Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
296 qarshi necha barobar katta kuch bilan chiqqanini bilmasmisiz? Bular mag‘lub bo‘lsa o‘g‘lingiz yovlarining ming jonlaridan birini ham tirik qo‘ymas edi. Siz sulton Ibrohimning qanchalik shafqatsiz bo‘lganini bilar edingiz. Agar sizda insofu imon bo‘lsa, qo‘lida qilichi bilan ochiqchasiga jang qilgan sarkardaga yashiriqcha zahar bermas edingiz! — Men ayol kishiman, qilich ko‘tarib jang qilolmayman! Ana o‘sha zahar — mening qilichim edi. Fotihlar Panipatda ming-ming odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi! Bu mamlakatning yana ko‘p joylariga ajal urug‘ini ekdi! Men kabi minglab onalar hozir motam tutib, ko‘z yoshi to‘kib yuribdi. Qancha-qancha kelinchaklar beva qolib, o‘zlarini erlarining jasadlari bilan birga olovda yondiryapti! Men bergan zahar ana o‘sha ajalning urug‘idan tayyorlangan edi! Unga beva-bechoralarning achchiq ko‘z yoshlari ham qo‘shilgan edi! Malikaning so‘nggi so‘zlari fotih beklarga ham tegib ketdi. Sersoqol bir bek o‘rnidan sakrab turib, Boburga ta’zim bilan murojaat qildi: — Hazratim, bu yalmog‘izning tilini og‘zidan sug‘urib olmoq kerak! Shunday mal’unligi ustiga yana buncha gap! — Mayli, meni qiymalab tashlasinlar! — deb qichqirdi Bayda. — Men qo‘rqmayman! Bobur Baydani beklar istagandek qiynoqlarga solib o‘ldirtirsa el-ulus nima deyishini o‘ylar ekan, «lop» etib Hirotdagi Xadicha begim esiga tushdi. Makkorlikda u ham Baydadan qolishmas edi, nevarasi Mo‘min mirzoning o‘limiga sabab bo‘lgani ko‘pchilikka ma’lum edi. Shunga qaramay, Shayboniyxon uni Mansur baxshining ixtiyoriga topshirib, dahshatli qiynoqlarga solgani juda ko‘p odamlarning nafratini keltirgan edi. Boburning o‘zi bundan bir haftagina oldin xilvatxonada xotira yozib o‘tirganda Shayboniyxonning bu ishini jirkanib qalamga olgan edi. «...Besh kunlik o‘tar dunyoda Shayboniyxon mundoq ablahono ishlari bilan yomon ot qozondi» — degan satrlarni o‘z umr kitobiga bitgan Bobur endi mana bu qurolsiz onaga qanday chora ko‘rishi kerak? Qanday qilsa odamlarning nafratiga emas, hurmatiga sazovor bo‘ladi? Beklar hamon Baydaning o‘ldirilishini talab qilmoqda edilar: — Bu yalmog‘izni quturgan filning oyog‘i tagiga tashlab qatl ettirmoq kerak! — Yoki oyoq-qo‘lini chirmab bog‘lab, baland minora ustiga yotqizib qo‘ymoq darkor — go‘shtini quzg‘unlar yeb, ko‘zlarini cho‘qib ketsin! Malikaga zimdan tikilib turgan Bobur so‘nggi takliflardan Baydaning rangi o‘chib, yuzi ko‘kimtir tusga kirganini ko‘rdi. Shunda Muhammad Do‘ldayning ishorasi bilan beklar jim bo‘ldilar. Bobur malika tushunadigan forsiy tilda: — Janob beklar taklif qilgan jazolar barchasi asosli,— dedi. — Biroq xiyonatchi malikaga bularning hammasidan ham og‘irroq bir jazo bor. Bu xonimning gapiga qaraganda, hamma yetimu yesirlar uchun joni achir emish, zaharni o‘shalarning ko‘z yoshlaridan tayyorlagan emish! Biroq buning o‘g‘li Ibrohim Lodi el-ulusga ozmuncha zulm o‘tkazganmi? Ozmuncha odamni yetimu yesir qilganmi? Ibrohim sababchi bo‘lgan ichki urushlarda har yili qancha odam halok bo‘lgan edi, janob Koroniy? Siz bilsangiz kerak? — Hazratim, menda hisoboti bor: so‘nggi uch yil davomida sulton Ibrohim boshlagan ichki urushlarda bizdan yuz yigirma ming odam halok bo‘lmishdir. — Uch yilda bir yuzu yigirma ming! — xitob qildi Bobur. — Ibrohim Lodi esa o‘n yildan ortiq taxtda o‘ltirgan! Hindistonda odam ko‘p. Yuz mingi ichki urushda halok bo‘lsa, Ibrohim yana yuz mingini pulga yollagan. Agar Ibrohimning onasi bo‘lmish bu xonim o‘lgan navkarlargayu ularning yetim-esirlariga astoydil jon kuydirsa, nechun yuz minglab odamlarning behuda o‘lib ketishlariga yo‘l qo‘ygan? Nechun o‘g‘lini bunday nojo‘ya qirg‘inlardan qaytarmagan?! — Men faqat ona edim, podshoh o‘g‘limga amr-farmon berolmas edim! — deb malika Bayda endi o‘zini himoya qila boshladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling