Bobilda ibodatxona kohini sifatida faoliyat yuritayotgan Jamal ismli shaxs
Download 228.55 Kb. Pdf ko'rish
|
huquq tarixi kazus
2-muammoga qaraydigan bo’lsak, bu yerda Kamalning davosiga Jamal
e’tiroz bildiryapti. Shu yerda savol tug’iladi –Jamal e’tiroz bildirishga haqlimi? Abatta to’la haqli bo’lishi mumkin qachonki qulni olgan savdogarni topib kelish orqali yoki savdogar bilan tuzilgan shartnomani keltirish orqali. Chunki Xammurapi qonunlariga ko’ra oldi- sotdi shartnomasi ikki taraf shartnoma asosida, guvohlar orqali tasdiqlanishi kerak edi. Undan tashqari 279- moddada “Agar kimdir erkak yoki ayol qulni sotib olsa va uchinchi tomon da'vo qilsa, sotuvchi da'vo uchun javobgardir” deyilgan. Demak bu yerda savdogar Mag’rur javobgar. Lekin Jamal guvohlarini borligini aytayapti va bu holatda ham u nohaq emas. Agarda guvohlari ham bo’lmaganda Jamal Xammurapi qonunlarining 10–moddasiga muvofiq jazo olishi mumkin edi. Ya’ni “ Agar xaridor savdogarni u ilgari mulkni sotib olgandagi guvohlarni olib kelmasa, lekin uning asl egasi guvohlar olib kelsa, bunda xaridor o'g'ri hisoblanib, unga o'lim jazosi qo’llanilsin va yo'qolgan mulkni egasi olsin”. 3-muammoda esa Jamalning e’tirozidan norozi bo’lgan Kamal shahar hokimi- patesiga murojaat qiladi. Patesi bu muammoni Xammurapi qonunlariga asoslanib quyidagicha hal qilishi mumkin. Ya’ni Xammurapi qonunlariga ko’ra patesi quldan egasi kimligini so’raydi. Qul javob bermasa Xammurapi qonunlari 18- moddasig asosan ish ko’rishi mumkin.Ya’ni ushbu moddada “Agar qul xo'jayinning ismini aytmasa, uni saroyga olib boriladi va qo'shimcha tekshirish ishlari amalga oshiriladi. So’ng qul xo'jayiniga qaytariladi”. Tekshiruvning boisi shuki o’sha davrda qullarga egasi tomonidan tamg’a yoki shunga o’xshash qullik belgisi ham qo’yilgan. Agarda bu tekshiruv ham natija bermasa Jamalga qulni sotgan savdogar topib kelinishi kerak bo’lgan. Savdogar topib kelingach sud (patesi) guvohlarni (qasam ichirib) tinglab, quyidagicha qarorga kelishi mumkin.Ya’ni yuqorida keltirgan 9 – modda va boshqa qoidalarga asoslanib, Kamalga qullari qaytarilsin. Jamalga esa savdogarga to’lagan 4 mina kumush o’sha savdogar ya’ni Mag’rur tomonidan to’lansin. Mag’rurning o’zi esa o’g’ri va tovlamachilikda ayblansin. Unga o’lim jazosi qo’llanilsin. Agar Mag’rur topilmasa (ehtimoliy), Kamalning qo’shni Uruk davlatidan kelganligini hisobga olgan holda va albatta Jamalning kohin ekanligini e’tiborga olib, patesi so’ngi qarorni Jamal foydasiga hal qilinishi mumkin. Chunki o’sha davrda kohinlarning mavqei jihatdan savdogarlardan ustun bo’lgan va uning ustiga ma’lum imtiyozlarga ega bo’lgan. Agarda qullar Bobilda tug’ilgan bo’lsa vaziyat 280- moddaga muvofiq bo’lishi mumkin: ”Erkak yoki ayol qul tug’ilgan joyiga aylanib kelib qolsa va qul bu meni vatanim desa, u holda bu qullar tug’ilgan davlatida qoladi. Lekin bu qullar bu yerda tug'ilmagan bo’lsa bu yerda qolmasligi mumkin”. Ya’ni Uruk shahridan kelgan qullar Bobilda tug’ilgan bo’lsa, bunday holatda qullar Bobilda ya’ni Jamalda qolishi mumkin. Agar Bobilda tug’ilmagan bo’lsa qullarni Kamal olib ketishi mumkin. Download 228.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling