Onglilik va faollik prinsipi
Ta’limda onglilik va faollik prinsipi bilimlarni faol bilish va amaliy faoliyatda ongli o‘zlashtirilishini talab etadi. Ta’limdagi onglilik —bu o‘quv- chilarni ta’limga bo‘lgan pozitiv munosabati, o‘rganilayotgan muammoni mohiyatini tushunish. O‘quvchilar tomonidan bilimlarni ongli o‘zlashtirish qator omillarga bog‘liq: ta’lim motivlariga, bilish faolligi darajasiga va xarakteriga, o‘quv jarayonini tashkil etilishiga, qo‘llaniladigan metod va ta’lim vositalariga. O‘quv- chilar faolligi — bu ularni ta’lim jarayonidagi intensiv aqliy va amaliy faoliyati.
Onglilik bilimlarni ongli o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan prinsipdir. Bilim, malaka, ko‘nikmalarni ongli o‘zlashtirish quyidagi xususiyatlarga ega: Ta’lim maqsadini anglash, materialni ongli egallash, ularni farqlay bilish, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash jarayonini sezish, natijalarni baholay bilish. Faollik bilim, ko‘nikma va malakalarni ongli o‘zlashtirish sharoit va natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Amaliyotda onglilik va faollik prinsipi qator qoidalarga amal qilishni talab
etadi:
o‘quvchilar tomonidan ta’lim maqsadi va vazifalarini aniq tushunib olishga erishish;
diqqatni tortuvchi faktlarni, ma’lumotlarni, misollarni qo‘llash;
texnik vositalarni va ko‘rgazmali qurollarni qo‘llash;
o‘quvchilarni nazariy bilimlarni qo‘llash bo‘yicha amaliy faoliyatga jalb
qilish;
ta’limning faol va intensiv metodlarini qo‘llash;
noaniqni aniq bilan mantiqiy bog‘lash;
o‘quvchilarni sabab oqibat aloqalarini topishga o‘rgatish;
o‘quvchilarda optimizmni va ishonchni qo‘llab-quvvatlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |