Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari


 Moliyaviy tahlilning axborot manbalari (tahlil obyektlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/32
Sana03.12.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1797413
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
Bob. Moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari

 
2.5. Moliyaviy tahlilning axborot manbalari (tahlil obyektlari 
haqidagi ma’lumotlar), ularning ochiqligi va oshkoraligi 
 
Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarning jadalligi zamonaviy buxgalteriya 
hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning ham mazmunini tubdan yangi shakl 
va mazmunda yuritishni talab etmoqda. Hozirgi sharoitda moliyaviy 
hisobotlar tahlilining muhimligini shu bilan aniq izohlash mumkinki, 
ushbu predmet alohida fan sifatida shakllangan. Mulk egalari, sheriklar 
va hamkorlar, mol yetkazib beruvchi va xaridorlar, qarz beruvchi va 
oluvchilar, nazorat va taftish organlari, kontragentlarning keng qamrovli 
tarkibi xo‘jalik yurituvchi subyektining moliyaviy ahvoli va undagi 
o‘zgarishlarni baholashning konseptual asoslari tubdan, yangidan tuzib 
chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining alohida qabul qilingan 
Buxgalteriya hisobi, Audit to‘g‘risidagi Qonunlari, qator Kodekslar 
(byudjet, soliq, mehnat, investitsiya) normalari asosida tashkil 
etilayotgan hisob xizmatlarining mazmuni tubdan o‘zgarmoqda. 
Moliyaviy hisobot – xo‘jalik yurituvchi subyekt alohida mustaqil 
xo‘jalik yurituvchi subyektligi yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
jamlangan guruhiga kirishidan qat’i nazar shu xo‘jalik yurituvchi 
subyektning ma’lum bir davrdagi faoliyatini ko‘rsatuvchi moliyaviy 
axborotni taqdim etish usulidir. 
Moliyaviy hisobot – buxgalteriya hisobi subyektining hisobot 
sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy 


124 
natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan 
axborotdan iboratdir.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- buxgalteriya balansi;
- moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
- pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;
- xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;
- izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
2.1-jadval 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling