Bob. O‘zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat


O`zbekistonda mustamlakachilikka asoslangan iqtisodiy siyosatning oqibatlari


Download 50.83 Kb.
bet3/7
Sana31.01.2023
Hajmi50.83 Kb.
#1142351
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi boshqaruv

O`zbekistonda mustamlakachilikka asoslangan iqtisodiy siyosatning oqibatlari.

Respubiika iqtisodiyoti tabiatan agrar tusga ega, sanoati asosan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalaridan iborat bo`lib, uning uchdan ikki qismini paxtachilik sanoati tashkil qilar edi. O`lkaning ishlab chiqarish hayotida kustar-hunarmandchilik ishlab chiqarishi hamon oldingi o`rinni egallab, aholining poyafzal, kiyim-kechak va uy-ro’zg`or buyumlariga bо`lgan ehtiyojlarini qondirar edi. Hunarmandlar bozorga chiqarilgan poyafzalning 86 % ni, oshlangan terining 76%ni, kiyira-kechak va bosh kiyimlarining 85%ni, idish-tovoqlarning 60%ni ishlab chiqarar edilar. 1925 yilning oxiriga kelib sobiq SSSRda xalq xo’jaligini tiklash ishlari asosan o’z nihoyasiga yetkazildi. 1925 yilning dekabrida bo`lib o`tgan VKP(b) XIV qurultoyi sotsializm g`alabasining asosiy sharti sifatida sho`rolar mamlakatida "sotsialistik industrlashtirish"ni avj oldirishga e'tiborini qaratdi. Sanoatlashtirish O’zbekistonda dastlab sekinlik bilan amalga oshirildi.
Chunki kosibu-hunarmandchilik ustivor soha edi. Mamlakatni jadal industrlash uchun mablag` masalasi keskin munozaralarga sabab bo’ldi. Industrlashtirishni jadallashtirish tarafdorlari mablag`ni qishloq xo’jaligi hisobidan olish rejasini ilgari surdilar, muxolif taraf esa, sanoatlashtirish siyosatini yoqlagani holda uni aholining moddiy ahvolini, turmush sharoitini yaxshilash va qishloq xo’jaligida kooperatsiyani asta-sekin ixtiyoriy ravishda amalga oshirish bilan birgalikda olib borishni taklif qildi. Keskin siyosiy bahs munozaralardan keyin mablag`ni agrar sektordan olishga qaror qilindi.
O’zbekiston iqtisodiyoti agrar xarakterda edi, zero 1927-28 yillarda iqtisodiyotda qishloq xo`jiligining hissasi 61,6 %ni, sanoatniki esa 38,4 %ni tashkil qilardi edi. Respublikadagi mavjud sanoatning 90% ni qishloq xo’jalik xom-ashyosini ishlashga ixtisoslashgan edi, mahsulotlarni qayta ishlash korxonalaridan iborat bo`lib, uning 2 dan 3 qismini paxtachilik sanoati tashkil qilardi.
Birinchi besh yillik (1928-1932)da 289 ta yangi sanoat korxonasi, jumladan, Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozlik zavodi, Quvasoy sement va ohak zavodlari ishga tushirildi, Chirchiqqurilish, Olmaliqqurilish, Toshkent to`qimachilik kombinati qurilishi davom etdi. Farg`onada to`qimachilik fabrikasi va yog`zavodi, Toshkent, Buxoro, Marg`ilon va boshqa shaharlarda tikuvchilik fabrikalari ishga tushirildi. Sanoatlashtirish yillari respublika paxta tozalash zavodlarining texnik imkoniyatlari oshib, 1927-28 yillarda 3363 tonna paxta tolasi yetishtirdi va paxta tozalash sanoatining yalpi mahsuloti esa 165,7 mln. rublni tashkil etgan edi.
Respublikani sanoatlashtirishda elektrlashtirish ham muhim o`rinlardan birini egallaganligi tufayli, elektrstansiyalar qurilishi avj oldirildi. Masalan, Toshkent yaqinida quvvati 4 ming kilovatni tashkil etgan Bo’zsuv GESi barpo etildi. 1932 yilga kelib esa, elektr stansiyalarining soni 49 taga yetdi. Shuningdek, respublikada neft sanoati hara jadal sur'atlar bilan o`sdi, 1925-26 yillarda neft ishlab chiqarish 5,6 tonna bо`lgan bo`lsa, 1927-28 yillarda bu ko’rsatkich 47,7 tonnani tashkil etdi.
Ayrim sanoat mahsulotlari bo`yicha O’zbekiston sobiq Ittifoqda yetakchi o`ringa chiqdi. 1932 yilda paxta tolasining 89,7 %, sementning 54,2%, o`simlik moyining 56,4%, xom ipakning 42% ishlab chiqarildi.
Faqatgina birinchi besh yillikning o’zida yirik sanoatdagi ishchilar soni deyarli 3,5 baravar ko’paydi. Lekin ular orasida mahalliy millat vakillari ozchilikni tashkil qilganligi bois, ularni tayyorlashga yordam tariqasida ittifoqdosh respublikalar, asosan Rossiyadan ko’plab sanoat mutaxassislari kela boshladi. 1926 yildan 1940 yilgacha O’zbekiston aholisi yangi kelganlar hisobiga 750 ming kishiga yoki 10% dan ortiqroq ko’paydi. Markazning rasiyzabon aholining ko`chirib keltirishda milliy o`lkalarda o’zining tayanch ijtimoiy qatlamini vujudga keltirish hamda ruslashtirish siyosatini amalga oshirish manfaati yotar edi.
Sanoatni jadal rivojlantirish natijasida O’zbekiston Markazga rangli va nodir metallar, oltingugurt, ozokerit, volfram, molibden, paxta tolasi, xom ipak bilan ta'minlaydigan va sho`roIar mamlakatini xom ashyo qaramligidan xolos etishga yordam beradigan yirik xom ashyo mintaqasiga aylandi. O’zbekistonning oltin sanoati butun mamlakatning to`lov balansini mustahkamlash uchun katta mablag`lar berib turdi. Biroq, aholining ijtimoiy ehtiyojlari nazar-pisand qilinmadi, uning moddiy farovonligiga e'tibor berilmadi, bu esa turmush darajasining pasayib ketishiga olib keldi.
Sho`rolar davrida shahar va portlarni birlashtiruvchi yangi terair yol liniyalari qurilishiga ham e'tibor berildi. Farg`ona (Iskobil)-Quvasoy (1922), Qarshi-Kitob(1924), Amudaryo (Samsonovo)- Termiz (1925). 1928-29 yillarda paxtachilikni rivojlantirish maqsadida Asaka Shahrixon, Sirdaryo-Paxtaorol temir yo`llari qurildi, shuningdek, Qorasuv-Osh (1935) va boshqa temir yo'l liniyalari qurilib foydalanishga topishirildi. 1929-1931 yillarda uzunligi 1452 km bо`lgan Turkiston-Sibir (Turksib) temir yo`li qurildi.
20-yillardan O’zbekistonda avtomobil trasporti vujudga keltirildi 1921 yilda respublika avtomobil transporti ixliyorida 40 yengil va 15 avtomobili hamda Toshkent avtomobil ta'mirlash ustaxonasi bor edi. 1940 yilgacha Lenin nomidagi katta avtomobil yo'li (710 km), Faro' avtomobil yo`li (343 km) qayta ta'mirlandi va bir qancha yangi yo'li qurib bitkazildi.
Respublika hukumati 1940 yilda uzunligi 708 km bо`lgan katta o’zbek traktini (Toshkent-Termiz avtomobil yo’li) qurish haqida maxsus qaror qabul qildi. Bu ycrlning 376 km Toshkent. 222 km Samarqand, 162 km Buxoro viloyatlari mehnatkashlari tomonidan 1941 yilning4 oyida qurib tugallandi.
1924-yilga kelib, respublikadagi avtomobil korxonalarida 223 avtomobil bo`lib, 145 ming tonna yuk tashildi. 30-yillarda avtomobil transportining rivojlanishi bilan qattiq qoplamali yo`llar qurilishi boshlandi, ta'mirlash va texnik xizmat ko’rsatish korxonalari, kadrlar tayyorlaydigan o’quv yurtlari ochildi.
Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) tufayli O’zbekiston qishloqlaridagi ahvol ancha yaxshilandi, dehqonlar o’z mahsulotini sotish, g`o’za va boshqa ekin maydonlarini kengaytirish orqali turmush darajasini yaxshilash imkoniyatiga ega bo’lishdi. Biroq, 20-yillarning ikkinchi yarmidan YAIS (NEP) o’z mohiyatini yo’qotib, erkin savdo va xususiy tadbirkorlikka chek qo`yila boshiadi. Sho`rolar boylarning yerlarini musodara qilish hisobiga kambag`al dehqonlarni yer bilan ta'minlash orqali qishloqda "sotsialistik Ijtimoiy tuzum" ning asosi bо`lgan jamoa bo`lib xo’jalik yuritishni rivojlantirisbni ko’zlab, keng miqyosli agrar islohoti avj oldirdilar. 1925 yil 2-dekabrdagi o’z SSR MIQning Favqulodda Sessiyasida qabui qilingan "Yer va suvni natsionalizatsiya qilish" to’g’risidagi dekreti qabul qilindi.
Yirik yer egalaridan tortib olingan yerlarda 60603 dehqon xo’jaligi tashkil etiladi. Bulardan tashqari, yangi va tiklangan sug`orma yerlarida yana 14751 batrak va yersiz dehqonlar xo’jaliklari tuzildi.
Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridagi yer-suv islohoti davomida sug`oriladigan 20 ga va 45 ga ortiq lalmi yerlar, sobiq amir va xon xizmatchilari, ruhoniy hamda savdogar, sudxo`rlarning xo’jaliklari musodara qilindi, Umuman, 1925-29 yillardagi yer-suv islohotini o`tkazish natijasida O’zbekistonda pomeshchik turidagi 4801 xo’jaliklar tugatildi, 23036 xo’jaliklarning ortiqcha yerlari musodara qilindi, yer jamg`armasi 474893 desyatina yerga ega bo’ldi, 89729 liklar yer bilan ta'minlandi, Yer bilan birga ko’pgina xo’jaliklar moli urug`. asbob-uskunalarga ham ega bo`Idilar.

Biroq islohot o`tkazishning repressiv-majburiy usullari, boy yunonlarning davlat tomonidan terror qilinishi o’z navbatida ularning kin norozilik chiqishlariga sabab bo’ldi. Shu tariqa, yer-suv islohoti ahloqda sinfiy kurashning keskinlashuviga olib kelgan edi. Davlat o’z batida "boy-quloq unsurlari"ning qarshiliklarini bartaraf etish uchun o’zining bor kuchini ishga soldi. Tortib olingan yerlarning asosiy qismi kolxozlar va sovxozlar ixtiyoriga topshirilgan edi. Islohotning jiddiy salbiy oqibatlaridan qishloq iqtisodiy hayotining qashshoqlashishi, fermerlik kurtaklarining bo`g`ib qo`yilishi va bozor-savdo munosabatlarining rivojlanishining to`sib qo`yilishi hamda ijara jmkoniyatlarining cheklanishi bo’ldi.


Shunday qilib, 1925-29 yillardagi yer-suv islohoti sho`ro hukumatining mulkdor sinflarni tugatish, sinfsiz jamiyat qurish uchun qilgan chora-tadbirlaridan biri bo’ldi. Ushbu jarayon keyingi yillarda qishloq xo’jaligini majburiy jamoalashtirishga zamin yaratgan edi.
1929 yil tarixga qora belgi ostidagi "buyuk burilish yili" deb nom olgan yil bo`lib kirib keldi. Bu dehqonlar sinfmi ijtimoiy qatlam va mehnatkash omma sifatida maqsadli yo’q qilishning boshlanish davri edi. Bunda "quloqlar" va "boylar" toifasiga asosan yangi iqtisodiy siyosat sharoitida o’z xo’jaliklarini oyoqqa turg`azib olgan o’rtahol dehqonlar kiritildi. Chunki birmuncha badavlatroq qatlamlar oldingi yillarda tugatilgan edi. 1929 yilning yozida "quloqlar"ni jamoa xo’jaliklariga (kolxoz) kiritishini ta'qiqlovchi qaror qabul qilinadi. O`sha yilning 7 noyabrida "xalqlar otasi" - Stalinning matbuotda bosilib chiqqan "Buyuk burilish yili" nomli maqolasi hamda 27 dekabrda qishloq xo’jalik xodimlarining ilmiy konferensiyasida so’zlagan nutqi "quloqlar" ni sinf sifatida tugatish va jadal jamoalashtirish siyosatini boshlab berdi. Yoppasiga jamoalashtirish bu-boy va o’rtahol dehqonlarga tegishli ishlab chiqarish vositalari, mollar, uy-joy, qishloq xo’jalik mahsulotlari va urug` zahiralarini tortib olinishi hisobiga kolxozlar tuzish degani edi.
O’zbekistonda jamoalashtirish o’z KP MQning 1930 yil fevralda qabul qilgan "Kollektivlashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish" to’g’risidagi qarori e'lon qilingandan so`ng boshlab yuborildi.
O’zbekistonda yoppasiga jamolashtirishni tezlashtirish hamda "quloqlar" bilan kurash olib borishni kuchaytirishga yordam tariqasida Markaz 25 ming tashkiliy-siyosiy tajribaga ega bо`lgan rus ishchilarni yuboradi. Bu yerga "25 mingchilar" asosan Moskva, Leningrad, Ivanovo-
Voznesenk va SSSRning boshqa sanoat markazlaridan O’zbekistonga 433 ishchi yuborildi. Ulardan tuziigan brigadalar o’zbek qishloqlarida kolxozlar tuzish hamda "quloq qilish" kompaniyasida "faol" ishtirok etdilar.
1930-yilning o’zidayoq respublikada 2648 ta boy va "quloq" xo’jaliklari tugatilib, qishloq ahlining tadbirkor qisrai oyog`iga bolta urildi. "Quloq qilish" siyosati dehqonlarda ishonchsizlik va xavotirni kuchaytirdi. Ko’plab dehqonlar o’z xo’jaliklarini tashlab qochdilar. Chorva soni keskin kamayib ketdi. Respublikadagi siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. Dehqonlarning noroziligi 1930 yil 25 fevralda Farg`ona okrugida g`alayonga aylandi. Norozilik chiqishlari Andijon, Toshkent, Xorazm, Samarqand okruglariga ham yoyildi. Masalan, Chust va Olmosda boy dehqonlar chorva mollarini yoppasiga sotishni avj oldirdilar.
Jamoalashtirishga qarshi bu harakat ba'zi joylarda sovet hokimiyatiga qarshi chiqishlarga aylandi. Mana shunday norozilik chiqishlarining oldini olish uchun 1930 yilda o’z MQ KP (b) qoshida "quloq" va boylarni yo’q qilish bo`yicha maxsus respublika komissiyasi tuziladi va "quloq qilish" siyosati yanada shiddatliroq tus oladi.
O’zbekistonda jamoalashtirish asosan 1932 yilning oxiri 1933 yilning boshlarida tugallandi. Bu davrga kelib respublikaning 79 dan 61 tumanida barcha dehqon xo’jaliklarini kolxozlarga birlashtirish nihoyasiga yetkazilgan edi, Jami O’zbekistonda jamoalashtirilgan xo’jaliklar 74,9%ni tashkil etdi. Birinchi besh yillik( 1928-1932) oxirlarida respublikada 9734 kolxoz va 94 ta sovxoz tashkil etilgan edi.
1930-33 yillarda O’zbekistonda 5550 dehqon xo’jaligi hibsga olinib, quloq qilinadi va Ukraina, Sibir, Qozog`iston va boshqa joylarga zo`rlik bilan ko`chirildi. Lekin shuni ham aytish joizki, bunda nafaqat o’ziga to`q mol-mulkka ega dehqonlar, balki o’rtahol, ayrim hoilarda esa batrak xo’jaliklarga mansub kishilar ham "quloq" sifatida surgun qilindi.
Sovet davlatining bunday g`ayriinsoniy siyosatini amalga oshirishdan maqsadi, birinchidan, qishloqdagi o’ziga to`q kishilarning yer-suvi, mol-mulkini tortib olish, ikkinchidan, tortib olingan boylik va ishlab chiqarish vositalari hisobiga jamoa va davlat xo’jaliklarining dastlabki moddiy bazasini yaratish, uchinchidan, karabag`al dehqonlarning bu xo’jaliklarga "o’z xohishlari" bilan kirishlariga erishish va ularning arzon mehnatidan foydalanish, to`rtinchidan, "quloq" bo'lib surgun qilingan kishilar yordamida masalan, Ukrainaning iqlimi O’zbekistonga yaqin zonasida paxtachilik sovxozlarini tashkil etish va pirovardida paxta yordamida SSSRning moddiy imkoniyatlarini yaxshilash edi. Sho`rolar bu maqsadlarga asosan erishdi. Quloqlar hisobiga qaddini tikladi, sotsialistik qurilishning moddiy bazasini yaratdi. paxta mustaqilligiga erishdi. Barcha xatti-harakatlarga qaramay, Ukrainada paxtachilik xo’jaligi qaror topmadi.
Majburiy jamoalashtirish siyosati qishloqning mustaqil rivojlanishini barbod qildi, qishloq ahli ongiga salbiy ta'sir ko’rsatdi, dehqonlarning yerga egalik tuyg`usini yo’q qildi.
O’zbekiston uchun suv inshootlari qurish muhim edi va shuning uchun 1939 yildan bunday qurilishlar umumxalq hashar yo`li bilan amalga oshirila boshladi. 1939 yil l avgustda boshlangan 270 km uzunlikdagi Katta Farg`ona kanali xalqning mashaqqatli mehnati evaziga 45 kunda barpo etildi. Kanal qurilishida 160 ming kishi ishtirok etdi va asosan qo'1 mehnati bilan qurildi.
Chorvachilik O’zbekiston qishloq xo’jaligining muhim sohalari qatorida sho`rolar davrida ham muhim o`rin egalalab keldi. Xususan, 1932 yildan 1937 yilgacha yirik qoramollar soni 150 raingga, qo`ylar 230 mingga ko’paydi. Lekin shunga qaramasdan chorvachilik qishloq xo’jaligining boshqa sohalariga qaraganda orqada edi. Buning asosiy sababi paxtachilikka e'tiborning kuchaytirilganligi va chorvadorlarning moddiy rag`batlantirilmaganligi bo’ldi.
O’zbekiston KPning 1934 yilda bo`lib o`tgan VI qurultoytdan so`ng, respublikaga ko’p miqdorda qoramol keltirila boshladi.
Pillachilik respublika qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan bir edi. 1922 yilda Toshkentda "Turkipak" aksionerlik jamiyatining tashkil etilishi pillachilikni rivojlantirishda muhim bosqich bo’ldi. 1927 yilda Toshkent ipakchilik stansiyasi negizida O’rta Osiyo ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. 1930 yillarda tut ko`chati yetishtirishga alohida e'tibor qaratildi. Birinchi va ikkinchi besh yilliklarda O’zbekiston ipak ishlab chiqarish bo`yicha birinchi o`rinda edi. 1932 yilda 5674 tonna pilla yetishtirilgan bo`lsa, ushbu ko’rsatkich 1937 yilda 11 422 tonnaga ko’paydi.
Respublika qishloq xo’jaligida mevalar va uzura yetishtirish qadimgi va oziq-ovqat hamda sanoat xom ashyosi beradigan asosiy tarmoqlar qatoriga kiradi. 20-yillarning 2-yarmidan ixtisoslashtirilgan bog`dorchilik va tokchilik davlat xo’jaliklari barpo etila boshladi, tog` va tog` etaklari zonalarida joylashgan jamoa xo’jaliklarida ham bu tarmoqqa katta e'tibor berildi. Mevalarning nav tarkibini yaxshilash maqsadida olma, nok, uzum va boshqalarning Yevropa mamlakatlarida yetishtiriladigan navlari keltirilib ekildi. O’zbekistonning 1937 yilda yetishtirgan meva hosili 800 ming sentnerni tashkil etdi. Shundan uchdan bir qismi sobiq ittifoqning turli viloyatlariga yuborilar edi.
Tadqiq qilinayotgan davrdagi davlat arboblaridan yana biri Yo`ldosh Oxunboboyevdir (1885-1943). U 1926-27 yillarda O’zbekistonda yer-suv islohotini o`tkazish markaziy komissiyasi raisi sifatida ish olib borgan, Farg`ona viloyati hamda respublika qishloq xo’jaligini tiklashda ishtirok etgan. Yo`ldosh Oxunboboyev 1943 yilda Toshkentda vafot etgan.
Tariximizda o’zining o`chmas izini qoldirgan buyuk siymo bu-Fayzulla Xo’jayevdir (1896-1938). 1920 yili inqilobchi yosh buxoroliklar Turkiston markaziy byurosi rayisi, 1920-24 yillarda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Nozirlar Kengashining rayisi (shuningdek, Tashqi ishlar, Harbiy ishlar noziri) bo`lib ishlagan.
Fayzulla Xo’jayevning faoliyati nihoyatda murakkab siyosiy vaziyatda o`tgan. O’zbekistonda yuz berayotgan o’zgarishlardan qoniqmaganligini u o’zining bir qancha tanqidiy chiqishlarida bildiradi. Masalan, 1924 yildagi bolsheviklarning milliy-hududiy chegaralanishiga qarshi o’z fikrlarini ilgari surgan, "Buxoro inqilobi tarixiga doir" asarida Fayzulla Xo’jayev jadidchilikka xolis baho berishga harakat qilgan. Ushbu asardagi jadidchilikning ijtimoiy mohiyatiga ijobiy munosabati va jadidchilikni ijtimoiy-inqilobiy harakat sifatidagi qarashlari xato deb baholandi.
Fayzulla Xo’jayev ham mustabid tuzumning qatag`on qurbonlaridandir. U 1937 yil Moskvada "xalq dushmani" sifatida qamoqqa olinib, 1938 yilda otib tashlangan.
20-30 yillarda ko’zga ko’ringan milliy yetakchi - Abdulla Rahimboyevdir (1896-1938). Abdulla Rahimboyevning siyosiy faoliyati nihoyatda serqirra bo`lib, mustabid tuzum siyosatiga qarshi dadil chiqishlari buning yorqin ifodasidir. Masalan, u 1921 yilning dekabrida bo`lib -o`tgan RSFSR Sovetlarining IX qurultoyi minbaridan turib, Rossiya hukumatiga ochiqdan-ochiq "Turkistondagi sovetlarning jazolash siyosati har qanday chegaralardan o`tib tushdi. Farg`ona viloyatidagi jazo otryadlari esa mutlaqo muxtor holatda, hech kim bilan, partiya organlari bilan ham, sovet organlari bilan ham hisoblashmasdan, turli shubhali shaxslarni xizmatga olib harakat qilmoqdalar" degan bayonot bilan chiqdi, Lekin bunday tarzda sovetlar siyosatini tanqid qilish kechirilmas edi va 1922 yilda ishda yo'1 qo`yilgan "qo`pol xatolari" uchun TASSR MIQ raisi A.Rahimboyev lavozimidan chetlashtirildi. Biroq vaqt o`tishi bilan Markaz unga "o’z xatolarini tuzatish" imkonini beradi va yana rahbarlik ishiga jalb qiladi.
A.Rahimboyev RKP(b) MQ O’rta Osiyo byurosining a'zosi hamda TKP MQning ma'sul kotibi sifatida milliy-hududiy chegaralanishni o`tkazishning tepasida turdi. 1924 yilning fevralida u Buxoroga yuboriladi va bu yerdagi BXSR rahbar xodimlarining kengashida milliy-hududiy chegaralanishi to’g’risida ma'ruza qildi. 1924 yilning 10 martida Turkiston Kompartiyasi MQsi va Turkiston MIQ rahbar xodimlarining kengashida ham ma'ruza qilib, Rahimboyev milliy-hududiy chegaralanishni " nisbatan ma'qul tarzda, og`riqsiz usullar" bilan o`tkazish kerakligini uqtirdi.
Abdulla Rahimboyevning qismati ham milliy yetakchilarniki kabi qatag`on to`lqinlari avj olgan paytda hal qilindi. U 1938 yilda qurbon bo’ldi.
L.Xidiraliyevning hayoti 1928 yilda fojeali tugaydi.
"Turkiston xalqlarining ildizi bir",- degan g`oya avloddan-avlodga o`tib, milliy yetakchilar, jamoat arboblari va milliy ziyolilar qarashlari hamda faoliyatlarida o’z aksini topib kelgan. Tarixan tarkib topgan uchta davlatni tugatib, o`rniga yangi tuzilmalarni vujudga keltirish markaz va o`lkadagi bolshevistik rahbarlar tashabbusi bo’ldi. 1920 yil boshidayoq, Turkkomissiya Turkiston ASSRni bo`lib tashlab, milliy til belgisiga qarab muxtor respublikalar tashkil qilish masalasini qo`ygan edi. Bu o`sha yili iyun oyida RKP (b) ning Turkistonga oid qabul qilgan hujjatlarida o’z aksini topdi. Lenin Turkistonning "O’zbekiya, Qirg`iziya, Turkmaniya" ga bo`lingan xaritasini tuzish kerakligini uqtirdi. Bu rejaning amalga oshishi qarshilik harakati tufayli bir oz kechikdi. Turkistonni milliy jihatdan qayta chegaralash markaz va RKP(b) O’rta Osiyo byurosi tomonidan ishlab chiqildi va 1924 yilda qafiylik bilan amalga oshirildi. 1924-yilning 31 yanvarida RKP(b) MKning Tashkiliy byurosi Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining milliy-hududiy chegaralanishi masalasini ko`rib chiqdi va Y.A.E. Rudzutakka mazkur respublikalarning ma'sul xodimlari bilan birgalikda bu g`oyani amalda qanday ro`yobga chiqarish mumkinligini oldindan muhokama qilishni topshirdi. 1924 yilning fevralida esa Fayzulla Xo’jayevning milliy chegaralanish raasalasi bo`yicha tezislarida markazning turkiy xalqlarning ildizi birligini hisobga olmayotganligi, chegaralash g`oyalari o`tinish istilochilari siyosatidan farq qilmayotganligi aytilgan edi. Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarida tashkiliy va tashviqot ishlari olib borilgandan so`ng, 1924 yilning 11 oktyabrida RKP(b) Siyosiy byurosi O’rta Osiyoni qaytadan bo`lib chegaralash haqida o’zining so`nggi qarorini qabul qiladi va 1924 yil 14 oktyabrda RSFSR BMIQ II sessiyasi milliy chegaralanish haqidagi Turk MIQ qarorini tasdiqladi. Milliy chegaralanish natijalariga ko`ra, O’rta Osiyoda O’zbekiston va Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikalari, o’z SSR tarkibida bо`lgan Tojikiston Avtonom respublikasi, RSFSR tarkibida Qoraqirg`iz (Qirg`iziston) va Qoraqalpog`iston Avtonom viloyatlari tashkil topdi. Sobiq Turkiston ASSRning qozoq viloyatlari esa, Qirg`iziston (Qozog`iston) ASSR tarkibiga kiritildi. Shu tariqa, 1924 yilning kuzida milliy-hududiy chegaralanish hukumat qarorlari bilan qonuniy tarzda rasmiylashtirildi.
1925 yilning 13 fevralida o’z SSR Sovetlarining Buxoroda ochilgan I-Umum o’zbek qumltoyida "O’zbekiston SSR tuzilgani to’g’risida deklaratsiya" qabul qilindi. O’zbekiston SSR sovetlari MIQ ning raisi etib Yo`ldosh Oxunboboyev saylandi. O’zbekiston XKS raisi etib - Fayzulla Xo’jayevni tasdiqladi. Tuzilgan O’zbekiston SSRga tugatilgan Turkiston ASSRdan Sirdaryo, Farg`ona va Samarqand viloyatlarining katta qismi, Buxoro respublikasidan uning markaziy va g`arbiy qismi (Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari), shuningdek Xorazm SSRdan Xorazm vohasi kirdi.
Milliy-chegaralanishdan so`ng, O’zbekiston sovetlarining I-qurultoyi (1925 yil 13-17 fevral) "O’zbekiston SSRning tashkil topishi haqidagi Deklaratsiya"ni tasdiqlagach, Ittifoq soyetlarining 3-qurultoyida (1925 yil,13 may) esa, O’zbekiston Respublikasi SSSR tarkibiga kiritildi. Shu tariqa, O’zbekiston SSRning qonunan rasmiylashtirish jarayoni tugallandi.
O’zbekiston SSR aholisining soni respublika tashkil etilishining dastlabki yillarida 3.963.285 kishini, ya'ni, O’rta Osiyo aholisining deyarli yarmini-48,7 foizini tashkil etar edi. 1926 yilda O`tkazilgan aholini ro`yxatga olish bo`yicha respublikada istiqomat qiluvchi aholining tarkibi quyidagicha edi: O’zbeklar -74,2%, tojiklar -7,8%, ruslar-5,6%, qozoqlar-2,4%, qirg`izlar-2,04%.
Turkiston o`lkasini bo`lib tashlash bilan sho`rolar milliy davlatchiligimizning ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazdilar. Millatning bir qismi o’z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsa-da, rasmiy ta'rifga ko`ra, o’z sonli millafga aylanib qolgan edi. Bolsheviklar andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish O’rta Osiyo xalqlari o`rtasidagi bo`lajak millatlaro munosabatlarni keskinlashtirib turishi, favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolarga sabab bo’lishi muqarrar edi. Yangi sovet respublikalarini "milliy davlatchilikning tashkil etilganligi", deb bahqlash xato bo`lsa kerak. Zero, SSSRtarkibidagi ushbu tuzilmalar Markaz ixtiyorida bo`lib, ilgarigidek unga arzon xom ashyo yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan mustamlakalar bo`lib qolaverdi.
1924-yilda milliy-hududiy chegaralanishi natijasida O’rta Osiyo xaritasida ittifoqchi respublikalar bilan birga muxtor tuzilmalar harn paydo bo’ldi. Shular orasida Qoraqalpog`iston muxtor viloyati ham bor edi. Ushbu viloyat Qirg`iziston (Qozog`iston) ASSR tarkibida bo`lib, unga volostlardan iborat To'rtko'1, Chimboy, Xo’jayli va Qo`ng`irot okraglari kirdi. 1925 yil 12-19 fevralda viloyat markazi To'rtko'1 shahrida "bo`lib o`tgan Qoraqalpog`iston avtonom viloyati Sovetlarining birinchi qurultoyi "Qoraqalpog`iston avtonom viloyati tashkil topganligt to’g’risida Deklaratsiya" qabul qildi va "qoraqalpoq milliv davlatchiligi" tashkil etilganligini qonuniy rasmiylashtirdi. Qoraqalpog`iston avtonom viloyati Ijroiya qo`mitasining raisi etib A. Qudaboyev saylandi. Qoraqalpog`istonda yashaydigan asosiy elatlar qoraqalpoqlar-38,5%, o’zbeklar-28,7%, qozoqlar-28,6%dan iborat edi.
Qoraqalpog`iston Muxtor viloyati tashkil etilgandan so`ng, sovetlar bu yerda ham sotsialistik qurilishni avj oldirib yubordilar. Jumladan ovul va qishloqlarni sovetlashtirish keng miqyosda olib borildi. Sovetlarga batrak va kambag`allar saylanib, ularning asosiylarini kommunist va komsomollar tashkil qildi.
Mamlakatda vayron bо`lgan sanoatning turli sohalari, qishloq xo’jaligi va sug`orish ishlarini tiklash amalga oshirildi. Qoraqalpog`iston iqtisodiyotining taraqqiyoti bir tomonlama xususiyatga ega bo`lib, SSSRning markaziy mintaqalari sanoatini rivojlantirish ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgan edi.
Masalan, 1933 yilning 3 oktyabrida SSSR Yer ishlari Xalq Komissariigi Qoraqalpog`istonni mamlakatni beda urug`i yetkazib beruvchi asosiy baza deb tan olgan edi. Buning asosiy sababi mamlakat xalq xo’jaligida ittifoqdosh respublikalar o`rtasidagi mehnat taqsimotida Qoraqalpog`istonga oliy sifatli paxta, beda hamda baliq bilan ta'minlab turish yuklatilganligida edi.
Muxtor viloyat sanoatining yetakchi tarmoqlarini paxta tozalash va baliq-konserva zavodlari tashkil etar edi. Sanoatni yuksaltirish bilan bir qatorda qishloq xo’jaligining barcha sohalarini rivojlantirishga ham katta e'tibor qaratildi va bu yerga ko’p miqdorda qishloq xo’jalik anjomlari keltirila boshlanib, boy va ruhoniylardan tortib olingan yerlar hisobiga yersiz va kam yerli dehqonlar yer bilan ta'minlandi.
1930-yilda Qoraqalpoq muxtor viloyati RSFSR tarkibiga kiritildi.1932 yiining 20-martida esa, SSSR MIQ Rayosati "Qoraqalpog`iston avtonom viloyatini Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirish va uni RSFSRga kirishi to’g’risida" qaror qabul qildi. O`sha yilning may oyida avtonom respublika Sovetlarining ta'sis qurultoyi xukumatni tuzdi. Unda QQASSR MIQ raisi etib, Koptleu Nurmuhamedov, Xalq Komissarlari Kengashi raisi etib esa Qosim Avezovlar saylandilar.1936 yilda SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi va unga ko`ra QQASSRning O’zbekiston SSR tarkibiga kirishi ko’zda tutilgan edi. Buning asosiy sababi, hududiy yaqinlik, yagona tarixga ega bо`lganligi deb e'tirof etildi. 1937 yil 12 fevralda o’z SSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. O`sha yilning 6 martida esa, QQASSRning yangi Konstitutsiyasi e'lon qilinadi.
Qoraqalpog`iston O’zbekiston tarkibida bо`lganida, o’zbek va qoraqalpoq xalqlari o`rtasidagi do`stlik yanada mustahkamlandi.


Download 50.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling