Bobilda ibodatxona kohini sifatida faoliyat yuritayotgan Jamal ismli shaxs
Download 228.55 Kb. Pdf ko'rish
|
huquq tarixi kazus
Kohinlar davlat hayotida juda katta ro’l o‘ynaganlar. Ular jamiyatning oliy tabaqasi hisoblangan. Ibodatxonalar qishloq xo‘jaligini boshqarish markazlari bo‘lgan. Podshoga bevosita yaqin turuvchi, podshoning shaxsiy qo‘riqchilari va kohinlari turgan. Din va ibodatxonalar juda katta davlat ahamiyatiga ega bo‘lganligi sababli boshqa kasb vakillari orasida ibodatxonalarning xizmatchilari faxriy mavqega ega bo‘lgan. Qullar Qadimgi Bobilda erkinligi cheklangan ijtimoiy qatlamning eng quyi qismi hisoblangan. Ular “vardum” deyilgan. Xammurapi qonunlarida qullar quldorlarning xususiy mulki sifatida qattiq himoya qilingan. Unga nisbatan har qanday tajovuz uchun og‘ir jazo o‘rnatilgan. Xammurapi qonunlari bo‘yicha qulning sog‘lig‘iga zarar yetkazish yoki hayotidan mahrum qilish xo‘jayinning mulkiga za rar yetkazish sifatida ko‘rilgan va buning uchun aybdor xo‘jayinga yetkazgan zararni to‘lashi lozim bo‘lgan. Qullarning qul ekanligini ajratib turish uchun uning tanasiga o‘yib yoki kuydirib tamg‘a bosib qo‘yilgan. Lekin bunday qulni xo‘jayin sotishi yoki boshqasiga almashtirishi mumkin bo‘lmagan. Qullarning podsho qullari, ibodatxonalarning qullari va xususiy egalikdagi qullar kabi toifalari bo’lgan. Patesilar – bu viloyat, shahar-davlatchalar tepasida turgan boshliq. Ular asosn jamoat qurilishi va sug‘orish inshootlarini, ibodatxona xo‘jaligini boshqarganlar, jamoa marosimlariga boshchilik qilganlar, qo‘shinga yo‘lboshchilik qilganlar, oqsoqollar kengashi va xalq majlisiga raislik qilganlar, sud ishlarini amalga oshirganlar va jamoa mulkini boshqarib turganlar. Keyinchalik podsholar markaziy hokimiyatni kuchaytirib, patesining dunyoviy hokimiyatdan mahrum etganlar va ularda faqat kohinlik mavqeini saqlab qolganlar yoki ularni o‘z noiblariga, o‘zlariga bo‘ysunadigan viloyatlarning hokimlariga-shakkanaqularga aylantirganlar. Shakkanaqular viloyatlarda soliqlar yig‘ishga, tartib saqlashga va xalq lashkarlarini chaqirishga masʼul edilar.Hozirgi hokim lavozimiga tenglashtirsak bo’ladi. Download 228.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling