Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
72 ketadiganga o‘xshardi. U nafasi ichiga tushib: — Qa-qaysi Rokiya? — dedi. — Rokiya emas, Robiya? U qizni Quvadan olib qochib qayoqqa olib bordilaring? Hozir qayerda? Rostini aytmasang, kallangni olamen! Ayt! — Uka! Ukajon! Men Robiya degan qizni ko‘rganim jo‘q. O‘ldirsang, mayli, o‘ldir, lekin mendan bekorga gumonsirama, o‘shanda men qiz obqochadigan ahvolda emas edim. Tug‘ushgan ukam ko‘prikdan jig‘ilib, suvg‘a og‘ib o‘ldi. Qamishlarning orasidan uch kun qidirib o‘ligini topolmadim. Balchiq jutib ketgan ekan. Tohir o‘sha ko‘prikni o‘zi buzganini esladi, malla mo‘ylovli yigitning ko‘zlari yoshlanganini ko‘rdi-yu, uning yoqasini qo‘yib yubordi. Robiyani qopga solayotgan «jo‘q»chi yigitlardan biri ikkinchisini «Juman» deb atagani Tohirning yodida qolgan edi. U qarshisida ko‘zlari mo‘ltirab turgan odamga tikilib: — Oting nima? — dedi. — Otim Mamat. — Mamatmi yo Jumanmi? — Uka, ishonmasangiz, mana shu mahallaning odamlarini chaqirib so‘rang. Otim Mamatligini hamma biladi. O‘zim ko‘nchi kosibman. Tohir o‘zicha o‘ylandi: «Agar ukasi Quvada balchiqqa botib o‘lgan bo‘lsa, bu ham mening giribonimdan olishga haqqi bor!» Shu o‘y ta’sirida Tohir jahlidan tushdi. Mamatga yana «siz»lab gapira boshladi: — Jumanni bilarmidingiz? Mamat peshonasini ushlab, nimanidir eslashga tirishdi: — To‘xtang, to‘xtang, Juman maymoq deganimiz bo‘lar edi. Sheriklari bilan o‘sha yoqdan ikkita qiz obqochib kelgan, deb eshitib edim. — Samarqandga olib kelganmi? — Qizlarnimi? Bunisini bilmadim. O‘ratepaning naryog‘ida Oqsuv degan soy bor. Oqsuvga jetganimizda podshomiz o‘lib qoldi. O‘shanda bir alg‘ov-dalg‘ov boshlandi, mana haligacha bosilmaydi. Navkarlik ham jonimga tegdi, bo‘shab ketdim. — Juman maymoq hozir qayerda? — Bilmadim-ov. Uch-to‘rt jildan beri ko‘rgan emasmen. Battarin jigit edi, o‘lib ketdima yo boshqa podshoning xizmatiga o‘tib ketdima. Podsho ham ko‘p-ku. Toshkentda Mahmudxon degani, Turkistonda Shayboniyxon degani, Hisorda yana birovi. — Bu podsholarning urush-janjallari boshlaridan qolsin! — dedi Tohir kuyunib. — Siz bir kosib bo‘lsangiz. Men bir dehqon edim. Kelib-kelib bizday zahmatkashlarni bir-birimizga dushman qilib qo‘ygan zamonaning uyi kuysin! Mamat Tohirning xanjar izi qolgan yuziga endi botinibroq qaradi: — U qiz kimingiz bo‘lar edi, uka? Singlingizmidi? — Ko‘zimning oqu qorasi edi! Mamat gap nimadaligini fahmlab, Tohirga xiyol hayratlanib tikildi. So‘ng uning armon to‘la ko‘zlarini ko‘rib, bu yigitga o‘zini allanechuk yaqin sezdi va unga tasalli bergisi keldi: — Xudo xohlasa, toviladi! Mening tanish-bilishlarim ko‘p, uka. So‘roqlayman. Xotinimga aytaman. Ayollardan surishtiradi. Mamatning astoydil yordam bermoqchi ekanini sezgan Tohir uni yengidan oldi-yu: — Bu yoqqa yuring, — dedi. Mamatni novvoyxonaning yo‘lagiga olib kirdida, ichkaridan to‘rtta non olib chiqdi. — Oling! Siz bu yerga nonga kelgan edingiz. Mamat nonlarni titroq qo‘llari bilan olib, qo‘yniga tiqdi. Issiq bug‘doy nonning hidi va taftidan og‘ir-og‘ir nafas olib, ustma-ust yutindi. U har qancha och bo‘lsa ham Tohirning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling