Ulug’bek xazinasi” romani


Download 30.14 Kb.
bet5/8
Sana12.03.2023
Hajmi30.14 Kb.
#1265258
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bznxmmx

X U L O S A
Odil Yoqubov “Ulug`bek xazinasi” romanida buyuk tarixiy shaxslarga
daxldor bo`lgan davr haqiqatini nozik ilg`ay olgani uchun ham umriboqiy asar
yarata oldi. Chunki, Ulug`bek o`zidan oldin o`tgan podsholardan tubdan farq
qilib, toju-taxt oltinu-kumushlarni emas, balki nodir kutubxona, rasadxona va
yozgan ilmiy asarlarini haqiqiy xazina deb tushungan. Romanda Ulug`bek
davrining ana shu otashin tarixiy haqiqati o`z badiiy ifodasini topgani uchun
ham adolatli va ma`rifatparvar shoh adabiy tipi yaratilgan.
Anglashiladiki, yozuvchi Ulug`bek davri va uning shaxsiga aloqador
bo`lgan tarixiy ma`lumotlarni obrazli o`zlashtirgan. Natijada o`ziga xos badiiy
manzaralarni shu qadar ishonarli qilib chizib berganki, obrazli o`zlashtirilgan
hayotiy fakt va hodislarni kitobxon o`sha davr haqiqati tarzida juda katta
mamnuniyat bilan qabul qiladi.
Yozuvchi Ali Qushchini o`z davri olimlarining adabiy tipi yuksakligida
yaratishga intilib, uning turmush tarzi va ilmiy faoliyati tasvirida, Ulug`bek
davri ilmiy muhitining, ijtimoiy shart-sharoitlarining qirq yil davomida ustod
bilan birgalikda ishlashning nurli izlari qolganini uning xotiralarini qayta
jonlantirish jarayonida mohirlik bilan ochib beradi. Bu vosita shogird
xotirasida ustodlar buyukligi, ularning ilm-fan ravnaqi yo`lidagi rahnamoliklari
hamda ilmlar xazinasining egasi bo`lib yetishgan shogirdlar sadoqatining
haqqoniy mezonidir.
Odil Yoqubovning “Ulug`bek xazinasi” asarini olib qaraydigan bo`lsak,
unda yurtni boshqarish, hukmdorning atrof-muhitga e`tibori mansabidan
ketayotgan hukmdorga esa atrofdagilarning munosabati masalasi, farzand
tarbiyasi insonning axloqiy fazilatlar xususida alohida fikrlar berilganini
ko`ramiz. Bu asar yaratilgandan buyon olimlar, tarixchilar, adiblar,
jamoatchilikni e`tiborini o`ziga tortib kelgan. Tarbiyaviy qadriyatlar haqida
49
fikr yuritar ekanmiz, bu asar barcha davrlarda ham ta`lim tarbiya sohasida
namuna bo`lib keldi va shunday bo`lib qoladi

Download 30.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling