Boboqulova zarinaning jahon tarixi fanidan


piramidalar  –  Misr  ehromlaridir. Bu jihatdan Sakkaradagi Joser


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana13.12.2021
Hajmi0.57 Mb.
#180595
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10 QADIMGI MISR MADANIYATI

  piramidalar  –  Misr 

ehromlaridir. Bu jihatdan Sakkaradagi Joser, Gazadagi fir`avn Xeops ehromlari, 

boshi  odam,  tanasi  sher  surat  qilib  ishlangan  sflnks  va  boshqalar  o`zlarining 

ulug`vorligi bilan kishilarni hayratga solib kelgan.  

Misrda haykaltaroshlikka ham katta e`tibor berganlar. Misr haykaltaroshlari 

tosh  bo`laklaridan,  butun  tog`  qoyalaridan  fir`avn,  amaldor,  ruhoniy,  oddiy 

kishilar  va  hayvonlarning  haykallarini  ishlaganlar.  Bu  jihatdan  Ramzes  II, 

Amenemxet III, Tutanxamon, Exnaton, uning xotini Nefertiti, amaldor Raxotep, 

mirzo haykallari diqqatga sazovordir.  

O`sha  vaqtlarda  Misrda  rassomlik  ham  ancha  rivoj  topgan  edi.  Saroy, 

ibodatxona  va  ma`muriy  binolarning  devorlariga  fir`avnlar,  amaldorlar  va 

ruhoniylar, hamda afsonaviy voqealardan olingan rasmlar ishlangan.  

Misrliklar san`atining yana bir turi kuy, qo`shiq va raqsdir. Misrda puflab, 

urib  va  chertib  chalinadigan  not,  sistra,  qayroq,  arfa,  ud  va  boshqa  asboblar 

keng tarqalgan edi. Misrda raqs san`ati ham yuksak darajada rivoj topgan edi. 

 

 



 

Qadimgi Misr san’ati.  



 

Qadimgi dunyo san'ati deyilganda, ko'p hollarda ibtidoiy jamoa tuzumidan 

to  quldorlik  tuzumining  inqirozga  yuz  tutishigacha  bo'Igan  davr  san'ati 

tushuniladi.  Shu  davrda  hashamatli  me'morlik  binolari,  nafis  dekorativ-amaliy 

san'at buyumlari, chuqur mazmunli tasviriy san'at asarlari maydonga keldi. 

Qadimgi  dunyo  tarixida  bir  qator  muhim  'madaniyat  o'choqlari  bo'lganki, 

bularning mavjudligi keyinchalik yer yuzida san'at va madaniyatning ravnaqiga, 

kuchli ta'sir ko'rsatgan. Shunday madaniyat o'choqlari orasida ikki daryo oralig'i 

(Messopotamiya), Misr, O'rta Yer havzasidagi davlatlar, ayniqsa, Gretsiya, Rim 

davlatlarining  roli  benihoyadir.  Misrda  5000  yil  burun  ilk  sinfiy  jamiyat  - 

quldorlik davlati paydo bo'ldi. Misrning tabiiy sharoiti insonni juda erta hayotga, 

hayot  uchun  kurashishga  da'vat  etdi.  Bu  hoi,  o'z  navbatida,  uning  ongining 

o'sishiga,  tasavvurining  kengayishiga  olib  keldi,  aql  taraqqiyotini  tezlatdi. 

Meditsina,  astronomiya,  matematika  rivojlan-di.  San'at  sohasida  katta  yutuqlar 

qo'lga  kiritildi.  Qadimgi  Misrda  yaratilgan  haykaltaroshlik,  rassomchilik, 

amaliy-dekorativ  san'ati  va  me'morchilik  yodgorliklari  hanuzgacha  o'zining 

badiiy  qiymatini  yo'qotgani  yo'q.  Tasviriy  san'atda  shartli  belgilardan 

foydalanish  Misr  san'atida  juda  erta  boshlandi  va  uning  xarakterli  tomonini 

tashkil etdi. Misrliklarning bunday badiiy fikrlashlarini ular yaratgan sfinkslarda 

ham  ko'rish  mumkin.  Odam  boshli,  sher  (arslon)  tanali  haykallar  orqali  inson 

kabi  aqlli,  arslon  kabi  kuchli  zotlar  timsolini  yaratganlar.  Shu  obrazlar  orqali 

fir'avnlarni 

kuchli 

va 


donishmand 

siymo 


darajasiga 

ko'tarishga, 

ilohiylashtirishga  harakat  qilganlar.  Shu  bilan  Misr  san'atida  realistik  san'at 

oqimining  mavjudligini  ham  inkor  etib  bo'lmaydi.  Bu  hoi,  ayniqsa,  oddiy  xalq 

hayotiga  bag'ishlangan  tasvirlarda  ko'proq  uchraydi.  Oddiy  turmush  voqealari 

jonli, real va ba'zan yengil yumor bilan ishlangan tasvirlar kishida hamon estetik 

/;ivq  va  yengil  kulgi  uyg'otadi.  Turli  qushlar,  hayvonlar  (yovvoyi  mushuk, 

maymun,  qo'ng'iz  va  hokazolar)  tasviri  realligi  va  ta'sirchan  ishlanganligi  bilan 

kishi xotirasida yaxshi saqlanadi. 

Misr  san'atida  mayjud  bo'Igan  bu  realizm  oqimi,  ayniqsa,  Fir'avn  Exnaten 

(Amen Xoap IV) davrida yuksak kamolotga erishdi. Shu davrda yaratilgan nodir 

haykaltaroshlik namunalaridan biri  bo'Igan Nefertiti haykali hozirgi kunda ham 

go'zallik ramzi tarzida kishiga quvonch baxsh etadi. Bu haykal o'zining ishlanish 

mahorati, o'rinli  lopilgan material (sarg'ish qumtosh)  obrazning  yanada latofatli 

va ko'rkam bo'lishiga xizmat qiladi. Ochiq chehra, tabassumga shaylanib turgan 

lablar, katta  ochilgan ko'z, qirra burun - bularning hammasi ayollarga  xos nafis 

va  nazokatli  xislatlarni  ochishga  yordam  beradi.  Misr  san'atida  me'morchilik 

yetakchi  o'rinni  egallab  kelgan,  san'atning  boshqa  turlari  esa  shu  san'at  bilan 

bog'liq  holda  rivojlangan.  Misr  me'morchiligining  namunalaridan  biri  -  bu 

mastaba va piramida(ehrom)lardir.  Shularning  ichidagi  eng  yirik fir'avn ehromi 

bu  Giza  yaqinidagi  Xeops  piramidasidir.  Bu  piramidaning  balandligi  146,6  m, 

asosining uzunligi 233 m. U hozirgi kunda ham yaxshi saqlanib qolgan. Tarixchi 

Gerodotning  gapiga  qaraganda,  bu  piramida  30  yil  mobaynida  qurilgan.  Uni 

qurish  uchun  100  000  qul  haydab  olib  kelingan  va  ular  chet  eldan  keltirilgan 




 

10 


qullar  hisobiga  to'ldirilib  borilgan.  Piramida  og'irligi  2-3  tonnali  ohaktoshdan 

qurilgan  bo'lib,  uni  qurish  uchun  2  300  000  ohaktosh  bo'lagi  ishlatilgan.  Bu 

piramidalarning  vazifasi  faqat  maqbara  ustiga  qo'yilgan  yodgorlik  toshi  emas. 

Bular,  avvalo,  fir'avnlarni  ulug'lash,  ularni  ilohiylashtirish  va  shu  bilan 

fuqarolarda podsho hokimiyatining mustahkamligiga ishonch tug'dirish va ularni 

doim qo'rquv asoratida saqlash va itoatkor bo'lishini ta'minlash edi. 

Misrda  saroylar  va  ayniqsa  ibodatxonalar  qurilishiga  alohida  ahamiyat 

berilgan.  Har  bir  qurilgan  saroy  va  ibodatxonalarning  ichki  va  tashqi  tomoni 

tasviriy  san'at  asarlari  bilan  bezatilgan.  Shunday  muhtasham  ibodatxonalar 

qurilishi,  ayniqsa,  yangi  podsholik  davrida  (eramizdan  avvalgi  ikki  minginchi 

yillar) keng taraqqiy etgan. Bu davrda yaratilgan Luksor va Karnak ibodatxona-

larida  g'oyat  katta  ustunli  zallar,  ochiq  ustunli  hovlilar  bo'Igan,  uning 

kiraverishiga  mustahkam  minor  (pilon)lar  tiklangan,  ro'parasiga  esa  sfinkslar 

galleyasi  ishlangan.  Ibodatxonaning  devorlari  devoriy  surat,  bo'rtma  tasvir  va 

ierogliflar bilan qoplangan. 

 

 



Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining  quyi vohasida bugungi Misr 

Arab  Respublikasi  yerlarida  juda  qadim  paytlarda  (yer.av.VI  ming  yillik)  bir 

qancha  qabilalar  yashagan.  Yeramizdan  avvalgi  4000  yillikda  shu  yerda  yer 

yuzida  birinchi  sinfiy  jamiyat  kurtaklari  nish  urdi,  quldorlik  davlatlari  yuzaga 

keldi,  rivojlandi.  Yeramizdan  avvalgi  4000  yillik  oxiri-3000  yillik  boshlariga 

kelib  esa  ular  yagona  yirik  despotik  davlatga  aylandi.  Qadimgi  Misr  san’ati 

tarixi  ana  shu  davlatlarning  yuzaga  kelishi,  rivojlanishi  va  inqirozidan  tortib  to 

Makedoniyalik  Iskandar  (Aleksandr  Makedonskiy)ning  yurishi  bilan  uning 

ellinistik  dunyoga  qo’shilib  ketishigacha  bo’lgan  davrni  o’z  ichiga  oladi, 

o’rganadi,  taxlil  etadi.  Qadimgi  Misr  uzoq  yo’lni  bosib    o’tdi.  Deyarli  4000 

yildan ortiq vaqtni o’z ichiga olgan bu davr mobaynida tasviriy va amaliy san’at, 

me’morchilikning  nodir  durdonalari  yuzaga  keldiki,  ular  bugungi  kunda  ham 

o’zining  ulug’vorligi  va  yuksak  badiiyligi  bilan  kishilarni  hayajonlantiradi. 

Qadimgi  Misr  san’ati  o’zining  butun  taraqqiyoti  mobaynida  din  va  uning  turli 

marosimlari  bilan  uzviy  bog’liq  holda  rivoj  topdi.  Me’morchilik  esa  san’atlar 

ichida  yetakchi  o’rinni  egallab,  ularning  xarakter  va  uslubiga  o’z  ta’sirini 

o’tkazdi.  Yeramizdan  avvalgi  XXVII  asrlarda  Misr  tarixida  eng  gigant 

piramidalar  qurildi.  Piramidalar  ansambli  ichida  eng  kattasi  Xeops 

piramidasidir.  Balandligi  146,6  metr,  asosi  yesa  233  m.  Tarixchi  Gerodotning 

ta’rifiga ko’ra, Xeops piramidasi 20 yil mobaynida qurilgan. Piramidaga toshlar 

olib kelish uchun kerak bo’lgan yo’lni qurish uchun esa 10 yil ketgan.  

Fivadagi  Karnak  va  Luksor  ibodatxonalari  gigant  me’morchilik 

majmualaridandir.  Karnak  (yer.av.XVI  asr,  me’mor  Ineni)  va  Luksor 

ibodatxonalari  (yer.av. XV asr, me’mor kichik Aminxotep) me’morlar birinchi 

bor  ochiq  hovli  atrofini  kolonadali  yechib,  yangi  podsholik  me’morchiligining 

o’ziga  xos  tomonlarini  shakllanishiga  asos  soldilar.  Bu  majmualarda  Qadimgi 

Misr  me’morlik  an’analarining  muhim  tomonlari  o’z  ifodasini  topdi,  shu  bilan 



 

11 


birga,  tantanali  va  hashamatli  bo’lib  borayotgan  marosimlar  bilan  aloqador 

bo’lgan me’morchilikning yangi ko’rinishlari namoyon bo’ldi.  

Tasviriy  san’at.  Qadimgi  Misr  tasviriy  san’ati  me’morchilik  bilan  bog’liq 

xolda  rivoj  topdi.  Ijtimoiy  hayotning  murakkablashib  borishi  va  sinfiy 

jamiyatning  yuzaga  kelishi  bilan  u  boshqaruvchi  sinfning  kuchli  ideologik 

quroliga aylandi. 

Dinastiyagacha  bo’lgan  davrdan  bizgacha  ko’pgina  haykaltaroshlik, 

rassomlik va amaliy san’at namunalari yetib kelgan. S’Hular ichida turli diniy-

magik  marosimlar  o’tkazishda      qorishtirish  uchun  foydalanilgan  yassi,  yupqa, 

kul rang, yashil, qora tosh-shifer plitalar alohida o’rin ‘gallaydi.  

Rassomlikda  yangi  mavzular  ham  keng  o’rinni  yegallay  boshladi. 

Rassomlar har bir  obraz hatti-xarakatini tabiiy  va  go’zal bo’lishiga  e’tibor bera 

boshladilar.  Mayda  plastinada  janrli  kompozisiyalar  yaratish,  odamlarni 

harakatda ko’rsatish xollari, oddiy kishilar mehnatini tasvirlash bu davrda keng 

rivojlandi. 

Qadimgi  Misr  realistik  san’atining  eng  gullagan  davri  yangi  podsholikka 

to’g’ri  keldi.  Rassom  va  haykaltaroshlar  zadagonlar  hayotiga  bag’ishlangan 

serjilo  devoriy  suratlar,  nafis  relef  va  haykaltaroshlik  asarlari  yaratdilar.  Ular 

asrlar  mobaynida  saqlanib  kelayotgan  hayotiy  kompozisiyalar  yaratdilar, 

emosional tomonlariga e’tibor  qaratdilar.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

12 


 

XULOSA 


 

Shunday  qilib  qadimgi  Misr  madaniyati  o'zining  qadimiyligi 

va  rivojlanish  darajasi  bilan  boshqa  xalqlar  madaniyatidan 

ustun  turgan.Qadimgi  Misr  madaniyati  Yunoniston  Rim  va 

Sharq xalqlari madaniyatining rivojiga ta'sir ko'rsatgan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

13 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

 

1. Avdiyev Qadimgi sharq tarixi Toshkent-1964 



2. Dmitriyeva " Kratkaya istoriya iskusstva" "Iskusstva" 1985 

3. Ergashev "Qadimgi sivilizatsiyalar"Toshkent "O'zbekiston"2016 

4. Kuzishina "Istoriya drevnogo vostoka" Moskva 1979 

5. Sultonov "Qadimgi dunyo tarixi" Toshkent "Sharq"2010 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling