Boboqulova zarinaning jahon tarixi fanidan
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
10 QADIMGI MISR MADANIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 45 metrgacha
- Fransua Shampolon
1. Qadimgi Misr yozuvi.
Misr insoniyat madaniyatining eng qadimgi markazlaridan biri hisoblanadi. Yozuv ma`naviy madaniyatning ajraljnas qismidir. Qadimgi misrliklar bundan 6–7 ming yillar muqaddam belgi-rasmlar shaklidagi iyeroglif yozuvini kashf etganlar. Bu yozuvlar 750 belgi-rasmlardan iborat bolgan. Misr yozuvida narsa va hodisalar har turli rasm va belgilar yordamida ifoda etilgan. Masalan, suv so`zi uch qator to`lqinsimon chrziq, tog` so`zi ost tomoni tekis, yuqori tomoni qabariq, o`rtasi botiq shakl bilan ifoda etilgan. Qo`lida o`q- yoy ushJab turgan odam rasmi jangchi, o`roq ushlab turgan kishi tasviri esa o`rmoq degan ma`noni bildirgan. Keyinchalik belgi-rasm shaklidagi yozuv takomillashib soddalashtirilgan. Zamonlar o`tishi bilan belgi-rasm shaklidagi yozuvlar alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsholik davrida misrliklar yozuvida 24 ta asosiy tovushni bildiradigan alifbo tizimi paydo bolgan. Misrliklar dastlab alifbo va xatlarni tosh, sopol, yog`och, po`stloq, taxta, teri kabi buyumlarga yozganlar. Nil sohillarida o`sadigan papirus o`simligining barglari yozuv qog`ozi o`rnida foydalanilgan. Misrliklar papirus barglaridan varaqlar tayyorlab, varaqlarni bir-biriga ulab uzunligi 45 metrgacha papirus o`ramlari tayyorlaganlar. Zaruriy ma`lumot, hodisa va boshqa narsalar papirusga yozib berilgan. Papirusga qamishdan tayyorlangan yozuv asbobi bilan yozilgan. Bu misrliklarning o`ziga xos kitobi edi. Misming turli joylaridan arxeolog olimlar qadimgi «papirus kitoblar»ni topishgan. Qadimgi Misr yozuvini o`qib-
5 o`rganishga qadimgi mualliflar urinib ko`rganlar. Lekin ular bu sohada yaxshi natijalarga erisha olmaganlar. Keyingi davrlarda tilshunos olimlar Misr iyerogliflarini o`qib chiqishga harakat qilib ko`rganlar. Lekin ular bu sohada muvaffaqiyat qozona olmaganlar. Mashhur fransuz olimi Fransua Shampolon Misr iyerogliflarini o`qib chiqib, shuhrat qozongan.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling