XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………………..2
BOB. XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKINING ASOSIY FAOLIYATI
1.1.Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi…………………………………………………………….……………5
1.2.Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzidan foydalanish va uni qaytarish…………………………………………………………………………7
BOB. XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKINING ASOSIY FAOLIYATI
2.1.Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki faoliyati………………...…………14
2.2. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz...23
Xulosa ……………………………………………………………………………..31
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………..…..33
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, XTTB (IBRD, International Bank for Reconstruction and Development) — BMTning ixtisoslashgan muassasasi, Jahon banki guruhiga kiradi. Xalqaro valyuta fondi bilan bir vaqtda, BMTning 0lda BrettonVuds (AQSH)da oʻtkazilgan xalqaro valyutamoliya konferensiyasi qaroriga koʻra tashkil etilgan. 1946-yildan oʻz faoliyatini boshlagan. Aʼzo davlat soni — 181 ta (1999). Unga faqat davlatlargina aʼzo boʻlishi mumkin. Shtabkvartirasi Vashingtonda.
Kurs ishining maqsadi. Bank daromadi oʻrtacha va daromadi past mamlakatlarga qarz beradi va yordam koʻrsatadi. Bankning rasmiy maqsadlari: i.ch. maqsadlari uchun kapital qoʻyilmalarni ragʻbatlantirish yoʻli bilan aʼzo davlatlarning tiklanish va taraqqiyotiga koʻmaklashish; i.ch. maqsadlaridagi xususiy chet el investitsiyalarini ragʻbatlantirish; uzoq muddatli muvozanatlangan oʻsishni va bank aʼzolari boʻlgan davlatlarning i.ch. resurslarini rivojlantirish uchun xalqaro investitsiyalarni ragʻbatlantirish yoʻli bilan toʻlov balansining barqarorligini saqlashga koʻmaklashish va boshqa Bank kapitali aʼzo davlatlarning bank aksiyalarini sotib olishi hisobiga shakllanadi. Bankda paylarning 40% dan koʻprogʻi yetakchi rivojlangan mamlakatlar — AQSH, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Italiya hissasiga toʻgʻri keladi. XTTBning oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi. Har bir aʼzo davlat Kengashda moliya yoki rejalashtirish vaziri darajasidagi va 5 yilga tayinlanadigan bir boshqaruvchi (va bir oʻrinbosar)ga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |