bob. Lizing mohiyati va lizing operatsiyalari turlari Lizing operatsiyalari rivojlanishi bo’yicha xorij mamlakatlari tajribasi
Lizingga oluvchida lizing operatsiyalarining hisobi
Download 193.17 Kb.
|
Lizing korxonalarida lizinga berish muomalalari hisobi. Kurs ishi B.Salaxutdinov
2.1. Lizingga oluvchida lizing operatsiyalarining hisobi
Agar minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati lizing obyektining joriy qiymatidan past bo‘lsa, lizing lizingga oluvchining buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha tan olinishi kerak. Agar minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati lizing obyektining joriy qiymatidan yuqori bo‘lsa, lizing lizingga oluvchining buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida lizing obyektining joriy qiymati bo‘yicha tan olinishi kerak. Lizing shartnomasi bo‘yicha olib kelingan lizing obyektlari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) lizing obyektlarini lizingga oluvchining buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida tan olinadigan qiymati bo‘yicha kirim qilish: debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800); kredit 7910 “To‘lanadigan uzoq muddatli ijara” schyoti; b) lizing obyektlarini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasiga: debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800); kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar; v) lizing obyektlarini boshlang‘ich qiymati bo‘yicha foydalanishga topshirilishi (ularni asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilishi): debet 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti; kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800). Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga eskirish hisoblash: debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 schyotlar va lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab boshqa schyotlar); kredit 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti; b) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni ishchi holatda saqlash (joriy, o‘rtacha yoki kapital ta’mirlash va boshqalar) bilan bog‘liq xarajatlar summasiga: debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 schyotlar va lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab boshqa schyotlar); kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar. Lizing bo‘yicha foizlarni hisoblash va lizingga beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi)ga muvofiq lizing bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi o‘tkazilganda: debet 7910 “To‘lanadigan uzoq muddatli ijara” schyoti; kredit 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti; b) lizing bo‘yicha hisoblangan foizlar summasiga: debet 9610 “Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar” schyoti; kredit 6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti; v) lizingga beruvchiga lizing to‘lovlarining joriy qismi to‘langanda: debet 6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti; debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti; kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar; g) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq to‘lov muddati kelmagan lizing to‘lovlari bo‘yicha lizingga beruvchiga bo‘nak to‘langanda: debet 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti; kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar; d) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq to‘lov muddati kelganda lizingga beruvchiga oldin to‘langan bo‘naklar qoplashga (hisoblashishga) olinganda: debet 6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti; debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti; kredit 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti. Lizing obyektini yaxshilash (obodonlashtirish, qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob uskunalar bilan ta’minlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish va boshqa) xarajatlari summasi, lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qiymatini ko‘paytiruvchi kapital qo‘yilmalar sifatida buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) kapital quyilmalar amalga oshirilganda: debet 0860 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital quyilmalar” schyoti; kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar; b) kapital qo‘yilmalarni asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilganda: debet 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti; kredit 0860 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar” schyoti; v) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishga eskirish hisoblanganda: debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 schyotlar va lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab boshqa schyotlar); kredit 0212 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti. Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni va lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishni qayta baholash buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) balans qiymati ko‘payganda (bahosi oshganda): debet 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti; debet 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti; kredit 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti; b) balans qiymati kamayganda (bahosi pasayganda) oldingi qayta baholash summasi (ko‘paygan bahosi) darajasida: debet 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti; kredit 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti; kredit 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti. Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan mazkur asosiy vositani qayta baholash natijasida bahosi pasayishi summasining oldingi qayta baholash (ko‘paygan baho) dan ortgan qismi xarajat sifatidan tan olinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida aks ettiriladi; v) eskirish summasining ko‘payishi (bahosi oshganda): debet 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti; kredit 0212 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti; kredit 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti; g) eskirish summasining kamayishi (bahosi pasayganda): debet 0212 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti; debet 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti; kredit 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti. Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan mazkur asosiy vositaning jamg‘arilgan eskirishi qayta baholash natijasida, uning bahosi pasayishi summasining oldingi qayta baholash (ko‘paygan baho) dan ortgan qismi daromad sifatidan tan olinadi va 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotida aks ettiriladi. Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni lizingga oluvchining mulkiga o‘tishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni xususiy asosiy vositalari tarkibiga o‘tkazilganda: debet asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100 — asosiy vositalarning turlari bo‘yicha); kredit 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti — lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga; kredit 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti — lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga; b) lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni xususiy asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilganda, ular bo‘yicha jamg‘arilgan eskirish summasini o‘tkazish (ko‘chirish): debet 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti — lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar bo‘yicha jamg‘arilgan eskirish summasiga; debet 0212 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti — lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bo‘yicha jamg‘arilgan eskirish summasiga; kredit asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200 — asosiy vositalarning turlari bo‘yicha); v) lizing shartnomasi bo‘yicha asosiy qarzning qoplanmagan qoldig‘ini to‘lash: debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti — joriy qismi; debet 7910 “To‘lanadigan uzoq muddatli ijara” schyoti — uzoq muddatli qismi; kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar; Download 193.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling