bob. Umumiy qoidalar modda Ushbu qoidalar bilan tartibga solinadigan munosabatlar


Download 40.69 Kb.
bet11/13
Sana15.06.2023
Hajmi40.69 Kb.
#1481450
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Universitetning odob axloq qoidalari

b) xodimlar:
-oʻz xizmat joyidagi tartib-intizomga va universitet ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishga;
-taʼtildan oldin yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganda oʻz xizmat joyini talabga javob beradigan holatda qoldirishga, oʻz zimmasidagi texnika vositalari va boshqa materiallarni, oʻziga topshirilgan, lekin hali yakunlanmagan vazifalarni boshqa shaxsga topshirmaslikka;
-telefon orqali muloqot qilishda muomala madaniyati va axborot taqdim etish qoidasiga rioya qilishga (jumladan, suhbatni eng avval rasmiy tarzda salomlashishdan boshlab, soʻng oʻz xizmat muassasasi, lavozimi hamda familiyasi, ismi, otaismini aytib, maqsadga oʻtish lozim. Taqdim etilayotgan axborot maksimal qisqa, loʻnda va aniq boʻlishi kerak, soʻralayotgan maʼlumot suhbat jarayonida izlanishi tufayli telefon tarmogʻini band qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, zarurat boʻlsa, qayta qoʻngʻiroqni amalga oshirish mumkin);
-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga;
-yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot boʻlgan ekstremistik taʼsirlardan, “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh qilib borishga;
-taʼlim oluvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda va maʼrifiy ishlarning samarali shakl hamda uslublarini ishlab chiqishga koʻmaklashishga;
-oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga shubha tugʻdiradigan xatti-harakatlarni qilmaslikka, talabalar bilan oʻz hamkasblarini kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilmaslikka;
-talabalarni asossiz oʻquv mashgʻulotlaridan chiqarib yubormaslikka, shuningdek, talabaga universitet talabalar safidan chetlashtirish (kursdan kursga qoldirish) yoki talabaning majburan oʻqishdan voz kechishiga undash bilan qoʻrqitmaslikka, uning asossiz talabalar safidan chetlashtirilishiga (kursdan-kursga qoldirilishiga) olib kelmaslikka;
-akademik guruhda (kursda) talabalar hulqining umumiy madaniy holati haqida fakultet dekanlariga kerak boʻlgan hollarda taʼsir choralari koʻrish lozimligi yuzasidan yozma maʼlumot taqdim etish kabi talablarni bajaradilar.



Download 40.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling