Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
70 ko‘pdan beri so‘roqlab yurgan edi. U oltinga topilmaydigan ajoyib kitoblarning ko‘pligini ko‘rib, afsonaviy xazinaga kirib qolganday hayajonlanar, nuqul: — Yana ne bor? Yana? — deb so‘rardi. Mulla Qutbiddin ham biri-biridan noyob kitoblarni uning oldiga qalashtirib tashladi. Mashhur xattotlar katta pullar evaziga ko‘chirgan, har bir varag‘iga nafis bezaklar ishlangan bu qo‘lyozma kitoblarning har biri bir necha ming dinor turishini Boburning yonida turgan Qosimbek ham bilar edi. U Samarqand xazinasi shipshiydam ekanini, Andijondan olib kelingan oltinlar esa ko‘pga bormasligini o‘ylab qarab turardi. Nihoyat, Bobur ajratib olgan kitoblar o‘ndan oshganda, Qosimbek sekin shipshidi: — Amirzodam, hozir xizonachi yo‘q... Kitoblardan boshqa narsani unutgan Bobur Qosimbekning shamasini tushunmadi. — Xizonachini yuborurmiz, — dedi va tanlagan kitoblarini sahhofga ko‘rsatdi: — Hammasini hisoblab qo‘ying. Kitobdor bilan xizonachi pulini to‘lab olib keturlar. Mulla Qutbiddin qo‘l qovushtirib: — Bosh ustiga! — dedi-yu, ammo uning nimanidir aytolmay taraddudlanayotgani Boburga sezildi. — Ne tilagingiz bor, mullo? Ayting, tortinmang. Kitoblaringiz bebaho! Bobur bu kitoblar uchun mol-dunyosini ayamaydiganday ko‘rindi. Sahhof dadillanib: — Mirzo hazratlari, — dedi. — Hozir pulga oshliq topilmaydi. Bolalarim, «non» deb yig‘lab, har kuni yurak-bag‘rimizni ezurlar. Agar iloji bo‘lsa, ozgina un... Boburning ko‘z oldiga boyagi telba kampir keldi-yu, sahhofning muhtojligini oldinroq sezmagani uchun o‘zidan koyindi. Qosimbekning novvoylik rastasidagi e’tirozlari esiga tushib, unga hech nima demadi. Yana beklarning jinini qo‘zg‘amaslik uchun sahhofga kerakli narsani saroy oshpazidan berib yuborishni ko‘ngliga tugdi. Sahhofga past tovush bilan: — G‘am chekmang, — dedi. — Tilagingiz amalga oshur. Xayr! Bobur tashqariga chiqdi. Ahmad Tanbal hamon otidan tushmay o‘shshayib turar edi. Shu kuni shomda kitoblarni olib ketishga kelgan kitobdor va savdarlar sahhofga so‘ragan pulini berishdi-yu, uning uyiga bir qop un va bitta semiz qo‘y tushirib ketishdi. Ertasi kuni novvoylik rastasiga Qosimbekning navkarlari bir arava un olib kelganliklari, qor tagida sovib yotgan tandirlarga o‘t qalanib, issiq non hidi atrofga taral-gani, otliq jarchilar podsho nomidan ochlarga non ulashilishini e’lon qilgani hammaning qulog‘iga borib yetdi. Novvoylik rastasiga kelib, xushbo‘y bug‘doy nonining ta’midan ko‘zi charaqlab ochilayotgan ochlar Boburdan nechog‘liq mamnun bo‘lsalar, tamagir bek va navkarlar: «Bizning og‘zimizdan olib, avboshlarga berdi!» — deb, yosh podshohdan shunchalik norozi edilar. Samarqanddagi ochlik va tanqislikdan bezgan bir qism jangchilar Andijonga qaytib ketishga intila boshladilar. ___________ * S a h h o f — muqovachi. Kitob savdosi bilan sahhoflar shug‘ullangan. 3 Tandirdan uzilgan nonlarni qopga solib chiqib ochlarga ulashayotgan navkarlardan biri — Tohir edi. Avval u ham: «Menga nayza sanchib, onamning o‘limiga sabab bo‘lgan yog‘iylarga xizmat qilgani kelganmi men?!» deb achchiqlandi-yu, lekin uvada kiyingan, bo‘yinlari qiltiriqday bo‘lib qolgan och o‘smirlarga, chollarga, ayollarga ko‘zi tushganidan keyin hovuri bosildi. Ichkaridan ola qopda issiq non ko‘tarib chiqar ekan: «Balki bu ayollarning orasida Robiya ham bordir?— deb o‘ylandi. — Yoki Robiyani ko‘rgan-bilganlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling