Bob. O‘zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat


II.BOB. Menejmentning ilmiy maktablari


Download 50.83 Kb.
bet4/7
Sana31.01.2023
Hajmi50.83 Kb.
#1142351
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi boshqaruv

II.BOB. Menejmentning ilmiy maktablari.
Ilmiy boshqaruv maktabining asoschisi F.Teylor – qanday qilib ishchilarni mashina kabi ishlatish mumkin? – degan savolning javobini izladi. Bu maktabning vakillari tomonidan ishlab chiqarish va mehnatni boshqarishning ilmiy asoslari yaratildi. 1920 yillarda bu ilmiy yo’nalishdan mustaqil fanlar ajralib chiqdi: mehnatni ilmiy tashkil qilish (MIT); ishlab chiqarishni tashkil qilish nazariyasi va boshqalar.
Boshqaruvning mumtoz yoki ma’muriy maktabining maqsadi – tashkilotlarni muvaffaqiyatli boshqarishning universal tamoyillari va usullarini yaratishdan iborat edi. Bu maktabning asoschilari A.Fayol va M.Veber tashkilotlarni boshqarishning usullari va tamoyillarini ishlab chiqdilar. Ularning hohish va istaklari bo’yicha butun tashkilot mashina kabi ishlashi lozim. Inson munosabatlari maktabi asosiy kuchini jamoaga qaratib, ishchilarning ijtimoiy ehtiyojlarini ko’paytirishga e’tibor berdi. Insonning odobi va axloqi maktabi o’zlarining diqqat va e’tiborlarini shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, motivlashtirish, liderlik, alohida ishchilarning individual qobiliyatlarini o’rganish masalalariga qaratdi.
Miqdoriy usullar maktabining tavsifnomasi modellar, belgilar, miqdoriy ahamiyatlarning muhokamasidagi so’zbozliklarni mantiqli asoslarga almashtirish hisoblanadi. Ularning usullari matematika, kibernetika, statistika fanlarining yutuqlariga asoslanadi. Boshqaruv qarorlarini tayyorlashda matematik usullar va matematik modellardan foydalaniladi.

2.1. Ilmiy boshqaruv maktabi.
Ilmiy boshqaruv maktabi. Ilmiy boshqaruv maktabi birinchi tadqiqotlaridan boshlab moddiy va inson resurslaridan yuqori samaradorlikda foydalanishning yo’llarini izlay boshladi. Bu maktabning asosiy nazariyasi tashkilotning butun komponentlarini ratsionallashtirish g’oyasi bo’lib, tashkilotning barcha tarkibiy birligi uning maqsadlariga erishishni mo’ljallashi kerak.
Umumiy maqsadlar va ratsionallashtirishga erishish uchun tashkilotda butun organlar va tashkiliy vazifaviy tarkiblar qat’iy ieriarxiya boshqaruvi xizmatida va har tomonlama qattiq nazorat sharoitida bo’lishi talab qilinadi. Fredrik Teylor ilmiy boshqaruv mumtoz nazariyasining otasi hisoblanadi. Ilmiy boshqaruv maktabining yuzaga kelishi 1911 yilda uning “Ilmiy boshqaruv tamoyillari” nomli kitobining chop qilinishi bilan bog’liq. U birinchi bo’lib, insonlar va moddiy resurslardan eng samarali foydalanish maqsadi uchun boshqaruvga ilmiy yondoshishning zarurligini isbotlab berdi. Teylor inson samaradorligiga emas, tashkilotning samaradorligiga qiziqdi. Bunda tashkilot uchun inson mehnatidan samarali foydalanish yo’llarini izladi. Bu yo’nalishda tashkilot boshqaruvini takomillashtirish bo’yicha yondoshuvda tashkilot muhandislarining qarorlari to’g’ri bo’ladi degan natijaviy xulosani yaratdi.
Uning nazariyasidagi yana bir muhim jihatlardan biri shundan iborat ediki, boshqaruv tizimining ishchiga bir tomonlama ta’siri va ishchining boshqaruvchiga bo’ysunishi edi. Bu tavsiyalar Teylor zamonasida kashfiyotdek qabul qilingandi. Mehnat faoliyatining undovchi motivlari va harakatlan- tiruvchi kuchlari Teylor bo’yicha samarali mehnat uchun shaxsiy iqtisodiy foyda – moddiy taqdirlanishni ta’minlashi kerak.
Ilmiy boshqaruv maktabining xizmatlari shundan iboratki, uning vakillari: mehnatning samardorligini oshirishda mehnatni ilmiy boshqarishning zarurligi isbotlab berdi; mehnatni ilmiy boshqarish tamoyillarini ishlab chiqdi va bu tamoyillarni oldinga surdi; mehnat motivatsiyasining samarali masalalarini yechish zarurligini isbotladi. Ammo, inson omili bu maktab faoliyatida amaliy jihatlar bo’yicha diqqat-e’tibordan chetda qoldi.


    1. Download 50.83 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling