u holda tegishli operatsiyani bajara oladigan asbob-uskunalarni 
yaratish vazifasi qo‗yiladi yoki bunday texnologiyani yaratish imkoniyati yo‗qligi 
haqida qaror qabul qilinadi. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi deganda, 
tayyorlash, qayta ishlash vositalari va usullari orqali belgilanadigan xom ashyo, 
material holati, xususiyati va shaklining o‗zgarish jarayoni tushuniladi. 
Axborot shuningdek, resurs ham hisoblanadi. Uni qayta ishlash jarayonini 
xuddi moddiy resurslarni qayta ishlash jarayoni kabi texnologiya sifatida qabul 
qilish mumkin.

Download 424.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling