Real sektorda innovasion faoliyat tushunchasi, innovasion faoliyat funksiyalari va innovasiyalar tasnifi reja


Download 408.23 Kb.
Sana10.05.2020
Hajmi408.23 Kb.
#104748
Bog'liq
Taqdimot 1

REAL SEKTORDA INNOVASION FAOLIYAT TUSHUNCHASI, INNOVASION FAOLIYAT FUNKSIYALARI VA INNOVASIYALAR TASNIFI

Reja:

  • Innovasion faoliyat tushunchasi.
  • Innovasion loyiha va innovasion jarayon tushunchalari.
  • Innovasion jarayonga ta’sir qiluvchi omillar.
  • Innovasiyalar tushunchasi va ularning tasnifi
  • .

1. Innovasion faoliyat tushunchasi.


“Innovasiya” –hayotga tadbiq etilgan va tijoriy qimmatga ega bo’lgan g’oya bo’lib, u yangi talablarni yarata oladi, mavjud talablarni samaraliroq ravishda qondiradi va sarf-xarajatlar va amaliyotga tadbiqi natijalarining optimal nisbatida iqtisodiy, informasion, ekologik, ijtimoiy yoki boshqacha turdagi samara keltiradi.

“Innovasiya” so’zi lotinchadan “o’zgartirish” yoki “zamonaviylashtirish” degan ma’noni anglatadi. Innovasiyada asosiy etibor yangilanishga qaratilgan. Bunday yangilanishlar agar kishilar mavjud meyor va qoidalar, standart usullardan voz kechib, butunlay yangi yondashuvlarni qo’llab olgandagina ro’y beradi.

Innovasion iqtisodiyot – bu tubdan o’zgartirilgan, zamonaviylashtirilgan iqtisodiyot. Uning vujudga kelishinig asosiy sabab, ishlab chiqarish texnologik usulining rivojlanishi (oddiy kooperasiya, manufaktura, mashinalashgan ishlab chiqarish)..

Innovasion iqtisodiyot – bu tubdan o’zgartirilgan, zamonaviylashtirilgan iqtisodiyot. Uning vujudga kelishinig asosiy sabab, ishlab chiqarish texnologik usulining rivojlanishi (oddiy kooperasiya, manufaktura, mashinalashgan ishlab chiqarish)..

Innovasion rivojlanish - innovasion omillardan foydalanish,ularni joriy etish orqali rivojlanish jarayoni hisoblanadi.


Innovasion iqtisodiyot fanining predmeti innovasiyalarni vujudga kelishi,rivojlanish qonuniyatlari va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.

Innovasion iqtisodiyotning asosiy maqsadlari mahsulot ishlab chiqarish miqdori va sifatini oshirgan holda, uning tannarxini minimallashtirish va texnologik, tashkiliy hamda insoniy zaxiralarning sifatini oshirib, ularni ilg’or xalqaro talablarga moslashtirishdir.

Yuqori darajada samarador bo’lgan yangi innovasion texnalogiyalarni hayotga tadbiq etishda quyidagi natijalar eng asosiy vazifalar hisoblanadi:

  • Yuqori darajada samarador bo’lgan yangi innovasion texnalogiyalarni hayotga tadbiq etishda quyidagi natijalar eng asosiy vazifalar hisoblanadi:
  • Ishlab chiqarish va boshqaruvda qo’l mehnati ulushini iloji boricha kamaytirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash;
  • Ishlab chiqarish jarayoning to’xtamasligi va stabilligini ta’minlash, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan vaqt yo’qotishlarni bartaraf qilish;
  • Mahsulot birligiga to’g’ri keladigan mehnat sarfi va energiya sarfini iloji boricha kamaytirish;
  • Ishlab chiqarishda ishlatiladigan asbob-uskuna, mexaninz va qurilmalarning samaradorligini oshirish;

Innovasion iqtisodiyotning asosiy belgilari:

Innovasion iqtisodiyotning asosiy belgilari:

Iqtisodiyotning barcha sohalarida informasion texnalogiya va kompyuterlashtirilgan tizimning mavjudligi

Rivojlangan milliy informasion zahiralar yaratishni ta’minlab beradigan rivojlangan zamonaviy infratuzilma borligi

Jamiyat hayotining barcha sohalaridagi ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini tezkorlik bilan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishni amalga oshirilganligi

Jahon miqyosidagi innovasion talablarga mos ravishda malakali ilmiy texnik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning o’ta moslashuvchan tizimini yaratish.

Innovasion iqtisodiyotni o’rganish bo’yicha usul va yondashuvlar


Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun - qoidalari, usullari va aniq tartiblaridir. Bu obektiv voqyelikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o’z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir

“Usul” yunonchadan so’zma - so’z tarjima qilinganda “tadqiqot” tushunchasini anglatib, ilmiy bilishning aniq hodisalarini bildiradi.

1Maqsadli tahlil. Innovasion rivojlanish nazariyasi va konsepsiyasi o’rganiladi

2.Tipologik yondashuv. Bunda innovasion rivojlanishning turli jixatlarini o’rganishga har xil metadologik yondashuvga asoslanadi.

Jumladan:

a) innovasiyani umumiy tavsifi umumiy metodologik yondashuv

b) innovasion faoliyat funksional yondashuv

s) innovasion rivojlanish strategik yondashuv

Asosiy konsepsiyalar:

a.

- Uzun to’lqinlar nazariyasi ( N. D. Kondashiyev);

- Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi ( I. Shumpeter);

- Innovasiyani mohiyati va turkumlanishi;

- Innovasion jarayonda tadbirkorning yangicha roli

- Innovasion menejment

- Innovasion marketing

-. Innovasion moliyalashtirish

- innovasion rejalashtirish, tashkillashtirish, baholash

- innovasion loyihalarni baxolash



s.

- milliy innovasion tizim konsepsiyasi

- innovasion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi

Evolyusion yondashuv usuli innovasiya nazariyasi shakllanishi bosqichlariga

Tub belgilari:

1- Bosqich ( XX asr oxiri – XX asr 40- yillarigacha)

Innovasiya – beqaror rivojlanish asosi va iqtisodiy o’sishning asosiy omili

Innovasiyani mohiyati va turkumlanishi

Innovatsion protsesda tadbirkorlikning yangi roli



2- Bosqich (XX asr 40- 70 – yillar)

Asosli innovasion g’oyalar rivojlanishi ( oldingi davrga nisbatan)

Innovasiyalarni tizimli tahlil qilish ( texnologiya, iqtisodiyot va jamiyat o’zaro bog’liqligi )

Milliy innovasion tizim konsepsiyasining shakllanishi

1- Bosqich : uzun to’lqinlar va siklik krizislar nazariyasi asosida iqtisodiy o’sish omillarini va sabablari tadqiq qilingan konsepsiyalar;

Sababi – siklik rivojlanish

Omili – innovasiya

Bu bosqichda:

“ Uzun to’lqinlar” nazariyasi ( Kontrashev. N. D ) ochib berildi;

“ Innovasiya va tadbirkorlik” nazariyasining asosiy qoidalari shakllantirildi ( Y.Shumpeter )

2 – bosqichda:

- O’tgan davrdagi asosiy innovasiyalar shakllantirildi va aniqlashtirildi

- Tadqiqotlar ko’proq amaliy xarakterga ega bo’ldi

- Innovasiyalarni boshqarish va samaradorligini oshirishni baholashning funksional jihatlari ishlab chiqildi.



3 – bosqichda:

Innovasiyalarni turkumlashning yangi andozasi ishlab chiqildi. (nemis iqtisodchisi G. Menshe ).

Innovasiyaning mohiyati tizimli hodisa sifatida tahlil qilindi.

Milliy innovasion tizim konsepsiyasining fundamenti asoslari shakllantirildi.


4.Tahlil va sintez usuli.

4.Tahlil va sintez usuli.

    • Tahlil — bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir. U ikki darajada amalga oshiriladi. Mikroiqtisodiy tahlilda innovasion iqtisodiyotning boshlang’ich bo’g’ini bo’lmish korxona va boshqa iqtisodiy subektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga qaratilgan xatti-harakati, tadqiq qilinadi.
    • Makroiqtisodiy tahlilda innovasion iqtisodiyotni rivojlantirganda milliy iqtisodiyotning holati, faoliyat qilishi va natijalari o’rganiladi.
    • Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy o’zaro ta’siri asosida xulosalar chiqarishdir.

5.Induksiya va deduksiya usuli. Induksiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan innovasion nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko’rishni anglatsa, deduksiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro’y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi

  • 5.Induksiya va deduksiya usuli. Induksiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan innovasion nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko’rishni anglatsa, deduksiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro’y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi

O’zbekistonda innovasion iqtisodiyot rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar

O’zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi mamlakatni innovasion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama taraqqiy ettirish hamda respublikaning intellektual va texnologik salohiyatini ko’tarishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi bo’lib, o’z faoliyati doirasida yuqorida aytib o’tilgan dolzarb masalalar yechimi borasida aniq belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

O’zbekistonda innovasion iqtisodiyot, innovasion rivojlanish bo’yicha olib borilgan chora-tadbirlar:

  • 1. Mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovasion rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish bo’yicha:
  • 1.1. 2018 yil 21 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovasion rivojlantirish strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. Strategiyaning bosh maqsadi inson kapitalini rivojlantirish, 2030 yilgacha Global innovasion indeks reytingi bo’yicha jahonning 50 ta ilg’or mamlakati tarkibiga kirish etib belgilandi;
  • 1.2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi PQ-3698-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 39 ta Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari bilan iqtisodiyotni real sektorini rivojlantirish bo’yicha “Yul xarita”lari ishlab chiqilib hamkorlikda samarali ishlar yo’lga qo’yildi. 20 ga yaqin tashkilotda Innovasion rivojlanish va novatorlik g’oyalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armalari tashkil etilib, jami 45,46 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirilgan;

1.3. Venchurga asoslangan moliyalashtirishni joriy etish va innovasion loyihalarga tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy mablag’larini keng jalb qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 noyabrda PF-5583-son Farmoni qabul qilindi va innovasion faoliyatni moliyalashtirishning tubdan yangi tizimi joriy etildi;

  • 1.3. Venchurga asoslangan moliyalashtirishni joriy etish va innovasion loyihalarga tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy mablag’larini keng jalb qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 noyabrda PF-5583-son Farmoni qabul qilindi va innovasion faoliyatni moliyalashtirishning tubdan yangi tizimi joriy etildi;
  • 1.4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 yanvardagi 48-son qarori bilan O’zbekiston Respublikasida 2019 - 2021 yillarda “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi tasdiqlandi. Hozirda ushbu konsepsiya Navoiy, Nurafshon va Mo’ynoq shaharlariga joriy qilinmoqda;
  • 1.5. 2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasida startap-ekotizimni rivojlantirish bo’yicha ilk bor konsepsiya ishlab chiqildi. Mazkur konsepsiya Havfsizlik Kengashiga kiritildi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga ahborot berishga tayyorlandi;

2. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o’sishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi yuksalishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga qodir bo’lgan fan va innovasiya faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish bo’yicha:

  • 2. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o’sishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi yuksalishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga qodir bo’lgan fan va innovasiya faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish bo’yicha:
  • 2.1. Hududlarning ilmiy salohiyatini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha umumiy qiymati 16,5 mlrd. so’mlik 20 ta mavzu bo’yicha tanlov e’lon qilindi. Tanlovga kelib tushgan 226 ta loyihalarni belgilangan tartibda ekspertizadan o’tkazilishi va Ilmiy-texnik kengashlarda ko’rib chiqilishi ta’minlandi. Natijada, 9 ta loyiha 7,2 mlrd so’mga moliyalashtirishga tavsiya etildi;
  • 2.2. Surxondaryo viloyatida 10 ta aqlli bekat qurildi (1,264 mlrd so’m). Hozirgi kunda Qoraqalpog’iston Respublikasining Mo’ynoq shahrida 5 ta “Aqlli bekat“ lar qurilishi tashkil etilmoqda;

2.3. Aholini oflayn tarzda axborot resurs bazasidan foydalanish imkonini yaratish maqsadida respublikamizning chekka hududlarida joylashgan maktablar, OTMlar va jamoat gavjum bo’lgan joylarga 100 dona “Q-Box” moslamalari o’rnatildi;

  • 2.3. Aholini oflayn tarzda axborot resurs bazasidan foydalanish imkonini yaratish maqsadida respublikamizning chekka hududlarida joylashgan maktablar, OTMlar va jamoat gavjum bo’lgan joylarga 100 dona “Q-Box” moslamalari o’rnatildi;
  • 2.4. Ishsiz yurgan yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida Hindiston va Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida “Biznes-akselerator” o’quv-amaliy markazi faoliyati tashkil etilmoqda;
  • 2.5. Maktablarda dars vaqtlarini elektron qo’ng’iroq orqali boshqarish maqsadida Elektron qo’ng’iroq qurilmasi ishlab chiqildi. Jizzax viloyatidagi maktablarga sinov tariqasida o’rnatildi;
  • 2.6. O’zbekistonda ilk bor Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida Bolalar texnoparki tashkil etildi.

3. Innovasion g’oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish sohasiga investisiyalarni keng jalb etish, ularning yanada rivojlanishini ta’minlovchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha:

  • 3. Innovasion g’oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish sohasiga investisiyalarni keng jalb etish, ularning yanada rivojlanishini ta’minlovchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha:
  • 3.1 O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ixtirochilari, investorlar va O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3855 son qarori bilan belgilangan usullar orqali ishlanmalarni tijoratlashtirish ta’minlangan.
  • 3.2.  2019 yil 1 iyul holatiga jami 62 ta innovasion ishlanma tijoratlashtirilmoqda. Olib borilgan ishlar natijasida umumiy qiymati 11,9 mlrd. so’m miqdorida mahsulot ishlab chiqarilgan va 4,9 mlrd. so’mlik mahsulot sotilgan.
  • 3.3. 30 ta ishlanma bo’yicha 19 ta innovasion startap kompaniyalar tashkil qilingan, unda 15 ta ilmiy muassasa, 6 ta tijorat banki va 6 ta investor qatnashdi.

3.4. Intellektual mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarni investorlarga o’tkazish bo’yicha 11 ta lisenziya kelishuvlari tuzildi va innovasion ishlanmalar mualliflariga yillik 3-15% miqdorida daromad olishi ta’minlandi.

  • 3.4. Intellektual mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarni investorlarga o’tkazish bo’yicha 11 ta lisenziya kelishuvlari tuzildi va innovasion ishlanmalar mualliflariga yillik 3-15% miqdorida daromad olishi ta’minlandi.
  • Shuningdek, Umumiy va noorganik kimyo instituti ishtirokida “ponton” ishlab chiqaruvchi “Kimyoviy texnologiya” MChJ tashkil etildi. Hozirda, Muborak gazni qayta ishlash zavodiga umumiy miqdori 182,5 mln so’mlik ponton yetkazib berildi.
  • 3.5.Shu bilan birga venchurli moliyalashtirish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 mayda 414-son qarori qabul qilindi. Bugungi kunda 2 ta Investisiya kompaniyasi (Venchur Kapital Invest va O’zbek-Amirlik investisiya kompaniyasi) tashkil etildi.

3.6.Innovasion loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirilgan umumiy qiymati 113,42 mlrd.so’m miqdorida investisiya loyihalari o’zlashtirishga erishildi. Shundan 77,0 mlrd.so’m ichki investisiyalar, 1,8 mlrd.so’m to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalar va 34,62 mlrd.so’m texnik ko’mak hisobiga amalga oshirilgan. Ushbu investisiyalarning salmoqli qismi sog’liqni saqlashga 42% (47,1 mlrd.so’m), ta’lim sohasiga 30% (33,7 mlrd.so’m) va sanoatga 26% (29,2 mlrd.so’m) yo’naltirilgan.

3.6.Innovasion loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirilgan umumiy qiymati 113,42 mlrd.so’m miqdorida investisiya loyihalari o’zlashtirishga erishildi. Shundan 77,0 mlrd.so’m ichki investisiyalar, 1,8 mlrd.so’m to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalar va 34,62 mlrd.so’m texnik ko’mak hisobiga amalga oshirilgan. Ushbu investisiyalarning salmoqli qismi sog’liqni saqlashga 42% (47,1 mlrd.so’m), ta’lim sohasiga 30% (33,7 mlrd.so’m) va sanoatga 26% (29,2 mlrd.so’m) yo’naltirilgan.

3.7 Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan umumiy xajmi 1,25 mln. AQSh dollari hamda 1,9 mln. yevrodan iborat 170 ta xalqaro ilmiy grantlarning bajarilishi ta’minlandi. Shu bilan birgalikda umumiy qiymati 54,4 mln. AQSh dollari miqdoridagi 7 ta investisiya loyihalari ishlab chiqildi. Xususan, umumiy qiymati 30,0 mln.doll bo’lgan 3 ta loyiha to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalar hisobiga va ichki investisiyalar hisobiga qiymati 14,4 mln.doll. 4 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

4. Iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikasiya, sanoat va boshqa innovasion texnologiyalarni jadal joriy etish.

4. Iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikasiya, sanoat va boshqa innovasion texnologiyalarni jadal joriy etish.

4.1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-son qarorda belgilangan ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha 2019 yilda umumiy qiymati 7,6 mlrd so’mlik 10 ta yo’nalishda innovasion loyihalar tanlovi e’lon qilindi. Shu bilan birga yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqish bo’yicha Turkiyaning ilmiy texnologik tadqiqotlar kengashi “TUBITAK” tashkiloti hamda Qozog’istonning Nazarbayev universiteti bilan hamkorlikda texnologik startaplar uchun “Tech Cyentral Asia Tashkent” akselerasion dasturi ishga tushirildi.

4.2. O’zbekiston Respublikasida sanoat raqobatbardoshliligini oshirish orqali ichki bozorni iste’molchilar talabi bilan qondirish va eksport ulushini oshirishda xorijiy rivojlangan mamlakatlar tajribalarni chuqur tahlil qilgan xolda mamlakatda yagona klaster siyosatini joriy etishdagi asosiy muammalar va ularning yechimlari bo’yicha Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administrasiyasiga takliflar kiritildi.

4.3. Birlashgan Millatlar tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) bilan hamkorlikda “O’zbekistonda Sanoatni innovasion rivojlantirish islohoti” loyihasi ishlab chiqildi.

4.3. Birlashgan Millatlar tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) bilan hamkorlikda “O’zbekistonda Sanoatni innovasion rivojlantirish islohoti” loyihasi ishlab chiqildi.

4.4. Toshkent temir yo’l muhandislari instituti bazasida “Yangi innovasiyalar asosida dronlarni loyihalash va ekspluatasiya qilish” yangi ta’lim yo’nalishi bo’yicha 2018-2019 o’quv yilidan boshlab talabalar qabul qilindi hamda tegishli fakultet tashkil etildi.

4.5. Toshkent shahri Yunusobod tumanida 10 million AQSh dollar investisiya kiritish asosida zamonaviy farmasevtika O’zbek-Xitoy texnologik parki va klinikasi tashkil qilindi. Ushbu hamkorliklar davomi sifatida Navoiy viloyatidagi Navoiy erkin iqtisodiy zonasida farmasevtika sohasini rivojlantirish bo’yicha dori-darmon xomashyosi bo’lgan sintetik xomashyoni ishlab chiqarish maqsadida 10 million AQSh dollari miqdoridagi O’zbek-Xitoy texnologik parki tashkil etilmoqda.


Download 408.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling