Bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan duo
Download 2.04 Mb. Pdf ko'rish
|
-bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan d…
www.ziyouz.com kutubxonasi
99 vasallam: «Agar biror kishi mana shu oyatlarni ishonch bilan o’qisa, tog’ni ham maydalab yuboradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 95-bob. Bolalarga va boshqalarga panoh tilanadigan duo 342/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husaynlarga «U’iyzukuma bikalimatillahit tammati min kulli shaytonin va hammah va min kulli ‘aynin lammah», duosini o’qib panoh tilar va: «Bu duo otangiz Ismoil va Ishoq alayhimossalomlarning panoh tilaydigan duolari edi», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari bilan har bir shaytondan, zararli hasharotlardan va yomon ko’zdan sizlarga panoh tilayman.) Imom Buxoriy rivoyatlari 96-bob. Yiringlaganda, yallig’langanda va a’zolarga toshadigan narsalarga aytiladigan duo 343/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayollaridan biri rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening huzurimga kirdilar. Barmog’im yallig’langan edi. Shunda Rasululloh: «Senda g’arov qamishi (Hindistondan keltirilgan o’simlik) bormi?» deb so’radilar. Uni barmog’imga qo’ydilar va: «Allohumma musag’g’irol kabiyr va mukabbiros sog’iyr, sog’g’ir ma biy», deb ayt, shunda u sendan yo’qoladi», dedilar». (Ma’nosi: Ey kattani kichik, kichikni katta qiluvchi Zot, mendagi narsani kichik qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 100 KASALLIK VA O’LIM HAMDA U IKKISIGA TAALLUQLI ZIKRLAR KITOBI 97-bob. O’limni eslashni ko’paytirishning mustahabligi 344/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Lazzatlarni ketkazuvchi (o’limni) ko’p zikr qilinglar», dedilar. Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari Download 2.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling