rivojlanish darajasini tadqiq qilishda qo’llaniladigan usullar.
Iqtisodiy-geografik tadqiqotlar uslubi o’z navbatida yana 3 tarkibiy qismdan iborat: hududiy usul; tarmoq uslubi; mahalliy uslub.
Kartografik uslub ishlab chiqarish xususiyatlarini ko’rgazmali aks ettirish imkonini beradi.
Taksonomik uslub. Ushbu jarayon muayyan hududni unga bo’ysunuvchi iyerarxik taksonlarga ajratib chiqishdan iborat. Taksonlar - iyerarxik pog’onaning quyi bosqichlarini egallab turgan ma’muriy-hududiy birliklar hisoblanadi.
Masalan, viloyatga nisbatan tuman va shaharlar.
Ijtimoiy so’rovlar uslubi. Ular juda xilma-xil: standart holda intervyu; alohida tarmoqlar vakillari bilan yakka tartibda suhbat, olimlar, mutaxassislar va mintaqalar rahbar xodimlarining ochiq chiqishlari bo’yicha dalillarning tahlili va boshqalar. Shunday qilib, mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni o’rganish nihoyatda ko’plab usul va vositalarga tayanadi.
Hozirda jahon hamjamiyatida yuz berayotgan jarayonlar (globallashuv, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda bozor munosabatlarining rivojlanishi) milliy iqtisodiyotni tartibga solish sohasida muvofiqlashtirilgan qarorlarni qabul qilishning asosi sifatida makroiqtisodiy tahlil usullaridan faol foydalanishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan o‘quv dasturiga «Makroiqtisodiy tahlil» kursi kiritilgan.
Nazorat va muhokama ushun savollar
Makroiqtisodiy tahlilning predmeti nimadan iborat?
Makroiqtisodiy tahlilning pozitiv va normativ turlariga izoh bering.
“Makroiqtisodiy tahlil” fanining maqsadi va vazifalari boʻyicha “Toifali jadval” tayyorlang.
“Mintaqa”, “hudud”, “iqtisodiy hudud”, “iqtisodiy rayon”, tushinchalarini o’xshash va farqli jihatlarini aniqlang.
Mintaqaviy iqtisodiyot fanining fanlar tizimida tutgan o’rnini va uning rivojlanish bosqichlarini tavsiflang.
Mintaqaviy iqtisodiyotning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Mintaqaviy iqtisodiyot fanining fanlar tizimida tutgan o’rnini va uning rivojlanish bosqichlarini tavsiflang.
Mintaqaviy iqtisodiyotning predmeti va o’rganish ob’ektini tavsiflang.
Mintaqaviy iqtisodiyotning tadqiqot usullarini tavsiflang.
Do'stlaringiz bilan baham: |