Bob. Korporativ boshqaruvda axborot va kommunikastiya


Download 54.48 Kb.
bet1/4
Sana29.03.2023
Hajmi54.48 Kb.
#1305938
  1   2   3   4
Bog'liq
13-mavzu korporativ

    1. Bob. Korporativ boshqaruvda axborot va kommunikastiya





    1. Kompaniya to’g’risidagi axborotlarning oshkora qilinishi

Axborotlarni boshqaruv- bu kompaniyaning ma’lum darajadagi qaror qabul qilish demakdir. Bugungi kunda hayotimizni kompyuter texnikasi, axborot texnologiyalari, Internet, mobil telefon aloqasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish haqida gapirganda, yuqori texnologik telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish biz uchun muhim strategik ahamiyatga ega ekanini alohida qayd etish darkor. Bu yo‘nalishda 2009 yilda 12 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlandi. Zamonaviy texnologiyalar bazasida “Toshkent–Buxoro” magistral aloqa liniyasi kengaytirildi. Bu liniya kanallarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 60 barobarga oshirish va shu tariqa videotelefon, Internet va boshqa keng tarmoqli xizmatlar ko‘rsatish imkonini berdi16.


Iqtisodiy asoslangan qaror qabul qilish tegishli axborotlardan samarali foydalanish bilan belgilanadi. Buyuk davlat arbobi Napoleon «Boshqarish- demak oldindan kura bilish, buning uchun esa kerakli axborotlarga ega bulish lozim»17-deb ta’kidlaydi. Taniqli shveystariyalik iqtisodchi olim I. Sher esa
«Buxgalteriya hisobi kompaniyaning o’tmishini shubhasiz aniq baholovchi, hozirgi zamonini zaruriy yo’ldoshi va boshqaruvchisi, xo’jalik faoliyati kelajagi uchun har tomonlama nisbatan istiqbolli maslahat beruvchisi hisoblanadi» deb ta’riflaydi.
Bunday hisob ma’lumotlarining roli va imkoniyatlari xaqidagi tushuncha, kompaniyalarda buxgalteriyaning oddiy hisob bulimidan xo’jalik faoliyatining moliyaviy masalaxatchisi va menejeriga aylantirmoqda. Moliyaviy xisobotlar korxona moliyaviy faoliyatning «oxirgi natijalari» hisoblanib qolmasdan samarali iqtisodiy faolligini rag’batlantirishdagi zaruriy boshqaruv qarorlarini



16 И.А.Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2009 йилнинг асосий якунлари ва 2010 йилда Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган мажлисидаги маърузасидан. Халқ сўзи, 2010 йил 30 январ, 21-сон, 2-бет.
17 В.В. Ковалев «Финансовый анализ», Москва, «Финансы и статистика» 2004 г
qabul qilish uchun axborotlar manbalariga aylanmoqda.
Umuman bu ikki tarifdan shuni kurishimiz mumkinki, boshqarish oldindan ko’ra bilish xisoblanadi uning uchun zaruriy axborotlarga ega bulish lozim. Bunday axborotlarning asosiy manbalari esa buxgalteriya hisobi va uning hisobotlar tizimi xisoblanadi.
Kompaniyalarda moliyaviy axborotlar samaradorligini boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydalaniladigan axborotlar tizimi orqali aniqlanadi Kompaniyalarda moliyaviy axborotlar bazasini shakllantirish moliyaviy faoliyatni boshqarish uchun strategik qarorlar qabul qilish va mazkur strategik qarorlarni amalga oshirishning taqtiq usullarini ishlab chiqish kabi samarali joriy boshqarishga muvofiq keluvchi maqsadli yo’naltirilgan axborotlar kursatkichlarini tanlash jarag’nini o’z ichiga oladi.
Ma’lum kompaniyalar uchun moliyaviy axborot kursatkichlari tizimini shakllantirish uning tarmoq xususiyatlari, tashkiliy huquqiy shakllari, ishlab chiqarish hajmi, xo’jalik faoliyati diversifikastiya darajasi va boshqa shart sharoitlarga bog’liq. Shuning uchun axborotlar bazasiga kiritiladigan ko’rsatkichlarning jami axborotlar manbalari turlari bo’yicha guruhlashtiriladi va kompaniyalar amaliy faoliyatida har qaysi guruhlar bo’yicha qat’iy aniqlashtirishlar talab qilinadi.
Kompaniyalar faoliyatini boshqarishda axboorotlarning asosiy manbalari bevosita kompaniyalar iqtisodiy faoliyatini tartiblashtiruvchi buxgalteriya va moliyaviy xisobotlar tizimi xisoblanadi. Xozirgi sharoitda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar iqtisodiy faoliyati natijalaridan davlat bilan birgalikda boshqa iqtisodiy sub’ektlar ham manfaatdor hisoblanadi. Shuning uchun ham iqtisodiy faoliyat, xususan, ishlab chiqarish faoliyati natijalarini o’zida aks ettiruvchi moliyaviy axborotlarni shakllantirish muxim iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Qo’yidagi chizma orqali buni kurib o’tishimiz mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy xisobotlardan axborotlar sifatida ichki foydalanuvchilar kompaniyalarning boshqaruv xodimlari xisoblanadi.
Ularning funktsional vazifalariga bevosita kompaniyaning rentabelligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni aniklash, o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarning maxsulot tannarxidagi salmog’ini aniqlash, moliyaviy hisobotlarning turli koeffistentlari: likvidlilik, kapitallar tarkibilari, ishbilarmon faollik, rentabellik, bozor faolligi va shu kabi kursatkilari tizimini boshqaruv va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun zaruriy axborot manbalari kiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy xisobotlardan axborotlar sifatida ichki foydalanuvchilar korxonalarning boshqaruv xodimlari xisoblanadi. Ularning funktsional vazifalariga bevosita kompaniyaning rentabelligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, o’zgaruvchan va o’zgarmas harajatlarning mahsulot



  1. Download 54.48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling