Bob. Korporativ boshqaruv zamonaviy amaliyoti va modellari
Download 55.48 Kb.
|
3-mavzu korporativ-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korporativ tuzilma
- Nazorat savollari
Rasm 7. Korporativ boshqaruv modellarining qiyosiy xususiyatlari Korporativ boshqaruvning nemis modeli. Nemis modelining AQSh modelidan farqli o’laroq, aktsiyadorlik kapitalining katta qismi boshqa kompaniyalar egaligida turadi: umumiy kapitalining yarmidan ko’pini bir - birining aktsiyalariga egalik qilish tizimi o’z ichiga oladi. Shaxsiy investorlar nemis modelida ikkinchi yirik investorlar guruhini tashkil qilsa ham (nemis kompaniyalari umumiy aktsiyalarning taxminan 16% iga egalik qiladi) ular aktsiyalarining ko’p qismi taqdim etuvchiga sertifikati ko’rinishiga ega bo’lib, bu sertifikatlar ularning egalari topshirig’iga ko’ra, xususiy aktsiyadorlar aktsiyalarining juda katta qismi jamlangan banklar tomonidan boshqariladi. Shuning uchun, Germaniya kompaniyalarini erkin sotuvda bo’lgan aktsiyalarining juda katta ulushi (90%dan ortig’i) tashkilot- investorlar tomonidan boshqariladi. (o’zlari aktsiya egalari bo’lmasa ham). Korporativ tuzilmaKompaniya Akstiyadorlar Egalik qiladi Rasm 8. Korporativ boshqaruvning nemis modeli Nemis kompaniyalarining aktsiyadorlik kapitali yirik aktsiyadorlar qo’lida kuchli darajada jamlangan. Natijada, amerikalik kasbdoshlariga nisbatan nemis mulkdorlari va ular kapitalini boshqaruvchi moliya institutlari o’z kompaniyalari bilan ancha yaqin ish munosabatlarida bo’ladilar. Oqibatda, ular mulkchilik huquqlaridan faol foydalanishdan va kompaniya faoliyati ustidan nazorat qilishga qatnashishdan ko’proq darajada manfaatdordirlar. Boshqaruv organlari tuzilmalari va ular faoliyatini tashkil qilishning turli modellarini baholashda, har bir model o’zining kuchli va zaif tomonlariga ega ekanligini tushunish muhimdir. Ushbu tizimlarning har biri ham samarali bo’lishi mumkin, agar ular mos ravishdagi boshqaruvi bilan o’zlari joylashgan ayni bir ijtimoiy tizimning huquqiy, madaniy va ijtimoiy - iqtisodiy mohiyatiga monand bo’lsa. Shunday tizimni tanlash kerakki, mazkur tizim aynan O’zbekiston uchun o’ziga xos echimni ifodalashi va boshqa davlatlarda ishlatilayotgan modellarning shunchaki nusxasi bo’lmasligi kerak. Boshqaruvga nozik yondashuvni qo’llab - quvvatlash kerak bo’lib, mos ravishdagi boshqaruv modeli nafaqat har bir kompaniyada turlicha bo’ladi, balki ayni bir kompaniyaning turli yashash davrlarida ham o’zgartirib boriladi. Ushbu fikr yangi texnologiyalar rivoji va iqtisodiyotning globallashuvini kompaniyalarning qayta tashkil qilinish sur’atlari o’sishiga va korporativ tuzilmalarning tubdan o’zgarishlariga ta’sirini inobatga olganda yanada to’g’riroq bo’ladi. Kompaniyalar o’z holatiga eng mos keladigan, biroq investorlar tomonidan samarali qaror qabul qilinishiga olib boradigan va axborotlarning muvofiq oshkora qilinishini ta’minlaydigan samarali tamoyillar asosida qurilgan korporativ amaliyotni qabul qilish mas’uliyatini o’z zimmalariga olishlari kerak. Tayanch iboralar: unitar model, investor, ikki pog’onali model, kontinental model, tarmoq modeli, minoritar aktsiyador, ijroiya organi, insayder, sarmoya, shaffoflik. Nazorat savollari:Korporativ boshqaruvning modellari Korporativ boshqaruvning amerika tizimi 3.Korporativ boshqaruvning o’zbek modeli. Korporativ boshqaruvning ingliz - amerika modeli. Korporativ boshqaruv modellarining qiyosiy xususiyatlari. Korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillari. 7.Adolatlilik tamoyilining mohiyati. Evroaktsiyadorlar korporativ boshqaruvi asosiy tamoyillari. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to’g’risida” qarorining mazmuni. Ichki audit xizmati haqida nizom. Download 55.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling