Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari
Buxgalteriya balansi elementlari va ularning tasnifiy belgilari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzoq muddatli aktivlar
- Joriy aktivlar
Buxgalteriya balansi elementlari va ularning tasnifiy belgilari
Buxgalteri ya balansi elementlari Tavsifi Tarkibiy tuzilishi Aktivlar Subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir Uzoq muddatli aktivlar: -Asosiy vositalar: -Nomoddiy aktivlar -Uzoq muddatli investitsiyalar -O‘rnatiladigan asbob- 136 uskunalar -Kapital qo‘yilmalar Joriy aktivlar: -Tovar moddiy zaxiralar -Debitorlar -Pul mablag‘lari -Qisqa muddatli investitsiyalar Xususiy kapital (sarmoya) Subyektning majburiyatlarini chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir O‘z mablag‘lari manbasi: -Ustav kapitali -Qo‘shilgan kapital -Zaxira kapitali -Taqsimlanmagan foyda -Maqsadli tushumlar -Kelgusi davr to‘lovlar zaxirasi Majburiyatlar Shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan ishni amalga oshirish, masalan mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‘lash va boshqa majburiyatlaridir yoxud muayyan xatti-harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir Uzoq muddatli majburiyatlar Joriy majburiyatlar Korxona aktivlarlari va majburiyatlarini baholash. Baholash – aktivlar va majburiyatlar e’tirof etiladigan va moliyaviy hisobotlarda qayd etiladigan pul o‘lchovining usulidir. Moliyaviy hisobotlarda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: Boshlang‘ich qiymat. Aktivlar sotib olish vaqtida erishilgan tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilangan joriy qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni bajargunga qadar to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha majburiyatlarga almashib olingan mablag‘lar summasida aks ettiriladi. 137 Joriy qiymat. Aktivlar ana shu yoki shunga o‘xshash aktiv endigina sotib olingan bo‘lgandagi holatda to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha hisobotda aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablag‘larining diskontlanmagan summasida aks ettiriladi. Sotish qiymati. Aktivlar sotishdan olinishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar ularni to‘lash qiymati bo‘yicha aks ettiriladi, bunday qiymat esa majburiyatlarni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablag‘larining diskontlanmagan summasidir. Diskontlangan qiymat. Aktivlar xo‘jalik yurituvchi subyektning normal faoliyati davomida aktivlarni ko‘paytirishi lozim bo‘lgan bo‘lg‘usi pul mablag‘lari tushumining diskontlangan qiymati bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar kelgusida o‘tkaziladigan pul mablag‘larining diskontlangan qiymatidan iborat bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi subyektning oddiy faoliyati davomida majburiyatlarni to‘lash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. Balans qiymati. Hisobot sanasida buxgalteriya balansida aktivlar va majburiyatlarni aks ettirish qiymatidir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda boshlang‘ich qiymatni baholash uchun asos qilib oladilar. Undan odatda baholashning boshqa asosiy tushunchalari bilan birgalikda foydalaniladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling