Bob. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining asosiy faoliyati
Download 35.89 Kb.
|
2 XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANK1
Kurs ishining vazifalar: Bosh ijroiya organ — ijrochi direktorlar kengashi. 24 ijrochi direktordan 5 tasi Bankning yirik aksiyadorlari boʻlgan mamlakatlar (AKTL, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya) tomonidan, qolgan 19 tasi mamlakatlar guruhlari tomonidan tayinlanadi. Bankni prezident boshqaradi. Boshkaruvchilar kengashi sessiyalari yilda 1 marta oʻtkaziladi. Mamlakatlar XTTB kapitalidagi oʻz payi salmogʻiga mutanosib ovoz huquqiga ega. Bankda rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy resurslar ajratish masalalari boʻyicha Taraqqiyot qoʻmitasi — XXTB va XVF Boshqaruvchilar Kengashlarining qoʻshma qoʻmitasi mavjud.
Bank kreditlarini moliyalashtirishning asosiy manbai — ssuda kapitali bozorlarida mablagʻlarni jalb etishdir. Xususiy banklar va boshqa kredit muassasalari amalda kredit xatari boʻlmagan yuqori foiz stavkalari (6% dan ortiq) evaziga Bank obligatsiyalarini sotib oladilar. Bank hukumatlarga va davlat kafolati bilan xususiy korxonalarga qarz beradi, ayni paytda muttasil sof daromad ham oladi. 1994-yilda Vashington, London, Parij, Tokioda aʼzo mamlakatlardagi loyihalar toʻgʻrisida axborotlar beradigan yangi axborot markazlari tashkil etdi. 1998-yilda bank 21,1 mlrd. dollar qarz berib, uning sof foydasi 1,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Odatda, bank obʼyekt qiymatining 30% ga yaqin qismini qoplaydigan kreditlar beradi, uning qolgan qismi ichki yoki boshqa tashki manbalar hisobiga qoplanishi lozim. Kreditlar ssuda kapitali bozoridagi foiz stavkalari darajasi bilan belgilanadigan yuqori foizlarda 20 yilgacha muddatga beriladi. Bank kreditlarining asosiy qismi energetika, transport, aloqa va infratuzilmaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga moʻljallanadi. Bank oʻz faoliyatini boshlaganidan beri (1998-yilning 30 iyuniga qadar) eng koʻp qarz olgan mamlakatlar (mlrd. dollar): Meksika (29,1), Braziliya (25,7), Hindiston (25,4), Indoneziya (24,4), Xitoy (21,4), Argentina (14,5), Koreya Respublikasi (13,5), Turkiya (13,2), Filippin (9,9), Rossiya (9,8). Bank kreditlar ajratishdan tashqari mamlakatlarga loyihalarni tayyorlashda yordam koʻrsatadi. 1992-yil Oʻzbekiston XTTB ga aʼzo boʻlib kirdi va 1993-yilda uning vakolatxonasi Toshkent shahrida faoliyat koʻrsata boshladi. 1993-yil noyabr oyida Oʻzbekiston uchun mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, moliyaviy sektorni rivojlantirish boʻiicha tarkibiy yoʻnalish va dasturlarni ishlab chikishni moliyalashtirish uchun 21,0 mln. AQSH dollari miqdorida dastlabki qarz mablagʻlari ajratdi. 1994—2000-yillarda bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turli loyihalarni moliyalashtirish maqsadida jami 458,0 mln. dollar miqdorida qarz mablagʻlari ajratildi. Ulardan eng yiriklari mamlakatimizda paxtachilikni rivojlantirishga (66,0 mln. dollar) va suv taʼminoti, sanitariya va salomatlik tadbirlarini moliyalashtirishga (75,0 mln. dollar) sarflandi. 2003-yilda Jahonbankining Direktorlar kengashi Oʻzbekistonga 60,0 mln. dollar miqdorida (uning yarmi XTTB tomonidan 20-yil muddatga imtiyozli foiz stavkalarida) kredit mablagʻlari ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Download 35.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling