Bob. Pedagogikaning umumiy asoslari o‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi
Download 1 Mb.
|
Pedagogika Tarixi 2-qism
Ta’limda moslik prinsipi
Ta’limda moslik prinsipi o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan o‘quv materiali hajmi va mazmuni hamda metodlari o‘quvchilarni o‘zlashtirish imkoniyatlariga va ularning aqliy, axloqiy, estetik rivojlanganlik darajalariga mos bo‘lishini talab qiladi. O‘zlashtirilayotgan o‘quv materiali mazmunini o‘ta murakkabligi o‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini pasaytirib, ularda ishchanlikni yo‘qolishiga olib keladi. Bu degani moslik prinsipi ta’lim mazmuni oddiy, elementar bo‘lishi kerak degani emas. Amaliyot va izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan mazmun oddiy, elementar bo‘lganda ham o‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari pasayib, o‘qishga bo‘lgan qobiliyatlari rivojlanmaydi. Ta’lim jarayonida ta’limni rivojlantiriuvchi funksiyasi amalga oshmaydi. Shulardan kelib chiqib, taniqli rus pedagogi va psixologi L.V.Zankov rivojlantiruvchi ta’limning o‘qitishda yuqori darajadagi qiyinchilik darajasi prinsipini asoslab berdi. Amaliyotda moslik prinsipiga amal qilishning quyidagi qoidalari mavjud: ta’limda osondan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa borish; oddiy, tushunarli tilda tushuntirish; o‘quvchilarni bilish faoliyatini boshqarish; o‘quvchilarni o‘quv materialini qabul qilish tezligi farqlarini, ishlash tempini, qiziqishlarini, hayotiy tajribasini, rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish; analogiyalashni, qiyoslashni, taqqoslashni, qarama-qarshi qo‘yishni qo‘llash; Har bir yangi tushunchani kiritish nafaqat qo‘yilgan bilish vazifalari manti- g‘idan kelib chiqishi, balki ta’limning o‘tgan bosqichlaridan tayyorlanishi kerak; moslik ishchanlik qobiliyati bilan bog‘liq, ishga layoqatlilikni rivojlantirib, o‘quvchilarni tez va uzoq fikrlash faoliyatiga o‘rgatish kerak. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling