Algoritm tushunchasi va uning xossalari


Algoritm deganda, ijrochi uchun qo’yilgan masalani yechishga qaratilgan aniq va tushunarli ko’rsatmalarning chekli ketma-ketligi tushuniladi


Download 76.11 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi76.11 Kb.
#1518426
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1675155031 Algoritm tushunchasi va uning xossalari

Algoritm deganda, ijrochi uchun qo’yilgan masalani yechishga qaratilgan aniq va tushunarli ko’rsatmalarning chekli ketma-ketligi tushuniladi.
Misol sifatida «Internetdan qiziqarli kitob toppish va o‘qish algoritmi»ni ko‘rib chiqamiz:
1) internet qidiruv tizmiga kirish;
2) qiziqarli kitobni qidirib topish;
3) topilgan kitobni yukalab olish;
4) kitobni o‘qish;
5) o‘qigan kitob bo‘yicha xulosa qilish.
Misol sifatida qaralgan «Kitob o’qish algoritmi»da ham inson ko’zlagan maqsadiga erishish uchun ijrochi sifatida algoritmni bajarishi zarur. Undagi amallar, boshqacha aytganda. ko’rsatma yoki buyruqlar ketma-ketligi biror kishi tomonidan bajarilgachgina, ko’zlangan maqsadga erishiladi.
Hayotimizda har kuni va har soatda uchrab turadigan turli qoidalar ichida biror zaruriy natijaga erishishga olib keladigan amallarni ketma-ket bajarishni talab etadigan qoidalar informatikaning asosiy tushunchalaridan biri – algoritm so’zi bilan ifodalanadi. Aksariyat algoritmlar inson hayoti davomida ko’p bajarilganligi uchun ham odatga aylanib qoladi. Masalan, taom tayyorlash, ovqatlanish, tartibli kiyinish, xonadan chiqish, yozish, bir joydan ikkinchi joyga borish va hokazo.
Qo‘yilgan biror masalani EHMda yechish uchun, avval uning matematik modelini, keyin algoritmini va programmasini tuzish kerak bo‘ladi. Bu uchlikda algoritm bloki muhim ahamiyatga ega. Endi algoritm tushunchasining ta’rifi va xossalarini bayon qilamiz.
Algoritm bu oldimizga qo‘yilgan masalani yechish zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligidir.
Algoritm so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyur alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al-Xorazmiy nomini Yevropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan yuzaga kelgan. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik sanoq sistemasining tamoyillarini va undagi to‘rtta amallarni bajarish qoidalarini asoslab bergan.
Algoritmning asosiy xossalari.Algoritmning 5-ta asosiy xossasi bor:
Diskretlilik (Cheklilik). Bu xossaning mazmuni algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib bo‘laklash imkoniyati mavjudligida. Ya’ni uni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib qo‘llay olmasak, uni algoritm deb bo‘lmaydi.

Download 76.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling