Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor
Download 49.74 Kb.
|
8-Mavzu Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor.
REJA: Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi va uning ahamiyati. O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati. Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. Islom Karimovning milliy-ma’naviy tiklanishimiz borasida qilgan xizmatlar haqida fikr yurtganda ularning kontseptual g’oyalarni ishlab chiqish bilan bir qatorda ana shularni amalga oshirish borasida qilayotgan katta xizmatlari haqida alohida ta’kidlash lozim bo’ladi. Jumladan, 1994 yildayoq Respublikamizda “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tuzish to’g’risida farmon chiqarganlari, ularning faoliyatini takomillashtirish haqida g’amxo’rlik ko’rsatayotganliklarini aytish joiz. Mustaqillik yillarida ma’naviy merosimiz rahnomalari nomlari tiklandi, ular tavallud topgan kunlar nishonlanmoqda, asarlari chop etildi. Chunonchi, Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi, Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi. 1998 yilda imom al-Buxoriy hazratlarining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi nishonlanishida bosh-qosh o’lganliklarini ta’kidlash lozim. 1999-yilda vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtiruvchi yodgorlik majmuyi barpo etildi.. Mustaqillik yillari Qur’oni Karim o’zbek tiliga tarjima qilinib, ko’p nusxada chop etildi. Imom al-Buxoriyning turli jildlik hadisalari, Xoja Axmad Yassaviyning “Hikmatlar” to’plami, ko’plab Qur’oni Karim shaxslariga oid kitoblar chop etilganligini va ulardan xalqimiz baxramand bo’layotganliginign guvohi bo’lib turibmiz. Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon hayit kunlari diniy qadriyatlarimizning bayrami sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o’rin oldi. Har yili 3000 dan ortiq Vatandoshlarimiz muborak haj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari ko’plab masjid va madrasalar ta’mirlandi.Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug’bekning esa 600 yilligi keng nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi. Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz kurashchilari Munovvarqori, Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir va boshqalarning nomlari tiklandi, asarlari chop etildi. Ularning tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlanadi. Qatag’on yillarida millatimiz mustaqilligini ta’minlash yo’lida qurbon bo’lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak nomlarini abadiylashtirish maqsadida Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida Shahidlar xiyoboni barpo etildi. Bu o’zlikning anglashning tarix bilan uyg’ongan millat tarjimasi holining mustaqillik ko’zgusida namoyon bo’lishining bir qarrasidir. O’zbek tilining davlat tiliga aylanishi borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan davlat idoralarida ish yuritish, shaxarlarda ko’chalar va joylarning nomlanishida tarixiy haqiqat tiklanmoqda. Ma’naviy merosimiz sanalgan ko’plab asarlar o’zbek tiliga tarjima etilmoqda. Mustaqillik yillari biz uchun o’zbek tilining xalq va davlat hayotidagi asosiy ahamiyati va o’rnini tiklash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu tariqa millatning, davlatimizning qadr-qimmati mustahkamlandi. Maktablar va oliy o’quv yurtlarida o’zbek tilini rusiyzabon yoshlarining o’rganishi uchun ham katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Mustaqillik yillari ma’naviyatimizning muhim bug’ini hisoblangan ta’lim va tarbiya tizimiga milliy ruh bag’ishlashda bir qator ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, birinchi Prezidentimizning tashabbusi, bevosita rahbarligi ostida “Ta’lim to’g’risida” Qonun va “Qadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi milliy ma’naviyatimizning yuksalishida, mamlakatimizning kelajakda rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin egallashi, millatimizning obro’-e’tiborining oshib borishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi. Yuqorida keltirilgan yutuqlarni qo’lga kiritishimiz adolatli ravishda birinchi Prezidentimiz nomi bilan bog’liq.Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi nishonlanishi xalqimizni quvontirdi. O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida 2017-yil 6-noyabr – Sharof Rashidov tug‘ilgan kuni Jizzaxda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Jizzax shahridagi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Islom Karimov haykallari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga va Islom Karimov birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga o‘rnatildi. Bundan tashqari, Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasibarpo etildi. Islom Karimov ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagiOqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi.Shuningdek, bir qator ko‘chalar va yirik obyekt-larga Islom Karimov nomi berildi. Prezident farmoni bilan 2018-yil 30-yanvarda Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi, 24-martda esa Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi va uning ahamiyati. Uzoq va boy tariximiz hamda madaniyatimiz, shuningdek ma’naviyatimizning ildizi qadim moziy qa’riga borib taqalishidan guvohlik beruvchi Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik to’yining o’tkazilishi Jahon shaxarsozlik madaniyati tarixining ibtidosi sifatida ham e’tirof etilgan edi. 2002 yilda Termiz shahrining 2500 - 2006 yilda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 Qarshi shahrining 2700 , Samarqand shahrining 2750, Marg’ilon shahrining 2000 va Toshkent shahrining 2200 yilligi to’ylarining jahon miqyosida nishonlashi ma’naviyatimiz tomirlari naqadar baquvvatligining dalillaridir. Avestoning 3 ming yillikka yaqinlashgan yoshi sivilizatsiya ufqlarimiz moziy tongida bo’y ko’rsatganligidan dalolat. Mamlakatimizda islom madaniyati hamda ma’naviy qadriyatlarni tiklash va saqlab qolish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning xalqaro ko‘lamdagi e’tiroflaridan biri. 2007 yil yanvarda Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi. Toshkent bilan bir qatorda Fes (Marokash), Tripoli (Liviya), Dakar (Senegal) shaharlari ham «Islom madaniyatining poytaxti», deb e’lon qilindi. Prezident Islom Karimov bu e’tirofni «o‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasiga berilgan munosib baho», deb ta’rifladi. Shu munosabat bilan shaharda bunyodkorlik ishlari yanada avj oldirildi. Jumladan, qisqa muddatlarda Hazrati Imom majmuasi tubdan qayta ta’mirlandi, yangi minora, masjid, xiyobonlar bunyod etilib, unda ko‘plab shaharliklar o‘z beminnat mehnatlari bilan hissa qo‘shdilar. Ko‘kaldosh madrasasi (16-asr), Shayx Zayniddinbobo (13–19-asrlar), Zangiota (14–20-asr), Xo‘ja Alambardor (19-asr), Shayx Xovandi Tohur (15-asr), Yunusxon (15-asr) maqbaralari, Abulqosim madrasasi (19-asr) va boshqalar ta’mirlandi. 2007 yil 14–15 avgustda Toshkent, Samarqand shaharlarida «O‘zbekistonnning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Download 49.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling