Barqaror energetika ta’minotiga erishish usullari
Download 144.5 Kb.
|
Barqaror energetika maqola to\'liq (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘z
BARQAROR ENERGETIKA TA’MINOTIGA ERISHISH USULLARI Qo’chqorov Xoshimjon Ortiqovich, NamDU dotsetni, f-m.f.n Xudayqulov Pirnazar Mamarayim o‘g’li, NamDU 4-kurs talabasi Annotatsiya: Ushbu ilmiy tadqiqot ishida barqaror energetika ta’minotiga erishish usullari, qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan energetika manbalarini o‘zaro solishtirish orqali ularning kelajakdagi istiqbollari haqida so‘z boradi. Kalit so‘z: Energetika, energiya, asosiy energetika manbalari, GES, AES, IES, SHES, QES, barqaror energetika, energetikaga ehtiyoj, kelajak energiyasi, bir kilovatt soat, bir birlik energiya ulushi. Kirish Bugungi kunda jahon hamjamiyati o‘zining energiyaga bo‘lgan extiyojlarini asosan an’anaviy uglevodorod energiya tashuvchilari bo‘lmish – neft, ko‘mir va gaz hisobiga qoplaydi. Hozirgi vaqtda iste’mol qilinayotgan energiyaning 70 foizi tabiiy yoqilg’ilar deb ataluvchi, qayta tiklanmaydigan energiya manbalari – ko‘mir, neft, tabiiy gazlardan olinmoqda. Bu energiya manba‘laridan traditsion tarzda foydalanish oqibatida bugungi kunda kuchayib borayotgan muammolari – manba’larning cheklanganligi, foydalanishni qiymatligi va atrof muxitga ulkan zarar yetkazishidir. Shuning uchun hozirda bu vaziyatdan chiqish uchun alternativ turdagi zangori energetikaga o‘tish harakatlari tobora keng avj olib bormoqda. Zangori energiyani boshqacha, qayta tiklanuvchan energiya deb ham nomlanadi. Xalqaro agentlik ma‘lumotlariga ko‘ra, umumiy energiya ko‘lamida zangori energetikaning ulushi tobora ortib borishi kuzatilmoqda. Al’ternativ turdagi manba‘larga quyosh, shamol, geotermal elektrostantsiyalar, kichik gidroelektr stantsiyalar, bioenergetik qurilmalar, chiqindilarni qayta ishlovchi komplekslar, dengiz va okeanlar yuqori to‘lqinlari oqimini kelishi va qaytishi energiyalari kiradi. Bunda qayta tiklanuvchi energiyalarni to‘rtdan uch qismi quyosh va shamol energiyasiga to‘g’ri keladi. Bulardan ko‘rinadiki, hamma energiya manba‘lari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ulardan foydalanishda barcha sabab va oqibatlarni xar tomonlama baholash orqaligina eng optimal variantlari tanlanishi kerak. Shuning uchun xar bir energiya manbaini ijtimoiy, iqtisodiy va kelajak imkoniyatlarini taxlil etib taqqoslash bilan energiya manba‘lari turlari haqida fikrlarni oydinlashuviga va ularga bo‘lgan munosabatni to‘g’ri shakllanishiga erishish bugungi eng zarur masalalardan sanaladi. Download 144.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling