Ulug’bek xazinasi” romani
Download 30.14 Kb.
|
bznxmmx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Romanning ijodiy tarixi
“Ulug’bek xazinasi” romani Odil Yoqubovga eng katta shuhrat keltirgan asar “Ulug’bek xazinasi” romani bo’ldi.Davrimizning ulkan adibi Chingiz Aytmatov “Ulug’bek xazinasi” muallifiga yo’llagan maktubida bu roman to’g’risida shunday yozadi: “Yaxshi kitob haqida gapirish maroqli. Bu- yuksak va olijanob nasr namunasi.Badiiy quvati jihatidan salmoqdor bu tarixiy roman meni larzaga soldi.Bu esa yaxshi asarning birinchi alomati.Bundan ham muhimi shundaki, romanni o’qirkanman, ko’nglimda turkey xalqlarimiztarixi uchun iftixor tuyg’usi jo’sh urdi. Ulug’bek shunday dahoki, u asrlar osha tariximizga , zaminda tutgan mavqeiga guvoh.Ulug’bek – bizning dildagi ohimiz , hasratimiz.U buyuk insoniy tajribalar haqida, dunyo haqida yuksak mezonlarda turib mulohazayuritish, hukm- saboqlar chiqarish uchun asos beradigan shaxs… Ulug’bek men uchun o’rta asrning atoqli olimi bo’lgani uchungina emas, balki xalqlarimiz tarixidagi eng murakkab og’ir fojiani boshdan kechirgan alloma bo’lganligi uchun ham ulug’dir”. Romanning ijodiy tarixi: Yozuvchi garchi ijoddagi birinchi qadamidan boshlab uzoq vaqt zamonaviy mavzuda zamondoshlari hayotidan asarlar yaratgan bo’lsa-da , uni bora-bora o’tmish voqealari, tariximizda o’tgan buyuk allomalar hayoti qiziqtira boshladi.60- yillarning oxirlarida matbuotda ulug’bekning mashhur kutubxonasi taqdiri xususida baxs boshlandi.Bu bahsda ilgari surilgan , xususan taniqli rus adabiyotshunosi I. Andronikov maqolasida o’rtaga qo’yilgan fikr va mulohazalar astoydil qidirilsa, bu nodir xazina albatta topilajagi xususidagi bashoratlar ko’plab qatori Odil Yoqubovda ham katta qiziqish uyg’otdi.Shu paytga qadar “zamonaviy yozuvchi” deb tanilgan, doimo zamonaviy mavzuda qalam tebratib kelgan adibimiz endi hayolan olis tarix saxifalarini “sayr etish ”ga tushdi; ko’pgina tarixiy hujjatlarni , Ulug’bek hayoti va davriga oid manbalarni o’rganib chiqdi.Ulug’bek kutubxonasining taqdiriga aloqador faktlarni qidirdi.Yozuvchi boshda Ulug’bek kutubxonasining qismatidan bahs etuvchi bir sarguzasht qissa yaratmoqchi edi. Bunday qisssa bitildi ham, ammo muallifning undan ko’ngli to’lmadi.Ijodiy ish davom etdi. Xayolda charx urgan fikrlar, gavdalangan obrazlar kengayib, to’lishib jiddiy yirik asar shakliga kira boshladi.Nihoyat , ulug’ allomaning ma’naviy hazinasi, buyuk tojdor olimning ulkan fojiasi haqidagi, qolaversa Ulug’bek toj- taxti va ma’naviy merosi tevaragida brogan shiddatli kurashlar to’g’risidagi o’ziga xos yetuk bir roman maydonga keldi. Download 30.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling