Bobur asarlarining til xususiyatlari. Bobur asarlaridagi badiiy til vositalari. «Boburnoma»
Download 52.5 Kb.
|
Adabiy til taraqqiyotida Bobur asarlarining ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bobur uslubi va til rivojiga qo`shgan hissa.
- Adabiyotlar
Adabiy til taraqqiyotida Bobur asarlarining ahamiyati Reja:
Bobur asarlarining til xususiyatlari. Bobur asarlaridagi badiiy til vositalari. «Boburnoma» asari haqida ma`lumot. Bobur uslubi va til rivojiga qo`shgan hissa. Zahiriddin Muhammad Bobur o`zbek tili nasriy janrining asoschilari orasida katta salobatni egallaydi. Uning «Boburnoma» asari katta ahamiyatga ega bo`lgan memuar hisoblanadi. Bobur asarlarining ijobiy tomonlaridan biri- tilning soddaligidadir. U asarlarini sodda tilda yozadi. Boshqalarni ham sShunday yozishga chaqiradi. Bobur parallellizm, tazod, laf, o`zshatish, mubolag`a kabi badiiy til vositalaridan qo`llaydi. Bobur xalq og`zaki ijodidan aksiyachilik mahoratini o`rgandi. Natijada u omonim va polisemantik so`zlardan hamda so`z o`yinlaridan ustalik bilan foydalanib, o`zbek tilida tuyuqlarning ajoyib namunalarini yaratdi. Bobur badiiy proza namunasi bo`lgan «Boburnoma»ni Hindistonda eski o`zbek tilida yaratdi. Bu asar o`z davriga nisbatan sodda va obrazli tilda yozilgan. «Boburnoma» asari juda qimmatli tarixiy-badiiy asar bo`lib, unda O`rta Osiyo, Afg`oniston, Hindiston kabi mamlakatlarning XY asr oxiri, XYI asr boshlaridagi ahvoli geografiyasi, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti o`z aksini topdi. Asarning asl nomi «Vaqoenoma» bo`lib, u ba`zan «Boburiya» deb ham ataladi, tarjimalarda «Tuzuki Boburiy», «Voeoti Boburiy» va «Boburnoma» deb atala boshlangan. «Boburnoma»ning 14 ga yaqin nusxasi bo`lib, ularning ko`pi XVII-XVIII asrlarda turli kishilar tomonidan ko`chirilgan. Bu nusxalar hozir Leningrad, Kalkutta, Xaydarobod, London, Agra, Machester, edinburg kabi joylarda saqlangan. «Boburnoma» tilining asosiy xususiyatlaridan biri ixchamligidir. «Boburnoma»ning bir nusxasi 1737 yilda ko`chirilib, shu nusxa 1957 yilda Qozog`istonda rus olimi A.Beverij 1905 yil Londonda bostirdi. «Boburnoma» 1586 yilda fors tiliga ayrim parchalari 1705 yilda Vitsen tomonidan golland tiliga, Djon Leyden, V.erskinlar tomonidan 1828 yilda A.Keyzer tomonidan nemis tiliga, 1791 yilda Pave de Kuteyli tomonidan fransuz tiliga tarjima qilindi. «Boburnoma»ning Qozon va London nusxalari 1948-1949 yillarda Toshkentda ikki kitob xolida to`la nashr etildi. Ba`zi tuzatishlar va chog`ishtirishlar asosida 1960 yilda yana qayta nashr qilindi. «Boburnoma» XY asr oxiri XYI asr boshlaridagi tarixiy voqealarni to`g`ri aks ettirish jihatidangina qimmatli bo`lib qolmay, u o`sha davrdagi o`zbek tili ahvolini o`rganish uchun ham muhim manba hisoblanadi. «Boburnoma» asari orqali Boburning xalq jonli tilining boyliklari chuqur o`rganilib va egallab olganligi, adabiy tilni xalq jonli tiliga yaqinlashtirish uchun harakat qilganligi yaqqol ko`rinadi. Bobur tilni boyitishga va soddalashtirishga, barqaror qo`llanilmagan ko`p so`zlarni ishlatishga harakat qildi va ulardan o`rinli foydalandi. «Boburnoma» asarining mazmuni va tilini boyitish uchun Bobur xalq maqollari hamda ta`birlariga katta e`tibor berdi. Unda faqat o`zbek maqollaridagina emas, balki fors-tojik tili maqollarini ham qo`lladi. Bular asar tilining shirali, ommaga tushunarli bo`lishi uchun xizmat qildi. Masalan, Kapudagini kapmasa, kariguncha kuydurur. Kozlerini tuz tutti. Dushman ne demas, tushke, ne kirmas. Dax kujavu daraxtan kujavu. (Qishloq qaydayu, daraxtlar qayda). Uzrash battar az gunax (Uzri gunoxdan yomonroq). An guzarra ab burd (U ko`chani suv olib ketdi). Mard bayaran sur ast (Do`stlar bilan birga bo`lib ulmoq tuydir). «Boburnoma» tilining muhim xususiyatlaridan biri ifodaning ixchamligi, soddaligi va ravonligidir. Buning uchun u so`zlarni tanlab ishlatishga, oz so`z bilan ko`proq fikrni bayon etishga harakat qildi. O`zbek tilining so`z boyligidan ijodiy foyda aniq, undagi sinonim, omonim va antonim so`zlarni keng va o`rinli ishlatdi. «Boburnoma»da fikrlar ko`proq sodda gap formasida beriladi. Qo`shma gaplar ham sodda gaplarga o`xshash tuzilishda bo`lib, osonlik bilan tarkibiy komponentlarga ajraladi: Tu anda etkunche, mening bilen sekiz kishi kalib edi. Bobur Andijon va uning atrofidagi shaharlar haqida ma`lumot berar ekan, ular haqida murakkab bo`lmagan, ixcham jumlalar bilan fikr yuritadi: «Movarounnaxr, Samarqand va Kesh ko`rganidin so`ngra mundin ulug`rak korgan yokdur, uch davrasi bor. Arki janub tarafida vake boluptur. Tokkuz tarnav suv kirer. Bu ajabturkim, bir erdan ham chikmas». Bu parchani hozirgi zamon kitobxona ham lug`atsiz tushuna oladi. «Boburnoma» asarining tili quyidagi xususiyatlari bilan ham harakterlanadi. «Boburnoma» tilining turlanish kategoriyasi o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Boshqa yodgorliklardagi kabi unda ham chiqish kelishigi –din, affiksi orqali yasaladi. Qolgan kelishik qo`shimchalari hozirgi o`zbek tilidagi kelishik qo`shimchalariga o`xshash. Masalan, Andijon suyi Oshtin kelur, Axsi suyi Kasandin keler.lekin «Boburnoma»da qaratqich bilan ushum, o`rin-payt bilan junalish va o`rin-payt bilan chiqish kelishiklari bir-birining o`rnida o`o`llana beradi: Xojandda kelib edi. Jaxandir Mirazaka Tanbal takasiga kelib edi. Hind fatxida song. Abstrakt egalik ma`nosini ifodalovchi-niki Afekisining vazifasini qaratqich kelishigining qo`shimchasi –ning qo`shimchasi – ning bajaradi: Har vilayatkim musaxxar bolsa, chaxar dang mirzaning bolday, du dang aning. hu bilan birga, ba`zan bu ma`noda niki affiksi qo`llanishi ham uchraydi: Kongulde ud edi kim, . . . hayx Bayazidni Tanbaldin ayrib bizniki bolday. 2. «Boburnoma»da nisbiy sifat va abstrakt otlar yasash uchun –lig, - lik affiksi ishlatiladi: Bu ataluk, ogullik Tambalga arkalanib bunday harakatlar bunyod qildilar. 3. «Boburnoma» tilida hozirgi o`zbek tiliga xos bo`lgan –ta bilan yaralgan donalik sonlar.- tadan bilan yasalgan ulush sonlar, - tacha bilan yasalgan chama sonlar. –lab bilan yasalgan ayruv ulush sonlar uchramaydi. Ayiruv –ulush sonlar asosan-r (-rer) affiksi bilan, chama sonlar esa sintaktik yo`l bilan yasalgan: Sipaxi va raiyati naumed bolub birer-ikkirer kargandin tashlab kacha kirishdiler. Yuz chaglik. 4. Uchinchi shaxs kelishik olmoshi son va kelishiklar bilan turlanganda qadimgi formasi namoyon bo`ladi: ul-ano`, aning, anga, andin. Hozirgi o`zbek adabiy tilida so`roq olmoshlaridan tashqari, ne,nechuk, katu olmoshlari mavjud. Hozirgi o`zbek tilida ravishlar «Boburnoma»da ham uchraydi, lekin unda hozirgi tilda bo`lmagan azru (ko`p, juda ko`p) otru) ro`baro`, qarama-qarshi) ravishlar juda ko`p ishlatilgan. «Boburnoma»da qo`llangan so`ng ko`makchilari hozirgi ko`makchisining sayi varianti, bilen ko`makchisining bile, birle, ile variantlari mavjud. old va yon ko`makchilari o`rnida ko`proq kash ko`makchisi ishlatiladi: Songralar Sulton Maxmudxon kashiga bardi. «Boburnoma»da o`timli fe`llarning majhul darajalari formasi tushum kelishigidagi otlarni boshqarish xususiyatiga ega. Bu forma hozirgi o`zbek tilida uchramaydi. Urduning va urdu otrusini mazbud va mustahkam kildi. Hozirgi kelasi zamon fe`li- adur,-yudur affiksi yordamida hosil bo`ladi: keledurmen, keledursan kabi. «Boburnoma»da eski uyg`ur tiliga xos ba`zi zamon formalari mavjud.ulardan biri-gu gu affiksli zamon fe`lidir: keldum,kelgung,kelgusi kabi. «Boburnoma»da – gu-gu affikisida boshqa affikslarning birikishidan hosil bo`luvchi ish- harakat oti keng qo`llangan: bargulik,bargusiz, barguchi kabi. Buyruq-istak maylining 1 shaxs formasi – aling bilan yasalgan turi keng tarqalgan: Xan kashiga Tashkentga baraling. «Boburnoma»da sifatdoshning asosan –gan-gen,-adurgan-edurgan,-r afikslari bilan hosil bo`luvchi formalari qo`llangan: borgan,kelgan,boradirgan,keladurgan,barur,kelur kabi. «Boburnoma»da-a)-e affiksi bilan hosil bo`luvchi ravishdosh formasi kesim va sostavli kesimning komponenti vazifasida ham qo`llangan: Dakikaning makdari takriban alti fatixani bismilla bili okugunchadir. Navoiyda bo`lganidek hozirgi-kelasi zamon fe`li 1-shaxs birligini bo`lishsiz formasi-man-men affeksi bilan ham hosil qilinadi: Bilmen ozlukidan bermedimi va yukaridan isharat bodimu. Infinitivining bo`lishsiz formasi –ma, -me affiksi orqali ifodalanadi: Ish kapuga kelgen maxalda jid va tumamni taksir kilmamak kerak. 8. «Boburnoma»dagi bog`lovchilar hozirgi bog`lovchilarga qisman to`g`ri keladi. Unda ko`pincha dagi, vale (lekin, ammo) va yoki bog`lovchilari ko`proq ishlatiladi. Asarda ergashtiruvchi bir qanchasi qo`llanadi. Bularning ko`pchiligi –ki bog`lovchisi ishtirokida hosil bo`lgan bog`lovchi va bog`lovchilashgan so`zlarir: -ki, -kim, vaqtiki, -gaxikim, ne uchunkim, -bu jihatdinkim, negkim: Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning musannafati bavujudkim, Xaride nash`u pava tanibdur, bu til biledur. «Boburnoma» leksikasida quyidagi so`zlar uchraydi: yavuk, yaqin, cherik, askar, qo`shin, kabamak, kamamok, filgar, tuz, tekis er, arimak, ketmoq, ilik, kul, ulus, xalq, kazaklik, darbadarlik, yanmak, kaytmak, kopmoq, turmoq, kasaba, shaxarcha, vasat, urtalik, vasfir, mo`l-ko`l kabilar. Umuman «Boburnoma» va boshqa asarlari bilan til donishmandi bo`lganligini va til boyliklaridan, jonli tilning xususiyatlaridan mohirlik bilan foydalanganligini ko`rsatadi. O`zbek badiiy prozasi etarli tajribaga ega bo`lmagan bir davrda proza tilida katta muvaffaqiyatni qo`lga kiritdi. Bobur tilidagi soddalik, ravonlik va ixchamlik XYII asrda Abulg`ozi Bahodirxon tomonidan yozilgan «hajarai turk» va «hajarai tarokim» asarlarida davom ettiradi. O`zbek adabiyotining va adabiy tilning ulkan namoyondalaridan biri Muhammad Sodix klassik adabiyotda birinchi tarixiy doston bo`lgan «Shayboniynoma»ning avtoridir. «Shayboniynoma» temuriylar bilan shayboniylar o`rtasidagi urushlarning dahshatli manzaralarini tasvirlovchi, badiiy uslubi va obrazli tili bilan klassik adabiyotning qimatbaho yodgorligidir. «Shayboniynoma» dostoni 76 bobdan iborat bo`lib, uni Qosim nomli kotib tomonidan ko`chirilgan nusxasi Venada saqlanadi. Dostonni shu nusxa asosida G.Vamberi 1885 yilda nemis tilida nashr ettirdi. 1908 yilda turkolog P.M.Melioranskiy tomonidan chop etilgan. Faqat 1961 yilga kelib, «Shayboniynoma»ning hozirgi o`zbek grafikasidagi matni nashr etiladi. «Shayboniynoma» tarixiy dostonchilikning to`ng`ich asari bo`lib, unda konkret tarixiy voqealar hikoya qilinadi. Dostonda realizm tendensiyasi ma`lum darajada badiiy uslubning eng muhim xususiyatlaridan biriga aylandi. Realizm tendensiyalari faktlarning mazmunidagina emas, balki ularni bayon etish va ifodalashning badiiy usullarda, badiiy til vositalarida, xullas mazmun bilan shaklning birligida ko`rinadi. Muhammad Solih dostonida adabiy tilni jonli tilga yaqinlashtirishga, jonli til xazinasidan foydalanib, adabiy tilni boyitishga munosib hissa qo`shdi. Uning tasviriy ifoda uslubi badiiy sodda va rang-barang. hoir xalq tili xazinasidan foydalanib, sodda, jonli o`zshatishlar, sifatlashlar, anaforalar topadi. Masalan, Buxoro hokimi Bokitarxon xarakterini ochib berish uchun quyidagi o`xshatishni ishlatadi. Bar edi sozi uning nadanlardek, Kiligi yashgina oglanlardek. Xalq tili boyliklaridan mukammal foydalanib, xarakterli jonlantirish va mubolag`alar qo`llaydi. Boldi bisyar uzum birle kavun, Xar biri debki: «Mening birl avun». Klassik adabiyotda baytning birinchi misrasidagi barcha so`zlarga ikkinchi misradagi hamma so`zlar qofiyadosh bo`lsa, bu tarse deb ataladi. Muhammad Solih original ijod qildi. Tozib erdi navkari Babirning, erib edidi jigari Babirning. quyidagi barcha M.Solih Bobir askarlarining qochishini sShunday mubolag`a bilan tasvirlaydi: Bir sari yolini daryo tutdi, Suvga tushkenni baliqlar yutdi M.Solih omograf so`zlar yordamida original so`z o`yini yaratdi: Saxabi jilvada bostan ichide (uzum navi). Kan yutib saxibi korgan ichide (egasi) Yuqoridagi tasviriy vositalarini yaratishda M.Solih zbek tilining so`z boyligidan va grammatik xususiyatlaridan unumli foydalangan. Unda quyidagi grammatik xususiyatlarni ko`rish mumkin: «Shayboniynoma» tilida tushum kelishigi uchun –ni, -n jo`nalish kelishigi uchun –ga, -ge, -ka, ke, -a, e affiksli formalar ishlatilgan: arigini, shaxar xalin sozumni, suga, kozgusre, otka, kormekke, bashima, kunglume kabi. Otlarning egalik bilan turlanishi hozirgi o`zbek tilidagi kabidir. «Shayboniynoma»da o`zbekcha pullik formasi bilan birga, arabcha, forscha ko`plik formalari ham qo`llanadi: barcha mirzalar, bari nukarlar, funun (fanlar), kalmakan (qalmoqlar) kabi. Sonlar «Shayboniynoma»da hrzirgi o`zbek tilidagi kabi formalarga ega. Tartib sonlar – inch affiksi bilan ham yasaladi: tortinch kabi. «Uch ming» ma`nosida tuman «million» ma`nosida «yuz tuman» so`zlari ishlatilgan. Adabiyotlar: Abduraxmonov G`., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1982. Abduraxmonov G`., Rustamov A. Navoiy tilining grammatik xususiyatlari. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1984. Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnika Bilge-kagana. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1966. Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnikov drevnetyurkskoy pismennosti VIII veka. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1971. www.ziyonet.uz Download 52.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling