nomidan emas, balki Abdulaziz nomidan e`lon qiladi. Bu esa ota-bola
o`rtasidagi kelishmovchilikka olib keladi. Bundan tashqari, Ulug`bek Hirot
qal`asida saqlanayotgan mol-mulkni Abdullatif ixtiyorida qoldirmaydi. 1449-
yilda esa Abdullatif o`z ulusida savdo solig`i — «tamg`a»ni bekor qiladi.
9“Yo`q! Men saltanatdan ayrilishdan qo`qmaymen. Faqat bu
elga qirq yil rahnamolik qilib orttirgan boyligim – madrasayu rasadxonam,
nodir xazinam – to`plagan kutubxonam va, nihoyat, yaratgan asarlarim –
barchasi poymol bo`lishidan qo`rqamen. Ha, faqat shundan qo`rqadurmen”22,-
deydi Ulug`bek.
10Romanda Ali Qushchi shu qutlug` dargohni deb, shu ilm durdonalarini
deb dunyo lazzatlarini tark etib, hatto nogiron onasini yum-yum yig`latib,
uylanmoq va farzand ko`rmoq baxtidan mahrum bo`lib umr o`tkargan tarixiy
shaxs qiyofasida tasvirlangan. Uning boshiga har qanday fojialar tushganda
ham ilm xazinasini bid`at va xurofon xurujlaridan saqlab qola olgani ochib
berilgan. U saltanat boshiga
tushgan xavf- xatarning bosh sababchisi volidai mehriboni Gavharshodbegim
ekanligini, uning saroyni johil – gumrohlarga to`ldirib yuborib, begunoh qatl
va qirg`inlarni avj oldirib, shahzodalar orasiga nizo urug`ini sochib,
farzandning otaga qarshi tig` ko`tartirganini yurak to`la dard bilan idrok etadi.
11“Men saltanatdan ayrilishdan qo`rqmaymen,-deydi Mirzo Ulug`bek. –
Faqat bu elga qirq yil rahnamolik qilib orttirgan boyligim-madrasayu
rasadxonam, nodir xazinam-to`plagan kutubxonam va nihoyat yaratgan
asarlarim-barchasi poymol bo`lishidan qo`rqamen. Ha, faqat shundan
qo`rqamen. Tag`in bir narsadan –kelgusi avlodlar bandai ojizdan hazar
qilmasmu, deb qo`rqamen.
Do'stlaringiz bilan baham: |