Malakalarini tekshirish uchun nazorat ishlari


Download 15.63 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi15.63 Kb.
#1786054

Og’zaki hisoblash texnologiyalari. Yozma hisoblash algoritmini o’rgatish. Hisoblash malakalarini tekshirish uchun nazorat ishlari.
MAVZU:OG‘ZAKI HISOBLASH
TEXNOLOGIYALARI. YOZMA HISOBLASH
ALGORITMINI O‘RGATISH. HISOBLASH
MALAKALARINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT ISHLARI.
Reja:
1.Og‘zaki hisoblash texnologiyalari.
2.Yozma hisoblash algoritmini o‘rgatish.
3.Hisoblash malakalarini tekshirish uchun nazorat
ishlari.
Tayanch so‘zlar:Og‘zaki va yozma hisoblash, qo‘shish va
ko‘paytirish jadvallari, ayirish va bo‘lish hollari,
hisoblash ko‘nikmasi.
1.Og‘zaki hisoblash texnologiyalari.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va
yozma hisoblash ko‘nikmalarini tarkib toptirish
matematika dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biri.
Arifmetik amallarni o‘rganishda oldin bolalar
ongiga uning ma`nosini, mazmunini yetkazish kerak .
Bu ish predmetlarning har xil to‘plamlari bilan
amaliy ishlar bajarish asosida o‘tkaziladi.
O‘quvchilarni qo‘shish va ayirish amallarining
ma`nosi bilan tanishtirish ( bu “o‘nlik” mavzusi
ustida ishlashda bajariladi.) ikki to‘plam elementlarini
birlashtirishga oid va berilgan to‘plamdan uning
qismlarini ajratish kabi amaliy operatsiyalar asosida
olib boriladi. Ko‘paytirish amalini o‘ganishda ish

biroz boshqacha bo‘ladi . “Ko‘paytirish tushinchasini shakillantirishda tayanch sifatida ,--deb yozishadi M. I. Moro va A.M.Pishkalo, - bir nechta teng sonli


to‘plamlarni amalda birlashtirish bilan cheklanish
to‘g‘ri bo‘lmas edi. Shu vaqtga qadar yaxshi o‘zlashtirilgan sonlarni qo‘shish operatsiyasi bolalar
uchun yangi bo‘lib, bundan oldin ish tajribalarida uchramagan amal - ko‘paytirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Ko‘paytirishni, uning komponentlari bilan natijasi orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish o‘z navbatida
bo‘lish amalini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi .
Bu misollarda biz shu narsalarni ko‘rib
turibmizki, o‘qitishning bir bosqichida abstrakt
bo‘lgan narsa navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakillantirish uchun konkret
asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bunday yangilanish
o‘quvchilarning ham abstrakt ham konkret
tafakkurlarini rivojlantiradi, bu esa o‘qitish protsesida bolalarning faoliyatlarini rivojlantirishda katta ahamyatga ega .
Har xil (og‘zaki va yozma) hisoblash
usullarining ongli o‘zlashtirilishi uchun dastur
arifmetik amallarini ba’zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishni nazarda
tutadi. I sinfda 10 ichida qo‘shish va ayirishni

o‘rganishda bolalar qo‘shishning o‘rin almashtirish


xossasi bilan tanishdilar; 100 ichida qo‘shish va
ayirishni o‘rganishda (I sinfda ) sonni yig‘indiga
qo‘shish va yig‘indini songa qo‘shish , shuningdek, ayirmaning asosiy xossalarida chiqadigan natijalar
bo‘lmish yig‘indidan sonni ayirish va yig‘indini
sondan ayirish bilan tanishadilar o‘rganilgan xossa va qoidalar hisoblashlarni soddalashtirish imkonini
beradi. Qo‘shiluvchilar o‘rinlarini almashtirish usuli
3+6, 2+8 va h.k ko‘rinishidagi hisoblashlarni yengillashtiradi.
Dastur arifmetik amallarining xossalarini o‘rgatishdan tashqari bolalarni arifmetik amallar
orasidagi mavjud bog‘lanishlar va amal hadlari va uning natijalari orasidagi munosabatlar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Bu bilimlarning
hammasidan hisoblashlarda va amallar to‘gri bajarilganini tekshirishda (shuningdek, algebraik
materialni o‘rganishda: tenglamalar yechishda va
amallarning noma’lumkomponentlarini topishga doir masalalar yechishda ) foydalaniladi.
Arifmetik amallarni o‘rganishdagi navbatdagi juda muhim masalalar og‘zaki va yozma hisoblash
usullaridan ongli foydalanish asosida o‘quvchilarda
hisoblash ko‘nikmalarini shakillantirish bilan bog‘liqdir.

Og‘zaki hisoblashlarning asosiy ko‘nikmalari I va II sinflarda shakllanadi. III sinfda “Minglik” mavzusida yozma hisoblashlar ustida ish boshlanadi va bu ish IV sinfda payoniga yetadi. Shu bilan birga


yozma

hisoblashlardagi

og‘zaki

hisoblash

ko‘nikmalari takomillasha boradi, chunki og‘zaki


hisoblashlar yozma hisoblash jarayoniga tarkibiy
element sifatida kiradi. Og‘zaki hisoblash
ko‘nikmalariga ega bo‘lish yozma hisoblashlarni
ko‘roq muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlaydi.
Og‘zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham, yuqorida ta’kidlanganidek amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar komponentlari bilan natijalari
orasidagi bog‘lanishlarni bilganlikka asoslanadi.
Ammo og‘zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvch xossalari ham bor.
Download 15.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling