Bob. O‘zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat
Boshqaruvning mumtoz yoki ma’muriy maktabi
Download 50.83 Kb.
|
kurs ishi boshqaruv
Boshqaruvning mumtoz yoki ma’muriy maktabi.
Bu maktabning maqsadi katta guruh odamlardan foydalanishda samaradorlikni oshirish va quyidagi ikki muhitga asoslangan boshqaruvning universal tamoyillarini yaratishdan iborat edi: 1. tashkilotning ratsionallashtirilgan tarkibini ishlab chiqish; 2. uning asosida personalni ratsional boshqarish tizimini qurish-byurokratik model. Anri Fayol frantsiyalik sotsiologiya boshqaruv ma’muriy maktabining asoschisi hisoblanadi. Fayolning xizmatlari shundan iboratki, u boshqaruvning barcha funktsiyalarini faoliyatlarning har qanday sohalariga va bevosita korxona boshqaruviga taalluqli faoliyatlarni umumiylikka bo’lib chiqdi. Fayolning tasdiqlashi bo’yicha, jarayonning boshlanishida funktsiyalar qayta takrorlanmaydigan va boshqaruvda ortiqcha darajalarga (vazifalarga) yo’l qo’ymaydigan, yaxshi o’ylangan tarkibni yaratish kerak. Keyinchalik, mos keluvchi ishchini izlash lozim, ya’ni ishchi tarkibga mos tamoyilda tanlanishi lozim. Anri Fayol va uning izdoshlari shakllantirgan mumtoz model quyidagi to’rtta tamoyilga asoslanadi: 1. Mehnatni aniq funktsional taqsimlash. 2. Komandaga o’tkazish va farmoyishlar balanddan pastga. 3.Boshqaruvchining yagonaligi (hech kim bittadan ziyod boshliqqa ishlamaydi). 4. Nazorat chegaralariga rioya qilish tamoyili. Maks Veber, nemis sotsiologi taxminan shu vaqtlarda byurokratik tizimning faoliyatini tahlil qildi, qattiq reglament (chegaralovga), ierarxik tarkibga asoslangan byurokratiya modelini qurdi va ratsionallashgan boshqaruv kontseptsiyasini shakllantirdi. Uning fikrlari bo’yicha ideal va boshqaruvning samarali tizimi- byurokratiya. Tashkilotdagi byurokratiya quyidagicha tavsiflanadi: 1. Qarorlar qabul qilishning tezkorligi; 2. Ishlab chiqarishdagi savollarni yechishdagi tezkorlik; 3.Aloqalarning qat’iyligi byurokratik tarkibning barqarorligini ta’minlaydi va tashkilotning maqsadlarga erishishini aniqlab beradi. Veberning boshqaruvda qabul qilingan muhim g’oyalari ijtimoiy harakatlardagi kontseptsiya mavqe’ni bajara boshladi. Bu kontseptsiyaga asosan jamiyatdagi ijtimoiy tartib faqat ijtimoiy mo’ljallardan va ratsionallashtirilgan harakatlardan iborat. Tashkilot a’zolarining vazifasi esa ularning shaxsiy manfaatlarini va xususiy faoliyatlarini yaxshilashdan iborat. Tashkilotdagi har bir ishchining faoliyati o’zining tashkilot maqsadlariga erishishidagi rolini tushunib olganligi va o’ziga topshirilgan vazifalarni sidqidildan bajarishiga bog’liq. Ratsionallashtirish har qanday korxona yoki muassasaning eng yuqori ideallari hisoblanadi, tashkilotning ideali esa, tashkilot boshqaruvi va kommunikatsiyaning, texnologiyalarning haddan ziyod ratsionallashtirilganligi bilan tavsiflanadi. Ammo, boshqaruvning ma’muriy maktabi uchun inson va uning ehtiyojlarini hisobga olmaslik xususiyatli bo’lib qoldi. Uning tarafdorlari inson omilini aylanib o’tib, tashkilotni shaklan boshqarish yo’li bilan uning samaradorligini ma’muriy amaliyotlarni bajarib oshirishga harakat qildi. Natijada ma’muriy maktab, inson omilining muhimligini tan olgan holda, mehnat motivatsiyasining samaradorligini aniqlay olmadi, tushunmadi. Download 50.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling