Britaniya orolida joylashgan anglosaks qabilalari qachon mahalliy brittlarning qolgan qismini bo‘ysundirib, o‘zlarining ilk feodal qirolliklarini tuzishadi?
A) VI–VII asrlarda B) IV–V asrlarda
C) V–VI asrlarda D) VII–VIII asrlarda
Quyidagilardan XI asrda bo’lgan voqealarni aniqlang.
Fransiyaning shimolidagi Normandiya gersogi Vilgelm I normand va fransuz ritsarlaridan iborat qo‘shin bilan Angliya qirg‘oqlariga tushadiA
Angliyada o’tkazilgan islohot qirolga muntazam yollanma qo‘shin tuzish imkonini beradi
Genrix I ning o‘g‘il farzandi bo‘lmaganligi sababli uning vafotidan so‘ng taxt uchun kurash avj oladi. Uzoq davom etgan bu kurashda qizining o‘g‘li Genrix II g‘alaba qozonadi
Daniya qiroli Kanut ingliz sohiliga qo‘shin tushurib, uni katta qiyinchiliklarsiz zabt etadi
A) 1,4 B) 1,3 C) 2,3 D) 2,4
Quyidagilardan Anglosaks qirolliklaridagi davlat boshqaruviga oid noto’g’ri ma’lumot berilgan javobni aniqlang.
Anglosaks qirolliklari monarxiya davlatlari bo‘lsa-da, ammo ularda qirol hokimiyati zaif edi. Qirol
zodagonlardan iborat “Donolar kengashi”ga qaram edi
Unda mavjud bo’lgan Oqsoqollar kengashi esa qonunlarni tasdiqlardi va mamlakatning oliy sud organi hisoblanardi. Hatto kengash qirolni saylashi va uni taxtdan mahrum qilishi ham mumkin edi
Mamlakatda grafliklar tashkil etilib, ularni qirol vakili – sheriflar idora qilishar edi. Shu tariqa ingliz jamiyati asta- sekin feodal tus oladi
Feodallar orasida yirik yer egalari – lordlar paydo bo‘ladi. Yangi tashkil etilgan qirolliklar doimo bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |