Bob. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining asosiy faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Download 35.89 Kb.
|
2 XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANK1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Shahar infratuzilmasini boshqarish samaradorligini oshirish va kompleks takomillashtirish, oʻrta shaharlar aholisi uchun servis xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga zamonaviy texnik, moliyaviy va boshqaruv vositalarini joriy etish orqali ularning salohiyatini kuchaytirish maqsadida: 1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki: 2018-yil 18-dekabrda Jahon bankining Direktorlar kengashi tomonidan “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” dastlabki loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (keyingi oʻrinlarda — XTTB) 100 million AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasiga taqdim etish maʼqullangan; loyiha doirasidagi tajriba-sinov shaharlari sifatida Yangiyoʻl (Toshkent viloyati), Kogon (Buxoro viloyati) va Chortoq (Namangan viloyati) belgilangan. 2. Quyidagilar loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: XTTBning 5 yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda qaytarish muddati 30 yil boʻlgan 100 million AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlari; Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona imtiyozlaridan, shuningdek, koʻchib oʻtish boʻyicha xarajatlarni qoplashdan iborat ekvivalenti 24,12 million AQSH dollari miqdoridagi hissasi. 3. Belgilansinki: Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, XTTB qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi; loyihani amalga oshirishni umumiy muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi tomonidan amalga oshiriladi; loyihani amalga oshirish doirasida XTTB qarz mablagʻini soʻndirish, shuningdek, foizlar, vositachilik haqi va boshqa chiqimlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va tegishli viloyatlarning mahalliy byudjetlari mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi. 4. Quyidagilar: “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq; Download 35.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling