Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari
Investitsion tahlil. Investitsion tahlil – bu investorlarning samarali
qaror qabul qilishi uchun investitsiyalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini ishlab chiqish, asoslash va baholash uchun bajariladigan metodik va amaliy uslublar, usullar majmuidir. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar har bitta korxonaning asosiy maqsadi foyda olish va iqtisodiy salohiyatni o‘stirishga qaratilgan. Investitsiyalar ushbu maqsadga erishishning vositasidir. Ammo, har bir sarmoyadorning qarorlari muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun investitsion tahlil natijalariga asoslangan bo‘lishi lozim. To‘g‘ri va o‘z vaqtida o‘tkazilgan investitsion tahlil quyidagi vazifalarni hal qilish imkonini beradi: - investitsiyalarning real ehtiyojlarini va investitsiyalar uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligini baholash; - korxonaning taktik va strategik maqsadlarini inobatga olgan holda sarmoyaviy yechimlarini tanlash; - investitsiyalarning haqiqiy natijalariga, rejalashtirilgan yoki rejadan chetga chiqishlarga ta’sir etuvchi barcha omillarni aniqlash; - investitsiyalarni amalga oshirishda investorlar uchun xavf- xatarlarni aniqlash; - korxonalarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan investitsion monitoringdan keyingi tavsiyalarni ishlab chiqish. Investitsion tahlilning turlari bo‘yicha: kapital qo‘yilmalarga investitsiyalar va moliyaviy investitsiyalar tahliliga ajratiladi. Investitsiyalar obyekti bo‘yicha: to‘liq korxona tahlili va alohida investitson jarayonlar tahliliga bo‘linadi. Davri bo‘yicha: investitsiya oldi, joriy, operativ va investitsion faoliyatdan keyingi tahlilga ajratiladi. 118 Analitik izlanishlar hajmi bo‘yicha to‘liq va tematik tahlil turlariga bo‘linadi. Shakli bo‘yicha investitsion tahlil: ichki va tashqi tahlil turlariga ajratiladi. Investitson tahlil quyidagi tizimli ketma-ketlikda o‘tkaziladi: - zarur axborotlarni tanlash va tayyorlash; - dastlabki axborotni qayta ishlash va tahliliy axborotni shakllantirish; - analitik axborotni talqin qilish; - xulosa va tavsiyalarni tayyorlash. Investitsion tahlil ikkita muhim bosqichni o‘z ichiga oladi.Ularning har biri o‘z ichiga yana bir necha bosqichlarni oladi: 1-investitsion loyihaning samaradorligini baholash; 2-risklarni baholash. Investitsion tahlilda moliyaviy tahlilning gorizontal, vertikal, trend, qiyoslash, koeffitsiyent, integral usullaridan foydalaniladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling