Algoritm tushunchasi va uning xossalari
Download 76.11 Kb.
|
1675155031 Algoritm tushunchasi va uning xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-SINFLAR UCHUN “ALGORITM TUSHUNCHASI VA UNING XOSSALARI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN 1-SOATLIK DARS ISHLANMASI
- Dars uslubi
- II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: “Model va uning turlari”
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI ANDIJON VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI PAXTAOBOD TUMANI XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI 18- SONLI UMUMTA’LIM MAKTABINING INFORMATIKA FANI O’QITUVCHISI O’SAROV XABIBULLONING 9-SINFLAR UCHUN “ALGORITM TUSHUNCHASI VA UNING XOSSALARI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN 1-SOATLIK DARS ISHLANMASI Mavzu: Algoritm tushunchasi va uning xossalari. Darsning maqsadlari: a) Ta’limiy : o’quvchilarga algoritm tushunchasi va uning xossalari haqida tushuncha berish. b) Tarbiyaviy: o’quvchilarni Ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash va kompyuter xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga o’rgatish c) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish. Dars uslubi : Noan’anaviy Dars turi : yangi bilim va tushunchalarni umumlashtiruvchi Dars jihozi: darslik,plakatlar,tayyor prezentatsiya materiallari, test yozilgan tarqatmalar,ko’rgazmalar I. Darsning borishi: a) o’quvchilar bilan salomlashish b) o’quvchilar davomatini aniqlash c) sinf xona tozaligini ko’zdan kechirish O’qituvchi tashkiliy qismni o’tkazib bo’lgach , o’quvchilarga savollar beradi. II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: “Model va uning turlari” “Model va uning turlari” mavzusini mustahkamlash uchun o’quvchilar bilan tarqatmalar orqali savol-javoblar tashkil qilinadi. III. Yangi mavzu bayoni: Mavzu: Algoritm tushunchasi va uning xossalari. Algoritm so’zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783 – 850) nomi bilan uzviy bog’liq. Algoritm so’zi al-Xorazmiy nomini Yevropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan kelib chiqqan. Al-Xorazmiy arifmetikaga bag’ishlangan «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va almuqobala» nomli risolasida birinchi bo’lib o’nlik sanoq sistemasining prinsiplari va undagi to’rt amalni bajarish qoidalarini asoslab bergan. Olimning «al-Xorazmiy» nomi esa «algoritm» shaklida fanda abadiy o’rnashib qolgan. Odatda, inson o’z hayotiy tajribasi yoki o’zlashtirgan bilimlariga asoslanib, ma’lum bir harakatlar, boshqacha aytganda, ko’rsatma yoki buyruglar ketma-ketligini bajarish orgali kozlagan maqsadiga erishadi. Bunday ko’rsatma va harakatlar ketma-ketligi algoritm so’zi bilan ifodalanadi. Algoritmdagi har bir ko‘rsatma yoki buyruq biror amalni bajarishni ko’zda tutadi. Algoritmdagi amallarni bajaradigan obyektni ijrochi deb atash mumkin. Har qanday algoritm amallarni belgilab beruvchi qoida bo’lib, uning zanjiri natijasida berilgan qiymatlardan izlangan natija kelib chiqadi. Bunday amallar zanjiri algoritmik jarayon, algoritm tarkibidagi umumiy jihatga egahar bir amal esa algoritmning qadami deb ataladi. Download 76.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling