Barqaror energetika ta’minotiga erishish usullari


Download 144.5 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi144.5 Kb.
#1638591
1   2   3   4
Bog'liq
Barqaror energetika maqola to\'liq (2)

Asosiy qism
Jahon hamjamiyatining bugungi rivojlanish bosqichida elektr energiyasini ishlab chiqarish manbalarini umumiy energiyaga qo‘shadigan ulushi issiqlik energetikasi – ko‘mir 39%, gaz 22%, gidroenergetika – suv oqimi energiyasi 17%, yadro energetikasi 11%, boshqa turlardagi manbalar 11 % ni tashkil etadi [1].
Bulardan ko‘rinadiki, hozirda asosiy manba qazilma yonilg’i hisobiga to‘g’ri kelmoqda. Yuqorida aytilgan energetika muammolariga ko‘ra, ularning kelajak imkoniyati keskin kamayib bormoqda.
Shu ma‘noda hozirgi kunda o‘z energetikasini rivojlantirishda barcha turdagi energiya manba‘larini kelajagi qanday natijalarga olib kelishi mumkinligi haqida to‘la amaliy taxliliy bilimlarga ega bo‘lish o‘ta muximdir. Quyidagi 1- rasmda tabiatdagi barcha energiya turlari keltirilgan.







1-rasm.Tabiatdagi energiya


Ko‘rinib turibdiki energiya manbalari asosan, zangori energiya va qazilma boyliklaridan ajraladigan energiya (yadroni bo‘linishidan ajralgan energiya ham) ga bo‘linar ekan. Ko‘rsatilgan energiya manbalarini ichida, bizga yuqori sarmoya berayotgan energiya manbalarini alohida ajratib, ularni asosiy energetika manbalari deb ataymiz. Bularga Atom elektrostansiyasi (AES), Gidroelektrostansiya (GES), Issiqlik elektrostansiyasi (IES), Quyosh elektrostansiyasi (QES), Shamol elektrostansiyasi (SHES) kiradi. Bu energetika manbalarining umumiy energiyadagi ulushi anchayin salmoqlidir. Shuningdek, bu turdagi energiya maba‘laridan foydalanishda ularga qo‘yiladigan asosiy talablarni tahlillari asosida va farqlardagi keskinlikni yumshatish maqsadida biz zarur parametrlarni oltita shartli ko‘rsatgichlar bilan baholab natijalarni quyidagi 1-jadvalda keltirdik.


1-jadval.
Barcha turdagi elektr energiyasi manba‘larini yaratilish zaminida
yotgan birlamchi tabiiy manba‘lar.



Asosiy energiya manbalari

Xom-ashyo

Qolgan zaxirasi (yil)

Umumiy energiya-dagi ulushi (%)

Energiyaning birlamchi manbasi

F.I.K
(%)

Foydalanish muddati (yil)

1

Atom elektrostan-siyasi (AES)

Uran, Plutoniy

3000

11

Yadro bo‘linishidan ajralgan issiqlik

32-40

40-50

2

Shamol elektrostan-siyasi (ShES)

Shamol

Uzoq

3,1

Shamolning kinetik energiyasi

45-48

20-25

3

Quyosh elektrostan-siyasi (QES)

Elektro-magnit nurlanish

Uzoq

1,9

Quyoshning elektromag-nit nurlanishi

15-18

25

4

Gidroelektro-stansiya (GES)

Suv oqimi

Uzoq 

17

Daryolardagi suv harakati

85-90

100

5

Issiqlik elektrostan-siyasi (IES)

Ko‘mir

270

39

Ko‘mirning kimyoviy energiyasi

30

70

Gaz

70

22

Gazning kimyoviy energiyasi

25-35

70

Neft

50

6

Neft mahsulotlari-ning kimyoviy energiyasi

30-35

70

1-jadval asosiy energiya manbalari va ularning samaradorligi, afzalliklari va kamchiliklari, ekologik havfsizligi, barqaror energetik ta’minotda qay biri kuchliroq ekanligi to‘g’risida mulohazalar keltiramiz.
Atom elektro stansiyalari bu hozirgi kundagi muqobillikka erishishga ko‘zda tutilgan eng asosiy energetika manbalaridan biri ko‘pchilikka sir emas. Atom energetikasi ekologik toza va jarayonda kislorod yutmaydi. Kichik joyga quriladi, havfsizlik darajasi yuqori, energiyani yetkazib berishi va zaxirasi anchayin barqaror. Xomashyoni yetkazib berish arzonga tushadi. Kamchiligi esa inson omili va tabiiy hodisalar sabab bo‘lishi mumkin, undan tashqari foydalanib bo‘lingan homashyosidan radiaktiv nurlar chiqqanligi uchun saqlash qiyinligidir. AES qurish uchun ko‘p mablag’ va juda ko‘p suv kerak bo‘ladi [2]. Hozirgi kunda yadro reaktorlarning yangi 3+ avlodi yanada takomillashib ulgurdi. Bu degani AES lar yaqin yillarda yanada qudratliroq, foydaliroq, xavfsizroq va juda barqaror energetika manbasiga aylanishini ta’minlab beradi [5].
Issiqlik elektrostansiyalari hozirgi kunda jahon energetikasida eng ko‘p qo‘llanilayotgan va umumiy energiyadagi ulushi juda yuqori bo‘lgan energetika manbasidir [1]. Bu energiya manbayi bugungi kunda asosiy foydalanilayotgan energetika manbasi bo‘lsada insonlarga, tabiatga nihoyatda ko‘p zarar bermoqda. IESlar har yili armosferaga 170 ming tonnaga yaqin zararli modda chiqaradi va 8 million tonna kislorodni yutadi [2]. Bu esa parnik effektini buzilishini, azon qatlamining yemirilishini va koinot nurlarini insonlar hamda ona tabiatga ulkan zararini keltirib chiqarmoqda. Birgina yerdagi o‘rtacha temperaturaning odatdagidan 1gradus oshgani natijasida antarktida muz tog’lari erib suv satxining ortishi, tabiatda anamal isish va sovushning paydo bo‘lishi ham shu sabablidir. Issiqlik elektrostansiyalarining yoqilg’i zaxirasi bo‘lmish tabiiy qazilmalar ham tobora kamayib borishi kelajak energiyasi haqida o‘ylashvaqti kelganligining dalolatidir [4].
Gidroelektrostansiyalar suv harakatidan olinadigan energetika manbaidir. Bu energetika manbai tabiiy joylashishidan kelib chiqqan holda qo‘llaniladi. Umumiy energiyadagi ulushi ham salmoqlidir. Kichik gidroelektrostansiyalarni qurish oson va bu manbani jahonning ko‘plab yerlarida qurish mumkin. Yirik GES lar esa energiyani barqaror berishi mumkin, lekin ularni qurish uchun geografik sharoit va ko‘p mablag’ talab etadi. Xavfsizlik darajasi ham yuqori darajada emas, ko‘p miqdorda suv to‘planishi kerak bo‘lganligi uchun hamma joyda ham qurib bo‘lmaydi. Insonlarga va tabiatga salbiy ta’sirlari ham bor [2]. Suv tugamas bo‘lganligi uchun bu turdagi energetika manbalarini yanada takomillashtirib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan taminlangan holda ishlatilsa maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy asbob uskunalardan foydalanilsa, olinadigan elektr energiyasi miqdori oshadi, tannarxi esa yana arzonlashadi. Bu esa maqsadga muvofiqdir. GES lar kelajak energiyasi bo‘la olmasa ham, umumiy energiyadagi ulushini yanada salmoqliroq qilinsa maqsadga muvofiq [6].
Quyosh elektrostansiyalari quyoshdan tushayotgan nurlar hisobiga ishlaydigam energetika manbasidir. Bu turdagi energetika manbalarining jahon hamjamiyatidagi o‘rni yuqori emas. Vaholanki quyosh nuri tekin, yer yuziga doimiy yuqori intensivlikda tushib turadi. Quyosh batareyalarining foydali ish koeffitsiyenti 15% dan oshmagan [5]. Faqat koinotga uchirilgan kosmik kemalar o‘zini o‘zi quvvatlaydigan panellardagina 40% da katta bo‘lmagan. Qurilmaning texnologiyasi ham unchalik rivojlanmagan. Yaratilgan batareyalar talabga yuqori darajada javob bermaydi, tabiiy ta’sir natijasida ularni yaroqlilik muddati kamayib ketadi. Sof kremniy yaratish ustida ishlar olib borilmoqda, u ko‘p miqdorda ishlab chiqarilsa quyosh batareyalarining foydali ish koeffitsenti yanada oshadi. Quyosh panelining tannarxi ham ancha arzonlashadi. Ana o‘shanda bu soxadan toza elektr tokini ko‘p miqdorda olamiz. QES lar tabiatga zarar bermaydi, lekin katta joy talab qiladi. Bu tur energetikasi ham kelajak energiyasi bo‘la olmaydi, lekin barqarorlikka o‘z xissasini qo‘shishi mumkin [6].
Shamol elektrostansiyalari shamolning kinetik energiyasini ekologik toza elektr energiyasiga aylantirib beradigan energetika manbasidir. Bu turdagi energetika manbasi jahonda uncha rivojlanmagan, lekin AQSH, Daniya, Xitoy, Buyuk britaniya, Hindiston va boshqa ba’zi davlatlarda ancha rivojlangan energetika manbasi sifatida qaraladi [7]. Yurtimizda ham SHES ga bo‘lgan talab borligi tufayli, shamol muntazam bo‘ladigan hududlar Qoraqalpog’iston, Navoiy, Buxoro, Samarqand va boshqa hududlarda qurilib boshlandi [8]. Bu esa mamlakatimizda ham zangori energiyaga bo‘lgan talab ortganidan dalolat beradi. Shamol elektrostansiyalari tabiatga zarar bermaydi, toza elektr energetikasi bilan taminlaydi. Insonlar yashaydigan hududlar yaqiniga qurilsa o‘zidan baland ovoz chiqarib halal berishi mumkin. 5 m/s dan yuqori tezlikdagi shamolli joylarga qurish maqsadga muvofiqdir. Yurtimiz dengizdan uzoqda bo‘lganligi uchun bu energetika manbasidan ko‘p miqdorda elektr toki olish birmuncha qiyindir. Bu soxa yevropada anchayin yuksalgan, chunki ular dengiz, okeanlarga yaqindir. Bu energetika manbasi ham kelajak energiyasi bo‘la olmasa ham anchayin salmoqli bo‘lishi mumkin [9].
Asosiy energetika manbalaridan 1 kilovatt soat elektr energiyasi olish uchun sarflanadigan miqdorni taqqoslash orqali kelajak energiyasi, qaysi biri barqarorlikni taminlaydi degan savolga javob olishimiz mumkin. Bu energetik manbalarning qay biri yurtimizda barqarorlikni ta’minlaydi degan savolga ham javob olishimiz mumkin.

  • Atom elektrostansiyasida 1 g uran panchalanganda hisoblashlarga ko‘ra 1 million kkal issiqlik ajraladi [10]. 1 kilovatt soat = 860 kkal ga teng ekanligidan [11] biz 1 kilovatt·soat energiya olish uchun qancha uran parchalanishi kerakligini proporsiya orqali tushuntiramiz. η = 40% [12], η – foydali ish koeffitsiyenti (AES).

η=(mf/mu)*100% , mu -topilsa
1g – 106 kkal mu = 100 mf / η (1)
mf – 860 kkal mf=0,00086 g, (1) ifodaga ko‘ra:
mu = 0,00086·100/40 = 0,00215 g.
Bu yerda, mf – elekrt energiyaga aylanish uchun bo‘lingan foydali massa. mu – umumiy bo‘lingan massa.

Download 144.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling