Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari


Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlil


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/32
Sana03.12.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1797413
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari

3. Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlil. Chuqurlashtirilgan 
moliyaviy tahlilning asosiy vazifasi – qaysi mahsulot turlari, qaysi 
xarajat turlari, qaysi javobgarlik markazlari tufayli o‘zgarishlar yuzaga 
kelganligini va bu borada rahbarlar qanday yo‘l tutishi lozimligiga 
qaratilgan. 
Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlilning asosiy maqsadi – xo‘jalik 
yurituvchi subyektining joriy davrdagi natijalarini, ularning kelgusidagi 
kutilishlarini, moliyaviy holatini keng qamrovli tavsiflashga, baholashga 
qaratilgan. 
Chuqurlashtirilgan 
moliyaviy 
tahlilning 
asosiy 
jihatlari 
quyidagilarga qaratilgan: 
- xo‘jalik subyektining iqtisodiy va moliyaviy holatini baholash; 
- xo‘jalik subyektining iqtisodiy salohiyatini baholash va tahlil 
etish;
- mulkiy holatini baholash (analitik balansni tuzish, balansning 
vertikal tahlili, balansning gorizontal tahlili, mulkiy holatdagi sifat 
o‘zgarishlari tahlili);
- moliyaviy holatni baholash (likvidlik va to‘lovga layoqatlilikni 
baholash, moliyaviy barqarorlikni baholash);
- moliyaviy xo‘jalik faoliyati natijaviyligini baholash (ish aktivligi, 
foyda va rentabellikni baholash, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi holatini 
baholash)ni o‘z ichiga oladi. 
Moliyaviy tahlilni quyidagi bosqichlardan iborat algoritmini 
belgilash mumkin: 
- tahlil uchun zarur bo‘lgan axborotlarni yig‘ish; 
- axborotlarni qayta ishlash, ko‘rsatkichlarni tanlash va ularni 
tahliliyligini ta’minlash;
- moliyaviy hisobotlarning gorizontal, vertikal, trend tahlilini 
o‘tkazish; 


123 

moliyaviy 
hisobotlar 
ko‘rsatkichlari 
asosida 
moliyaviy 
koeffitsiyentlarni hisob-kitob qilish, ularning qiyosiy tahlilini qilish, 
o‘zgarishlarni omilli tahlilini amalga oshirish; 
- xo‘jalik subyektining moliyaviy holatini, moliyaviy natijalari, pul 
oqimlarini tahliliy natijalarini chiqarish, ularni yaxshilashning
imkoniyatlarini aniqlash;
- moliyaviy tahlil bo‘yicha yakuniy xulosalarni tayyorlash va amaliy 
chora-tadbirlarni belgilash. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling