Reja:
KIRISH...............................................................................................
BOB. :O‘zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat.
. Sovet hokimiyatining ta’lim va fan sohasidagi ishlari.
. Xalq maorifi va savodsizlikka qarshi kurash.
O`zbekistonda mustamlakachilikka asoslangan iqtisodiy siyosatning oqibatlari.
II.BOB. Menejmentning ilmiy maktablari.
Ilmiy boshqaruv maktabi.
Boshqaruvning mumtoz yoki ma’muriy maktabi.
Ilmiy boshqaruv maktabi.
Glossariy..........................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar...............................................................
BOB. :O‘zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat.
1.1 . Sovet hokimiyatining ta’lim va fan sohasidagi ishlari.
Bolsheviklar tomonidan O‘zbekistonda dastlabki yillarda sovet maktab- lari va texnikumlar ochishga alohida e’tibor qaratildi. Jadid maktablari yopildi. Eski maktablar va vaqf maktablari ham tugatildi. Turkiston davlat uni- versiteti va O‘zbekiston davlat universitetidan keyin respublikada ko‘plab institutlar tashkil etildi. Biroq universitet va institutlardagi talabalar o‘rtasida o‘zbeklar kamchilikni tashkil qilgan. Bu oliy o‘quv yurtlarida asosan slavyan tillariga mansub kishilar o‘qigan. Ularda dars bergan o‘qituvchilar orasida ham mahalliy millat vakillari kamchilik bo‘lgan.
Bu davrda O‘zbekistonda fan taraqqiyoti sohasida muayyan yutuqlarga eri- shildi.
1932-yil 14-oktyabrda O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Prezidiumining O‘zbekiston ilmiy tekshirish muassasalariga rahbarlik qiluvchi O‘zbekiston SSR Fanlar komiteti tuzildi. 1934-yili unga Otajon Hoshimov rais qilib saylandi.
1940-yil 9-yanvarda O‘zbekiston SSR Fanlar komiteti SSSR Fanlar akademiyasining O‘zbekiston SSR filiali (O‘zFAN)ga aylantirildi. Sovet hokimiyatining dastlabki o‘n yilliklarida O‘zbekistonda imlo 3 marta o‘zgartirildi. Bu holat tub aholini savodsiz qilish- ga, uning asriy qadriyatlaridan mahrum qilib, sovet madaniyati ruhida tarbiyalashga hamda ruslashtirish siyosatini amalga oshirishga mo‘ljallangan edi.
Ma’lumki, islom dini mintaqaga kirib kelgach, asrlar davomida yurtimizda yaratilgan asarlar arab alifbosidagi eski o‘zbek tilida yozilgan edi. Ahmad Yassaviy, Sakkokiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur singari mashhur shoirlar 500 – 800 yillar oldin o‘zbek tilida, biroq arab imlosida o‘z asarlarini yozganlar.
Bolsheviklar esa bunday adabiyotdan voz kechib, sovet adabiyotini va proletar madaniyatini yaratishga intildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |