Bob. "Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar" faniga kirish
Axborotlashtirish sohasida me‟yoriy-huquqiy hujjatlar
Download 424.59 Kb. Pdf ko'rish
|
1.4. Axborotlashtirish sohasida me‟yoriy-huquqiy hujjatlar O‗zbekiston Respublikasining ―Axborotlashtirish to‗g‗risida‖gi (2003-yil 11-dekabr) qonuniga asosan Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‗nalishlari quyidagilardan iborat: - har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta‘minlash; - davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O‗zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; - xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‗idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish; - davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‗zaro aloqada ishlashini ta‘minlash; - axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish; - axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko‗maklashish; - dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‗batlantirish; - tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish. Bundan tashqari axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi quyidagilarni belgilovchi normalar bilan aniqlanadi: 1. Axborotni hujjatlashtirish, axborot resurslarini shakllantirish va axborot tizimlarini yaratish tartibi; 2. Axborot resurslariga va axborot tizimlariga bo‗lgan mulk huquqi; 3. Axborot resurslarining ulardan erkin foydalanish darajasi bo‗yicha toifasi; 4. Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish tartibi; 5. Axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibi. Hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda ushbu qonunning 4-bandi juda muhim hisoblanadi va bu borada qonunda axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi, deb quyidagilar e‘tirof etilgan: - shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta‘minlash; - axborot resurslarining tarqalib ketishi, o‗g‗irlanishi, yo‗qotilishi, buzib talqin etilishi, to‗sib qo‗yilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish; - axborotni yo‗q qilish, to‗sib qo‗yish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish; - axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash. Shulardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda axborotlashtirishga qaratilgan dasturlar qabul qilingan. Shulardan biri ―Elektron hukumat‖ dasturi bo‗lib, uning doirasida davlat reyestriga kiritilgan axborot tizimlari turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo‗lib, bularga quyidagi veb-saytlarni keltirish mumkin: -―O‗zbekturizm‖ Milliy kompaniyasining rasmiy internet-sayti (http://www.uzbektourism.uz/). - O‗zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (http://mfer.uz/). - O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (http://mfa.uz/). - Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali (http://my.gov.uz/). -―O‗zbekiston havo yo‗llari‖ milliy aviakompaniyasining rasmiy internet-sayti (https://www.uzairways.com/ ). -―O‗zbekiston temir yo‗llari‖ aksiyadorlik jamiyatining rasmiy internet-sayti (http://www.uzrailway.uz/). -―O‗zbekiston davlat statistika qo‗mitasi‖ ning rasmiy internet-sayti (http://stat.uz/). Turizm sohasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar quyidagi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi: 1. O‗zbekiston Respublikasining ―Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‗g‗risida‖ gi (2002-yil 12-dekabr) qonuni. 2. O‗zbekiston Respublikasining ―Turizm to‗g‗risida‖ gi (1999-yil 20-avgust) qonuni. 3. O‗zbekiston Respublikasining ―Reklama to‗g‗risida‖ gi (1998-yil 25- dekabr) qonuni. 4. O‗zbekiston Respublikasining ―Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish to‗g‗risida‖ gi (1996-yil 26-aprel) qonuni. Turizm sohasida yuzaga keladigan munosabatlarda axborotga bo‗lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatni tartibga solishda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan: - axborot bilan ishlashda erkinlik; - axborotni cheklash faqatgina qonun bilan belgilab qo‗yiladi; - davlat organlari axborotlari bilan ishlashning ochiqligi; - axborot xavfsizligini ta‘minlashda ma‘sulligi; - axborotlarning haqqoniyligini va o‗z vaqtida yetkazib berishni ta‘minlash; - inson huquqlarini buzishga qaratilgan axborotlarni to‗plash va tarqatishga yo‗l qo‗ymaslik. Ushbu tamoyillar bevosita O‗zbekiston Respublikasining ―Axborotlashtirish to‗g‗risida‖ gi 2003-yil 11-dekabrdgi qonuni va ―Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‗g‗risida‖ gi (2002-yil 12-dekabr) qonunlaridan kelib chiqadi. Ikkinchi qonunning 6-moddasida maxfiy axborotdan tashqari barcha axborotlar ochiq va oshkora bo‗lishi kerakligi ta‘kidlab o‗tilgan. Bularga quyidagilar kiradi: - fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro‗yobga chiqarish tartibi to‗g‗risidagi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonun hujjatlari; - ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulodda vaziyatlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va kommunikatsiyalarning xavfsizligini ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan boshqa axborotlar; - kutubxonalarning, arxivlarning va O‗zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‗rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma‘lumotlar. - davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to‗g‗risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart. Bundan tashqari ushbu qonun bilan axborotdan hamma erkin foydalanishi mumkinligi ta‘minlanishi va haqqoniy bo‗lishi belgilab berilgan. O‗z navbatida qonunda axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlangan. Shu bilan birga ommaviy axborot vositalari o‗zlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uchun ham axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‗lishi qayd qilingan. O‗zbekiston Respublikasining ―Turizm to‗g‗risida‖ gi (1999-yil 20-avgust) qonuniga asosan turistning huquqlaridan biri bu: “sayohatga taalluqli to‗liq va ishonchli axborot olish‖ bo‗lsa, turistik faoliyat subyektining majburiyatlarida ―turistlarga turni tashkil qilish, ularning huquqlari va majburiyatlari to‗g‗risida to‗liq axborot berishi‖ belgilab qo‗yilgan. O‗zbekiston Respublikasining ―Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish to‗g‗risida‖gi (1996-yil 26-aprel) qonunining 4-moddasida iste‘molchilarning huquqlaridan biri – ― tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‗g‗ri va to‗liq ma‘lumot olish‖ huquqiga ega deb belgilab qo‗yilgan. Bundan tashqari ushbu qonunning 7- moddasida ―Tovar (ish, xizmat) haqida noto‗g‗ri ma‘lumot berilgan taqdirda iste‘molchining huquqlari‖ belgilab qo‗yilganidek, agar tovar (ish, xizmat) haqida noto‗g‗ri yoki yetarli darajada to‗liq bo‗lmagan ma‘lumot berilganligi aniqlansa va u zarur iste‘mol xossalariga ega bo‗lmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab bo‗lsa, iste‘molchi shartnomani bekor qilishga va o‗ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir. Shundan kelib chiqqan holda turist mijoz sifatida unga qanday turistik xizmat ko‗rsatilishi, kim tomonidan ushbu xizmat amalga oshirilishi haqida ma‘lumot olish huquqiga egadir. O‗zbekiston Respublikasining yana bir muhim qonunlaridan biri ―Reklama to‗g‗risida‖ gi (1998-yil 25-dekabr) qonun bo‗lib, unga binoan reklamada quyidagilar taqiqlanadi: - ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot to‗g‗risida axborot tarqatish; - jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeiga qarab, boshqa holatlarga ko‗ra kamsitish yoki o‗zga shaxslarning mahsulotini badnom etish; - qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‗lgan, fuqarolarning sog‗lig‗i yoki hayotiga va atrof muhitga zarar yetkazuvchi yoxud zarar yetkazilishi mumkin bo‗lgan, shuningdek, xavfsizlik vositalariga e‘tiborsizlik tuyg‗usini uyg‗otuvchi harakatlarga da‘vat qilish; - majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‗lgan yoki ishlab chiqarilishi yoxud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo‗lishi talab etiladigan mahsulotning tegishli sertifikati, litsenziyasi bo‗lmay turib reklama qilish; - agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‗lmasa, boshqa mahsulot reklamasida qo‗llaniladigan umumiy yechim, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglarni aynan takrorlash (taqlid yoki o‗xshatma qilish); - jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish; - pornografiyani tarqatish; - axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‗lgan xorijiy so‗z va iboralardan foydalanish; - mahsulot davlat organlari yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma‘qullanganligini ko‗rsatish; - ishtirok etish uchun muayyan mahsulotni olish sharti qo‗yilgan rag‗batlantiruvchi lotereya, tanlov, o‗yin yoki shunga o‗xshash boshqa tadbir o‗tkazishni tadbirning tashkilotchisini, uning o‗tkazish qoidalari va muddatlarini, bunday tadbir haqidagi axborot manbaini, mukofotlar yoki yutuqlar miqdorini, ularni olish muddatlari, joyi va tartibini ko‗rsatmagan holda reklama qilish; - mahsulotning tovar belgisi yoki xizmat ko‗rsatish belgisi reklama qilish taqiqlangan yoxud reklama qilishga nisbatan tegishli cheklovlar yoki talablar belgilangan mahsulotning tovar belgisi yoki xizmat ko‗rsatish belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoxud unga aynan o‗xshash bo‗lgan boshqa mahsulotning reklamasi ko‗rinishida reklama qilish. Bundan tashqari noaniqligi, ikki xil ma‘noni anglatishi, bo‗rttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qo‗yilgan talablarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg‗ituvchi yoki chalg‗itishi mumkin bo‗lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga zarar va ma‘naviy zarar yetkazishi mumkin bo‗lgan reklama noto‗g‗ri (insofsiz, bilaturib yolg‗on) reklama hisoblanadi va u taqiqlanadi. Download 424.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling