Bob. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining asosiy faoliyati


BOB. XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKINING ASOSIY FAOLIYATI


Download 35.89 Kb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi35.89 Kb.
#1510475
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANK1

BOB. XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKINING ASOSIY FAOLIYATI

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki faoliyati
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, XTTB (IBRD, International Bank for Reconstruction and Development) — BMTning ixtisoslashgan muassasasi, Jahon banki guruhiga kiradi. Xalqaro valyuta fondi bilan bir vaqtda, BMTning 0lda BrettonVuds (AQSH)da oʻtkazilgan xalqaro valyutamoliya konferensiyasi qaroriga koʻra tashkil etilgan. 1946-yildan oʻz faoliyatini boshlagan. Aʼzo davlat soni — 181 ta (1999). Unga faqat davlatlargina aʼzo boʻlishi mumkin. Shtabkvartirasi Vashingtonda.
Bank daromadi oʻrtacha va daromadi past mamlakatlarga qfarz beradi va yordam koʻrsatadi. Bankning rasmiy maqsadlari: i.ch. maqsadlari uchun kapital qoʻyilmalarni ragʻbatlantirish yoʻli bilan aʼzo davlatlarning tiklanish va taraqqiyotiga koʻmaklashish; i.ch. maqsadlaridagi xususiy chet el investitsiyalarini ragʻbatlantirish; uzoq muddatli muvozanatlangan oʻsishni va bank aʼzolari boʻlgan davlatlarning i.ch. resurslarini rivojlantirish uchun xalqaro investitsiyalarni ragʻbatlantirish yoʻli bilan toʻlov balansining barqarorligini saqlashga koʻmaklashish va boshqa Bank uapitali aʼzo davlatlarning bank aksiyalarini sotib olishi hisobiga shakllanadi. Bankda paylarning 40% dan koʻprogʻi yetakchi rivojlangan mamlakatlar — AQSH, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Italiya hissasiga toʻgʻri keladi. XTTBning oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi. Har bir aʼzo davlat Kengashda moliya yoki rejalashtirish vaziri darajasidagi va 5 yilga tayinlanadigan bir boshqaruvchi (va bir oʻrinbosar)ga ega.
Bosh ijroiya organ — ijrochi direktorlar kengashi. 24 ijrochi direktordan 5 tasi Bankning yirik aksiyadorlari boʻlgan mamlakatlar (AKTL, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya) tomonidan, qolgan 19 tasi mamlakatlar guruhlari tomonidan tayinlanadi. Bankni prezident boshqaradi. Boshkaruvchilar kengashi sessiyalari yilda 1 marta oʻtkaziladi. Mamlakatlar XTTB kapitalidagi oʻz payi salmogʻiga mutanosib ovoz huquqiga ega. Bankda rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy resurslar ajratish masalalari boʻyicha Taraqqiyot qoʻmitasi — XXTB va XVF Boshqaruvchilar Kengashlarining qoʻshma qoʻmitasi mavjud.
Bank kreditlarini moliyalashtirishning asosiy manbai — ssuda kapitali bozorlarida mablagʻlarni jalb etishdir. Xususiy banklar va boshqa kredit muassasalari amalda kredit xatari boʻlmagan yuqori foiz stavkalari (6% dan ortiq) evaziga Bank obligatsiyalarini sotib oladilar. Bank hukumatlarga va davlat kafolati bilan xususiy korxonalarga qarz beradi, ayni paytda muttasil sof daromad ham oladi. 1994-yilda Vashington, London, Parij, Tokioda aʼzo mamlakatlardagi loyihalar toʻgʻrisida axborotlar beradigan yangi axborot markazlari tashkil etdi. 1998-yilda bank 21,1 mlrd. dollar qarz berib, uning sof foydasi 1,2 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Odatda, bank obʼyekt qiymatining 30% ga yaqin qismini qoplaydigan kreditlar beradi, uning qolgan qismi ichki yoki boshqa tashki manbalar hisobiga qoplanishi lozim. Kreditlar ssuda kapitali bozoridagi foiz stavkalari darajasi bilan belgilanadigan yuqori foizlarda 20 yilgacha muddatga beriladi. Bank kreditlarining asosiy qismi energetika, transport, aloqa va infratuzilmaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga moʻljallanadi. Bank oʻz faoliyatini boshlaganidan beri (1998-yilning 30 iyuniga qadar) eng koʻp qarz olgan mamlakatlar (mlrd. dollar): Meksika (29,1), Braziliya (25,7), Hindiston (25,4), Indoneziya (24,4), Xitoy (21,4), Argentina (14,5), Koreya Respublikasi (13,5), Turkiya (13,2), Filippin (9,9), Rossiya (9,8).
Bank kreditlar ajratishdan tashkari mamlakatlarga loyihalarni tayyorlashda yordam koʻrsatadi.
1992-yil Oʻzbekiston XTTB ga aʼzo boʻlib kirdi va 1993-yilda uning vakolatxonasi Toshkent shahrida faoliyat koʻrsata boshladi. 1993-yil noyabr oyida Oʻzbekiston uchun mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, moliyaviy sektorni rivojlantirish boʻiicha tarkibiy yoʻnalish va dasturlarni ishlab chikishni moliyalashtirish uchun 21,0 mln. AQSH dollari miqdorida dastlabki qarz mablagʻlari ajratdi. 1994—2000-yillarda bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turli loyihalarni moliyalashtirish maqsadida jami 458,0 mln. dollar miqdorida qarz mablagʻlari ajratildi. Ulardan eng yiriklari mamlakatimizda paxtachilikni rivojlantirishga (66,0 mln. dollar) va suv taʼminoti, sanitariya va salomatlik tadbirlarini moliyalashtirishga (75,0 mln. dollar) sarflandi.
2003-yilda Jahonbankining Direktorlar kengashi Oʻzbekistonga 60,0 mln. dollar miqdorida (uning yarmi XTTB tomonidan 20-yil muddatga imtiyozli foiz stavkalarida) kredit mablagʻlari ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi 1945 yilda tashkil topgan bo‘lib, xalqaro valyuta tizimining rivojlanishini hamda 189 ta a'zo mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Xalqaro valyuta fondi to‘lov balansining joriy yoki potensial qiyinchiliklariga duch kelayotgan a'zo davlatlar xalqaro zaxiralarini tiklashga, milliy valyutalarini barqarorlashtirishga, importning uchun to‘lovlarni davom ettirishga va kuchli iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlarni tiklashga kreditlar ajratish bilan asosiy muammolarni bartaraf etadi.
Jahon banki guruhi vazifalari kengayishi bilan turli vaqtda tashkil etilgan va funksional, tashkiliy va hududiy jihatdan birlashgan besh tashkilotni o‘z ichiga oladi, jumladan:
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB);
Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi (XRA);
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK);
Investisiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli agentlik (IKKA);
Investisiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM).
Jahon banki guruhining asosiy maqsadi rivojlanayotgan va iqtisodiyotiga o‘tish davrida bo‘lgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Ushbu guruh tarkibiga kiruvchi har bir institut o‘z resurslaridan mustaqil ravishda va o‘zlari belgilangan sharoitda mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishga hissa qo‘shadigan investisiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) Bretton-Vud konferensiyasi qaroriga asosan 1944 yilda tashkil etilgan bank. Global rivojlanish tashkiloti bo‘lib, Jahon banki guruhining missiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan, o‘rtacha daromadli va eng past darajadagi daromadli mamlakatlarga kreditlar, kafolatlar, xatarlarni boshqarish bo‘yicha mahsulotlar va maslahat xizmatlarini taqdim etuvchi eng yirik bank hisoblanadi.
Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi (XRA)ga 1956 yil asos solingan bo‘lib, dunyodagi eng qashshoq mamlakatlarga foizsiz kreditlar va grantlar taqdim etadi. YaIMning qiymati aholi jon boshiga 835 AQSh dollardan oshmaydigan mamlakatlargina XRA dan qarz olish huquqqa ega. XRA 30-40 yillik muddatga va dastlabki o‘n yillik imtiyozli davr (belgilangan muddatning asosiy qarzini to‘lamaslik imtiyozi) bilan foizsiz kreditlar taqdim etadi.
Investisiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli agentlik (IKKA) o‘z faoliyatini 1988 yilda boshlagan va rivojlanayotgan mamlakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish, siyosiy xatarlardan sug‘urtalash va xususiy investorlarga kafolatlar berish, shuningdek maslahat va axborot xizmatlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan. IKKA kafolati investorlarni mablag‘lar harakatini cheklashdan, musodara qilinishidan, harbiy va fuqaroviy tartibsizliklardan va shartnoma shartlarini buzish xavflaridan himoya qiladi.
Investisiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM)ga 1966 yilda asos solingan bo‘lib, davlatlar va xususiy investorlar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro arbitraj tashkiloti (xalqaro investisiyaviy arbitraj) hisoblanadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) 1991 yildan buyon faoliyat yuritib, ochiq bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishni, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlarida xususiy va tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlovchi institutdir. Xususiy bank sektor bilan hamkorlikka e'tibor qaratgan holda, loyihalarga sarmoyalar kiritadi, davlat siyosati masalalari bo‘yicha muloqot olib boradi va innovasiyalarni rivojlantirish, barqaror va ochiq bozor iqtisodiyotini barpo etish uchun texnik yordam ko‘rsatadi.
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u mintaqalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlar va texnik yordamlar ko‘rsatish orqali Osiyoning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. OTB rivojlanayotgan a'zo mamlakatlardagi xususiy korxonalarga kapital qo‘yilmalar va kreditlar ajratish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam beradi. OTB tegishli mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga samarali hissa qo‘shadigan va mamlakat strategiyasiga muvofiq qashshoqlikni kamaytirishga eng katta ta'sir ko‘rsatadigan loyihalarni moliyalashtiradi.
Osiyo infratuzilma investisiya banki (OIIB) Osiyodagi murakkab infratuzilma ehtiyojlarini qondirish maqsadida davlatlarni birlashtirish uchun tashkil etilgan ko‘p tomonli moliyaviy institutdir. U o‘z faoliyatini 2014 yil yanvar oyida boshlagan va xozirgi paytda unga 57ta mamlakat a'zo. OIIB elektr va energetika, transport va telekommunikasiya, qishloq infratuzilmasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, suv ta'minoti va kanalizasiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda shaharlar va logistikani rivojlantirish sohalarida ishonchli va barqaror loyihalarni moliyalashtirishni taklif etadi.
2008 yilda tashkil topgan Moliyaviy ommaboplik al'yansining (MOA) maqsadi moliyaviy ommaboplik bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish orqali moliyaviy resurslardan foydalana olmaydiganlar uchun tegishli moliyaviy xizmatlar sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirishdan iborat. Dunyoning 95 rivojlanayotgan mamlakatlarining tartibga soluvchi moliyaviy tashkilotlarini birlashtiradi. Al'yans davlat moliyaviy tizimining iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan muhim siyosiy sohalarda a'zo mamlakatlarga grantlar va texnik yordam ko‘rsatadi.
Islom taraqqiyot banki (ITB) - islomiy moliyalashtirishga yo‘naltirilgan ko‘p tomonlama rivojlanish banki 1975 yilda tashkil topgan. U a'zo mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish loyihalarini moliyalashtiradi. Bank shariat qonunlari va tamoyillariga asoslanib, a'zo davlatlar va butun dunyo musulmon jamoalarida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Islom taraqqiyot banki guruhiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK), 1999 yilda tashkil etilgan bo‘lib, xususiy sektorga moliyaviy xizmatlarni taqdim qiladi. U global hamkorlik platformasida kredit liniyalari, maslahatlar, aktivlarni boshqarish, investisiyaviy bitimlar va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun strategik hamkorlikni ta'minlaydi.
Moliyalashtirish usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan: kapital va foyda olishda ishtirok etish, lizing, qisman qayta sotish va boshqalar.
1999 yilda asos solingan Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi (XISMK) Islom taraqqiyot bankining avtonom bo‘linmasi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi butun Islom dunyosidagi odamlarning iqtisodiy ahvoli va turmush tarzini yaxshilash maqsadida savdoni rivojlantirish dan iborat.
1977 yilda tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining (XQXRJ) asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish va kam ta'minlanganlarning ovqatlanish holatini yaxshilash uchun moliyaviy resurslarni jalb qilishdan iboratdir. Jamg‘arma kam ta'minlangan qishloq uy xo‘jaliklarining ovqatlanishini yaxshilash, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va daromadlarni ko‘paytirishga sharoit yaratish maqsadida mablag‘larni safarbar qiladi
Muzokarada mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ragʻbatlantirish va xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda Oʻzbekiston bilan YETTB oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning hozirgi holati va uni chuqurlashtirishning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Taʼkidlandiki, Oʻzbekiston jalb qilingan mablagʻlar boʻyicha ketma-ket ikkinchi yil Bankning Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik hamkoriga aylanyapti. Birgina 2021-yilda YETTB muqobil energetika, infratuzilmaviy rivojlanish hamda kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash sohalarida 22 investitsiyaviy loyihani amalga oshirish doirasida mamlakatga qariyb 700 mln. dollar investitsiya kiritdi. Shu bilan birga, oʻtgan yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston YETTBning investitsiyalar kiritilishi boʻyicha “top-5 mamlakatlariga” kirdi.
Bugungi kunga kelib YETTB koʻmagida amalga oshirilayotgan loyihalar portfeliga 838 million yevro qiymatidagi 11 ta loyiha kiradi. Mazkur loyihalarni hayotga joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama etilib, aniq muddatlar va kutilayotgan natijalar belgilab olindi.
Oʻzbekiston tomoni YETTB hamda Oʻzbekistonning xususiy kompaniyalar va tijorat banklari oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlari oʻzaro rivojlanayotganligini olqishladi. Hamkorlik oʻrnatilganidan buyon YETTB 106 ta loyihani amalga oshirish uchun 2,8 milliard yevrodan ortiq mablagʻni olib kirdi. Bank investitsiyaviy portfelining 48 foizi xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash loyihalaridan iborat hamda mamlakatimiz tijorat banklariga kichik va oʻrta biznes uchun moʻljallangan kredit liniyalari shaklida ajratilgan umumiy moliyalashtirishning hajmi 450 million dollarni tashkil etadi.
Muloqot chogʻida tomonlar davlat korxonalari va banklarni xususiylashtirishda texnik yordam koʻrsatish, investitsiyaviy muhitni yuksaltirishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish, aralash moliyalashtirish vositalarini joriy etish orqali kommunal xizmatlar va infratuzilmaviy rivojlanishning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, moliya bozorini rivojlantirish va mahalliy eksportyorlarni qoʻllab-quvvatlash kabi ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha navbatdagi tadbirlarni muhokama qildi.
Investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish vositalarini, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni oʻz ichiga oladigan Oʻzbekiston sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish borasida hamkorlik qilish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Hamkorlikning ushbu yoʻnalishi doirasida birgalikda ish olib borish va aniq takliflar ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurash va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda, “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish borasida YETTB koʻrsatayotgan moliyaviy va maslahat yordamining hajmini oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, Oʻzbekistonda “yashil” loyihalar Markazini tashkil etish tashabbusi koʻrib chiqildi, bu esa rivojlanish boʻyicha hamkorlar va xususiy investorlarning “yashil” texnologiyalarni ilgari surish va “yashil” iqtisodiyotga oʻtish borasidagi saʼy-harakatlarini birlashtirishga imkon beradi.
Muzokaralar kun tartibida gender tengligini taʼminlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatidagi ishtirokini oshirish chora-tadbirlariga muhim oʻrin berildi. Mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Ayollar biznesda” dasturini yanada kengaytirish yoʻllari alohida muhokama qilindi.
Bundan tashqari, boshqa masalalar, jumladan, Oʻzbekiston hududlarida Bankning yangi ofislarini ochish istiqbollari, 2023-yilda Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan YETTB Boshqaruvchilar Kengashining Yillik yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish, shuningdek, joriy yilning mart oyida boʻlib oʻtadigan Toshkent xalqaro investitsiyaviy forumida Bank rahbariyatining ishtirokini tashkil qilish imkoniyatlari muhokama qilindi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Download 35.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling