6.4. Rahbarga qo‘yiladigan talablar
Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. “Rahbarlik qilish” degan so‘zga izohli lug‘atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo‘naltirish, ko‘rsatma berish degan turli ma’lumotlar berilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bo‘lgan talablar juda ko‘pdir. Ularni quyidagi beshta yirik guruhga bo‘lish mumkin (6.4.1-jadval).
6.4.1-jadval
Rahbarga qo‘yiladigan talablar
№
|
Talablar
|
Izoh
|
1.
|
Ma’naviy etuklik
|
siyosiy etuklik
huquqiy etuklik
axlohiy etuklik
yuqori saviya va ong
ma’rifatchilik
madaniyatlilik
xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qodirlik
topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik
bo‘ysundirishga qodirlik, kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli bo‘lish
tashabbus va ilg‘orlikni qo‘llab-quvvatlash qobiliyati
prinsipiallik
tanqidga chidamli bo‘lish, o‘z-o‘zini tanqid qila bilish.
|
2.
|
Intizom va mehnatga bo‘lgan munosabat
|
mehnatsevarlik
jamoa o‘rtasida intizomni yo‘lga qo‘ya bilish
atrofdagilarda mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish.
Bir noshud rahbarning beg‘amligi yuzlab, minglab kishilar taqdirining bedaxl qirralariga ta’sir etishi mumkin. Boqibeg‘am bu toifa rahbarlarning ish uslubi bilan murosa qilib bo‘lmaydi.
|
3.
|
Bilim darajasi
|
iqtisodiyotni bilish
texnika va texnologiyani bilish
boshqarish ilmini, funksiyalari va strukturasini bilish
istiqbolni bilishga qodirligi va h.k.
Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bo‘lishi, uni doimo to‘ldirib va yangilab borishi kerak. Aks holda u obro‘ qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo‘la olmaydi
|
4.
|
Tashkilotchilik qobiliyati
|
xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlay olish
qo‘l ostidagilarni mehnatga o‘rgatish va tarbiyalashni bilish
jipslashgan jamoani vujudga keltira olish
maqsad sari intiluvchanlik
kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo‘qotmaslik
|
|
|
“YOmon korxona yoki tashkilot yo‘q, lekin yomon rahbarlar bor”. Bu ibora shuni bildiradiki, yomon ishlab turgan korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilotchilik qobiliyati yuqori, mehnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar qo‘yilsa, u korxonani tezda yaxshi korxona safiga qo‘shadi.
Agar yaxshi ishlab turgan korxonaga tasodifan tashkilotchilik qobiliyati past rahbar kelib qolsa, aksincha, u korxona asta-sekin tanazzulga yuz tutadi.
|
5.
|
Boshqarish
samaradorligini ta’minlay olish
|
boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati
ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati
ishga oid xat, buyruq, farmoyishlar yoza bilish
turli manbalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati rahbarlarni va qo‘l ostidagilarni tinglay bilish
qobiliyati asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish
qobiliyati rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ta’minlash
qobiliyati boshqaruv organi qarorlarini bajarish ustidan nazoratni ta’minlay bilish
boshqarish strukturasini takomillashtirib borish qobiliyati va h.k.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |