Bobilning ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy hayoti haqida tushuncha bering?


Download 19.9 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi19.9 Kb.
#1545986
Bog'liq
6-mavzu topshirig\'i Jahon tarixi


  1. Hammurapi qonunlari haqida nimalarni bilasiz?

  2. Bobilning ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy hayoti haqida tushuncha bering?

  3. Bobilning yuksalishi qanday omillar evaziga asosida yuzaga keldi?

Hammurapi qonunlari haqida ummumiy ma’lomot beradigan bo’lsam, ma’lumki qadimgi Bobil podsholigining xo’jaligi, ijtimoiy va siyosiy tuzimi haqida podsho Hammurapining basalt toshi ustunga eng qadimgi mixxat bilan yozilgan mashhur qonunlari to’plami muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Bazalt ustuning yuqori qismiga taxtda o’tirgan quyosh hodosi Shamash, uning oldida esa tantanali suratda turgan podsho Hammurapi tasvirlari ishlangan. Ustunning hamma joyi 247 moddadan iborat qonunlar to’plamining mixxatda yozilgan matni bitilgan. Negadir 42 modda yozilgan beshta ustunchadagi matinlar qirib tashlangan. Olimlarning taxminlariga ko’ra buni ustunni o’lja sifatida olib ketgan Elam istilochilari qilgan bo’lsalar kerak. Ammo o’sha vaqtlardayoq bu kodeks – qonunning boshqa nusxalari ham topilgan. Shu bois ham uning qirib tashlangan matni tiklangan. O’sha davr mirzo va sudiyalari boshqalarni o’qitishmaqsadida. Shuningdek, adliya ishlarida podsho qonuning ana shu nusxalaridan foydalanganlar. Hammurapi qonunlari to’plami uch qismdan iborat bo’lgan:



  1. Hammurapi qonining kirish qismi. Hammurapi qonunlari.

  2. Qonunlar to’plami matni.

  3. Qonunning yakuniy xulosasi.

Mazkur qonunning kirish qismida qonunlar majmuasini chiqarishdan asosiy maqsad, mamlakatda adolat o’rnatib farovon hayot yaratishdir deyiladi. Shuningdek qununning kirish qismida podsho Hammurapi o’z unvonlarini birma-bir ko’rsatib o’tar ekan, o’zining ulug’vorligini ko’klarga ko’tarib maqtab, mamlakat obodonligi uchun qilgan ishlarini bayon etib o’tgan. Qonunlar to’plamining asosiy qismida esa mamlakatdagi jinoiy ishlarga oid, huquqga, sud ishlarini yuritishga, xususiy mulk huquqining buzilishiga, ya’ni o’g’irlik va talash, jangchilar huquqiga oid bandlar birma-bir ko’rsatib o’tilgan. Qonunning ayrim moddalarida ko’chmas mulkga egalik qilish huquqlari to’g’risida, savdo – sotiq ishlari, garovga qo’yish va olish huquqi, oilaviy huquq to’grisida o’z – o’zini qasddan mayib qilish. Me’morchilik, me’morlar va kemasoz, qayiqsozlar ishi tog’risida, ish kuchini yollash va qulchilik to’grisida atroflicha ma’lumot keltiradi. Hammurapi qonuning asosiy qismida esa qishloq xo’jaligi, suv inshootlari, ekin maydonlari, ziroatchilik, bog’dorchilik va chorvachilik ishlariga ham alohida e’tibor berilgan. Hammurapi qonunlar to’plamining xulosa qismida esa podsho xalq oldida qilgan xizmatlarini birma-bir sanab o’tgan. Shuningdek u qonunning xulosa qismida o’zidan keyin uning qonunlarini o’rganib, uni hayotga tatbiq etib ado etuvchi podsholarga oq fotiha bergan. Aksincha podsho qonunlariga rioya qilmaydigan yoki uni bekor qilishga jur’at etgan va etadiganlarni qahr-g’azab bilan la’natlagan. Bobilning ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy hayoti. Amoriylar davrida Bobilning iqtisodiyoti, ijtimoiy-siyosiy tuzumi, Hammurapining qonunlar to’plami, uning noib va amaldorlari, xususiy hujjatlar orqali ma’lum. Qonunlar to’plamining tuzilishi Hammurapining jiddiy siyosiy tadbiri edi, chunki bu to’plam Bobilning ijtimoiy – iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan edi. Hammurapi davrida Bobil iqtisodiyoti sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik, bog’dorchilik chorvachilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdodan iborat bo’lgan. Qadimgi Bobilda bu davrda ekin yerlari ko’payadi. Bog’dorchilikda xurmo etishtirish gullab-yashnaydi, g’alla ekinlaridan, moyli o’simliklardan yuqori hosil olinadi. Bunday yutuqlar faqat sun’iy sug’orish tizimini butun mamlakat miqyosida kengaytirish asosida amalga oshiriladi. Maxsus amaldorlar katta-kichik kanallarni ko’rish va ta’minlashni nazorat qilib turganlar. Mari arxivi hujjatlariga ko’ra aholining barcha mehnatga qobiliyatli qismi erkin kishilardan tortib qullargacha sug’orish inshootlarini ko’rish va ta’minlash majburiyatini o’tagan, undan bosh tortganlarga o’lim jazosigacha berilgan. Hammurapi qonunlarida maxsus to’rt modda dehqon jamoasining o’z yerida, sug’orish inshootlariga befarq qarashiga qarshi qaratilgan, agar dehqonning yeridan qo’shinilar yeriga suv toshib ketsa, u keltirilgan zararni to’lashga majbur bo’lgan, agar puli bo’lmasa, o’zi va mol-mulki qo’shiniga keltirgan zararni qoplash uchun sotilgan. Podsho “Hammurapi kanali” deb atalmish katta kanal qurdurgan. Chorvachilik yirik hajmda rivojlangan. Qonunlarda bir necha bor yirik va mayda chorva to’g’risida eslatiladi. Ko’pincha qora molni, dala ishlariga, xirmon va yuk tashishga ijaraga berilgan. Hunarmandchilikning xilma-xil sohalari rivojlangan. Qonunda bajarilgan ish uchun qat’iy baho berilgan va ishning past sifati uchun hunarmand qattiq jazo olgan. Hammurapi qonunlar to’plamining 229-moddasida shunday deyiladi “Agar quruvchi kishiga uy qurdi va o’z ishini mustahkam qilmadi, u qurgan uy yiqilib, uy egasini o’ldirib qo’ydi, bu quruvchi o’limga hukm qilinishi lozim”. Erkin kishini muvaffaqiyatsiz muolaja qilingan jarrohning qo’llari chopilgan (218-modda).
Savdoning rivojlanishiga butun Bobil Mesopatamiyaning yagona Bobil davlatiga birlashuvi muhim omil bo’ldi. Bobilda g’alla, xurmo, kunjut yog’i, jun va hunarmandchilik buyumlari eksport qilingan. Metal, qurilish toshi va yog’och, qullar va zeb – zeynat buyumlari import qilingan. Bobilda savdo bilan maxsus savdo agentlari – tamkarlar shug’ullangan, o’z xizmatlari uchun ular yer, bog, uy olganlar va sudxo’rlik bilan shug’ullanganlar. Bobil, Nippur, Ur, Larsa kabi yirik shaharlar, katta savdo markazlari bo’lgan. Erkin kishi “avelium”-(odam) deb atalgan. Qonunlarining barcha moddalarida xususiy mulk himoya qilingan. Bobil aholisining asosiy qismini xazinaga tushadigan soliqlarni to’lovchisi mayda ishlab chiqaruvchi va mayda mulkdorlar tashkil qilgan. Shu sababli ularning huquqlari qonun moddalari bilan himoyalangan. Misol uchun ba’zi moddalar ularni sudxo’rlar zo’ravonligidan himoya qilingan: sudxo’rga qarz uchun hosilni olishi taqiqlangan, kumush uchun qarz foizi 20, g’alla uchun 33 foiz bilan cheklangan. Garovga olingan kishiga nisbatan shavqatsiz muomala uchun qat’iy chora o’lim jazosi qo’llanilgan, qarz uchun qaramlik 3yil muddat bilan cheklangan. Bobil jamiyatida erkin kishilardan tashqari “mushkenum” atamasi “pastga egilgan” ma’nosini bildirgan. Mushkenumlar jamoa bilan aloqasi uzilgan, yeri bo’lmagan kishilar bo’lib, ular cheklangan fuqarolik huquqiga ega bo’lganlar. Ular podsho xo’jaligida ishlaganlar, podsho yerinishartli olganlar. Mushkenumlarga tan jarohat yetkazilsa, qoidaga ko’ra pul jarimasi to’langan, erkin kishiga nisbatan talion huquqi (ko’z uchun ko’z, tish uchun tish) qo’lanilgan. Mushkenumni davolash erkin kishiga nisbatan ikki marta arzon bo’lgan. Qonunlariga qaraganda mushkenumlar pul mablag’i va mulkga egalik qilganlar. Bobil jamiyatining eng quyi tabaqasi qullar (vardum) bo’lgan. Qullikning manbasi urushlar, mulkiy tabaqalanish natijasida qarzi uchun qul qilish, otaning patriarxal hokimyati ostida oila a’zolarining huquqsizligi, otaning farzandlarini garovga berish, qullikga sotish huquqi, ba’zi jinoyatlari uchun qul qilish (misol uchun asrandi o’g’ilning ota-onasidan voz kechishi, xotinning isrofgarchiligi, jamoatchining sun’iy sug’orish inshootiga loqayd qaragani) va qullarning tabiiy ko’payishi bo’lgan. Bobilda qulchilik o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan, qul uncha katta bo’lmagan mulkga ega bo’lishi mumkin bo’lgan, quldan bo’lgan bolalariga mulk vasiyat qilishi mumkin bo’lgan. Bobil oilasi ota va er hukmron bo’lgan patriarxal oila bo’lgan. Oila nikoh shartnomasi asosida qurilgan va er nikoh sovg’asi xotin sep keltirgan. Xotin o’z sepiga va reining sovg’asiga o’z huquqini saqlagan, erining o’limidan so’ng bolalar balog’at yoshiga yetguncha beva oila mulkiga egalik qilgan. Qonunlar ayolning sog’ligini himoya qilgan, agar ayol eriga yomon muomila qilsa va uni mol-mulkini sovursa, ayol qulga aylantirilgan, eriga xiyonat qilsa, o’lim jazosiga hukm qilingan. Ajralish va qayta erga chiqish qiyinlashtirilgan. Ota-ona mulkiga “somondan oltingacha egalik qilish” huquqiga o’g’li-qiz ega bo’lgan, ammo o’g’liga ko’proq moyillik bildirilgan. Qadimgi Bobil davlari mutlaq bo’lsan – Davlat boshida podsho turgan, u diniy qonunchilik, sud va ijroiya hokimyatiga ega bo’lgan. Podsho yer zaxirasi bepoyon bo’lgan, bu yerlar ijaraga va xizmat uchun berilgan. Sud hokimyati mukammal shakllangan. Podsho sudi yetakchi o’rinda turgan, ibodatxona sudi, jamoa sudi va kvartal sudlari mavjud bo’lgan. Sudyalar kollegiyalarga birlashganlar. Ularga jarchilar, choparlar, kotiblar kabi sud xodimlari bo’ysingan. Moliya - soliq


Download 19.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling