Bob. Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat


-rasm. LM* egri chizig‘ining vertikal liniya ko‘rinishi109


Download 115.31 Kb.
bet6/7
Sana24.12.2022
Hajmi115.31 Kb.
#1063900
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-mavzu

20.7-rasm. LM* egri chizig‘ining vertikal liniya ko‘rinishi109


Y-e modeli almashinuv kursi darajasi iqtisodiy siyosatga qanday ta’sir etishini ko‘rsatadi.


Mandell-Fleming modelini tahlil qilish kichik ochiq iqtisodiyotda davlatning har qanday iqtisodiy siyosati natijasi qayd qilingan va suzib yuruvchi valuta kursiga bog‘liq degan xulosaga olib keladi. Masalan, suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida daromadga faqat pul- kredit siyosati ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda rag‘batlantiruvchi budjet-soliq siyosatining ta’siri, valuta kursining ko‘tarilishi sababli, nolga teng bo‘ladi.
Qayd qilingan valuta kursi sharoitida daromadga faqat budjet-soliq siyosati ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sharoitda pul-kredit siyosati daromadlarga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki Markaziy Bankning pul taklifini o‘zgartirishdan maqsadi almashinuv kursini belgilangan darajada saqlab turishdan iborat bo‘ladi.



Bu o‘zgartirish ichki iqtisodiy siyosat maqsadlariga to‘g‘ri kelish- kelmasligi e’tiborga olinmaydi.




    1. Qayd etilgan valuta kursi sharoitida pul-kredit va fiskal siyosat.


Oldingi savolda ta’kidlaganimizdek qayd qilingapn valuta kursi sharaoitida monetar siyosat ko‘proq ichki balans muammosi bilan aloqador bo‘ladi. Keltirilgan fikrlarni izohlab berish uchun quyidagi gepotetik misolni ko‘rib chiqamiz.
Mamlakatning barcha tijorat banklari va Markaziy bankni barcha xorijiy aktivlar va passivlar to‘plangan yagona bank deb tasavvur qilamiz. Pul taklifi esa naqd pul va depozitlardan iborat deb qaraymiz. Bunday gepotetik bankning passivida pul taklifining barcha komponentlari (odatda M2 agregati), aktivida esa bank tizimining sof xorijiy aktivlari (aktivlar-passivlar, ya’ni xorijliklarning ularga bo‘lgan barcha talablari so‘ndirilgandan so‘ng mamlakat ega bo‘ladigan aktivlar) va sof ichki aktivlar (yoki hukumatga, firmalarga va uy xo‘jaliklariga sof ichki kreditlar) jamlangan bo‘ladi.
Sof xorijiy aktivlar mamlakatning valuta zahiralariga mos keladi. Bunday holatda aktivlar va pasivlarning tengligi shartini M=Res +DS ko‘rinishida yozishimiz mumkin. Bu tenglik pul taklifi (bank tizimining majburiyati) valuta rezervlari (sof xorijiy aktivlar) va bank tizimining ichki kreditlari yig‘indisiga tengligini anglatadi. Demak, pul taklifi ham ichki, ham tashqi omillarga bog‘liq .
Pul taklifining o‘zgarishini ΔM=ΔRes +ΔDS ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Bu yerda ΔRes to‘lov balansining taqchilligi yoki ortiqchaligiga mos keladi. Tashqi balansni tiklash, o‘z navbatida valuta kursini saqlab turish zaruriyati xorijiy aktivlarni sotish va sotib olishni talab qiladi. Bu esa valutarezervlarining ko‘payishi yoki kama yishini keltirib chiqaradi. Lekin, rezervlarni sotish barobarida Markaziy Bank muomaladagi pulning bir qismini chiqarib oladi. Rezervlarni sotib olish bilan esa pul taklifi hajmini ko‘paytiradi. Shunday qilib, qayd qilingan valuta kursi sharoitida M endogen o‘zgaruvchi bo‘lib, to‘lov balansining yuzaga keladigan taqchilligi yoki ortiqchaligiga (ya’ni almashinuv keursini
pasaytirish yoki ko‘tarish borasidagi harakatlarga) bog‘liq bo‘ladi. Bunday sharoitda iqtisodiyotni rivojlantirish prognozlari tuzilayotganda pulga talab iqtisodiy o‘sish va inflatsiyaning maqsadli (rejadagi) ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Pul taklifi esa sof xorijiy aktivlar va ichki kreditlar hajmiga bog‘langan holda aniqlanadi. Sof xorijiy aktivlvr to‘lov balansini tuzish prognozlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Ichki kreditlar hajmi esa qoldiq prinsipipida aniqlanadi hamda hukumat va xususiy sektor o‘rtasida taqsimlanadi. Xususiy sektorga ichki kreditlar miqdorini o‘zgartirish uchun pul-kredit siyosatining uchala usuli ham qo‘llaniladi.
Markaziy Bank to‘lov balansining iqtisodiyotdagi pul taklifiga ta’sirini valuta rezervlari o‘zgarishini sterillash orqali neytrallashtirishi mumkin. Masalan, (to‘lov balansi taqchilligini yoki almashinuv kursi pasayishini bartaraf qilish maqsadlarida foydalanilishi natijasida) rezervlar qisqarganida Markaziy Bank ichki aktivlarni pul taklifi hajmi o‘zgarmasligini ta’minlaydigan darajada ko‘paytirishi mumkin.
Ya’ni : M=↓Res +↑DS
Bunda u ochiq bozordagi operatsiyalar yoki pul-kredit siyosatining boshqa vositalaridan foydalanadi.
Ammo sterillash imkoniyatlari cheklangan. Agar to‘lov balansining taqchilligi uzoq vaqt saqlanib qolsa, uni bartaraf qilishga intilish valuta rezervlarini tugab qolishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatda, mamlakat, almashinuv kursining pasayish tendensiyasini bartaraf qilish hamda pulning xorijga oqib ketishini tugatish uchun yoki qayd etilgan kursdan voz kechishi, yoki pul massasining qisqarishiga yo‘l qo‘yib berishga majbur bo‘ladi. To‘lov balansining barqaror ijobiy qoldig‘i sharoitida rezervlar hajmi shunchalik ko‘p bo‘lishi mumkinki, ichki kredit nolga teng bo‘lib qoladi. Bu esa amalda mumkin bo‘lmagan holatdir (banklar ichki kreditlarni kamaytirmasligi, balki nobank sektoridan pul qarz olishi zarur bo‘ladi).
Demak, hattoki sterillash ham pul masssasini to‘lov balansi ta’siridan himoya qila olmaydi. Bu esa pul-kredit siyosatining ichki balansga ta’sirini keskin cheklab qo‘yadi.
Qayd qilingan valuta kursi sharoitida budjet-soliq siyosatining samaradorligi kapitalning mobilligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Davlat xarajatlarining ko‘payishi foiz stavkasining o‘sishini keltirib chiqaradi (fond bozorida qarzga mablag‘ olib, davlat xususiy sektor foydalanadigan pul massasini kamaytiradi) . Bu esa o‘z navbatida xorijdan kapital oqib kelishini rag‘batlantirapdi. Kapitalning yuqori mobilligi sharoitida davlat xarajatlarining ko‘payishi bilan bog‘liq savdo balansi taqchilligi kapital harakati schyotining musbat (ijobiy) qoldig‘i bilan amalda qoplanadi. Markaziy Bank esa yuzaga kelgan almashinuv kursining o‘sish tendensiyasini bartaraf qilish uchun xorijiy valutani sotib olish va muomalaga milliy valutani ko‘p miqdorda chiqarishga, bu bilan esa pul taklifini oshirishga majbur bo‘ladi. Bu tadbir (davlat xarajatlarining o‘sishi bilan birgaldikda) daromadlarning kengayishi uchun qo‘shimcha rag‘bat yaratadi.
Shunday qilib, qayd qilingan valuta kursi sharoitida budjet-soliq siyosati pul-kredit siyosatidan farli ravishda daromad darajasiga, o‘z navbatida ichki muvozanatga muvaffaqiyatli ta’sir ko‘rsata oldadi. Tasir darajasi kapitalning mobilligi o‘sishi bilan ortib boradi.



    1. Download 115.31 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling